239-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari. - Sud tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi, tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi.
- Tugatilayotgan yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari qo‘llanilmaydi.
- Kreditorlar tugatilayotgan yuridik shaxsga nisbatan o‘z talablarini tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish haqidagi e’lon chiqarilgan paytdan e’tiboran bir oylik muddatda taqdim etishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |