MAVZU. O`RTA OSIYODA BUDDAVIYLIK DINI
Reja:
1.Buddaviylik asoschisining shaxsi.
2.Buddaviylik ta`limoti va tarqalishi.
3.O`rta Osiyoda buddaviylikning tarqalishi.
Buddizm - dunyodagi eng yirik dinlar ichida qadimiylaridan biri hisoblanib, mil. av. VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan.
- bu dinga e`tiqod qiluvchilar, asosan, Janubiy, Janubi-SHarqiy va SHarqiy Osiyo mamlakatlari: SHri Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, V’etnam, YAponiya, Kombodja, Birma, Tailand, Laosda va qisman Evropa va Amerika qit`alarida, Rossiya Federatsiyasining Tuva, Buryatiya, Kalmikiya respublikalarida istiqomat qiladilar.
- hozirgi kunda e`tiqod qiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va hinduizmdan so`ng to`rtinchi o`rinni egallaydi.
- buddistlarning soni taxminan 700 mln. atrofida bo`lib, ulardan 1 mln. ga yaqini rohiblardir.
Buddizm asoschisining shaxsi ismi SIDDXARTXA – shaxsiy ism, GAUTAMA – urug’ nomi, SHAKYAMUNI – «SHakya qabilasidan chiqqan donishmand», BUDDA – «nurlangan», TADXAGATA – «shunday qilib, shunday ketgan», DJINA – «g’olib», BXAGAVAN – «tantana qiluvchi». Buddaning biografiyalari
«Maxavostu» – milodning II asrida yozilgan
«Lalitavistara» – milodning II-III asrlarida yuzaga kelgan
«Buddxacharita» –milodning I-II asrlarida yaratilgan
«Nidanakatxa» – milodning I asrida yozilgan
«Abnixishkramansutra».
Siddxartxa oilasi
otasi
onasi
turmush o’rtog’i
o’g’li
SHakya qabilasining podshohlari
dan biri Shuddxodana
Malika Mayya
YAshadxara
Raxula
Tug’ilgan joyi Ximolay tog’lari etagida Kapilavasti degan shaharda bo`lgan (hozirgi Nepal hududida).
Siddxartxa 30 yoshida Siddxartxa bir kuni ittifoqo bir keksa chol, bir bemor hamda og’ir mashaqqat tortayotgan rohibni uchratadi, bir kishining esa vafotiga guvoh bo`ladi. Birmuncha vaqt changalzor o`rmonlarda kezib, xorib charchagach, bir daraxtning tagida dam olish uchun o`tiradi, va o`zicha, to haqiqatni topmaguncha shu erdan turmaslikka qaror qiladi.
Bu o`tirishning 49 kuni uning qalbidan «Sen haqiqatni topding» degan sado keladi
SHu ondan u Budda – nurlangan deb ataldi. U tagida o`tirgan daraxt esa – nurlangan daraxt (botxa) deb atala boshladi.
Budda o`zining birinchi da`vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog’ida, o`zining besh rohib do`stlariga qildi va ular Buddaning birinchi shogirdlari bo`ldilar. Budda hayot vaqtida Budda 40 yil mobaynida Hindistonning turli joylarida bo`ladi, odamlarga o`z g’oyalarini etkazadi, singdiradi va 80 yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o`tadi. Uning jasadi, hind udumiga ko`ra, kuydirilib, xoki 8 ta buddist jamoalariga bo`lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan joyida ibodatxona (stupa) barpo etdi. «Qiynoqlardan qutilish yo`li mavjuddir».
Axloq normalari
Donishmandlik
Meditatsiya
Axloq normalari - qotillikdan saqlanish;
- o`g’rilikdan saqlanish;
- gumrohlikdan saqlanish;
- yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish;
- mast qiluvchi narsalardan saqlanish.
Donishmandlik Bu buddizmning asosiy maqsadi bo`lib, narsalar tabiatini to`g’ri tushunishdan iborat. YUqorida ko`rsatilgan uch amaliyot bosqichini o`tagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, ya`ni nirvana holatiga erishadi.
Nirvana so`zining lug’aviy ma`nosi – «o`chish, so`nish».
Buddizm keng tarqaldi Mil. av. 273-232 yillarda hukmronlik qilgan imperator Ashoka davrida buddizm keng hududlarga jadal tarqaldi. Buddizm tarqaldi Xitoy-I asrda Koreya-IV asrda Yaponiya-VI asrda Tibet-VII asrda Mongoliya-XIII-XVI asrlarda Buryatiya va Tuva-XVII-XVIII asrlarda Buddizmning O’rta Osiyoda tarqalishi Bir guruh tadqiqotchilar mazkur din O`rta Osiyoga kirib kelishini Kushonlar shohi Kanishka hukmronligi davriga taalluqli deb biladilar (I asrning oxiri-II asrning boshlari). Ikkinchi guruh esa bu jarayonning boshlanishini biroz ertaroq deb hisoblaydilar. Tadqiqotchi B.A. Litvinskiyning fikricha, buddizm SHimoli-G’arbiy Hindiston va Janubiy Afg’oniston (Qandahor) orqali taxminan mil. av. III asrda Baqtriyaga (O`zbekistonning janubiy hududlari) tarqala boshlagan. Hozirgi Termizdagi Qora-tepa, Fayoz-tepa, Sayram, Quva va boshqa joylarda topilayotgan budda haykalchalari yoki ularning parchalari, Ayritomdagi ayvon peshtoqi parchasidagi buddist musiqachilarning tasviri va boshqa osori atiqalar, saroy va ibodatxonalar O`rta Osiyodagi buddizm haqida xabar beruvchi manbalardir. Buddizm dini manbasi
TRIPITAKA
(yoki Tipitaka –
«uch savat»
ma`nosini anglatadi).
Tripitaka uch qismdan iborat
Budda targ’ibotining haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari – Sutra-pitaka
Buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini bayon qilgan abxidxarma matnlari – Abxidxarma-pitaka
Rohiblik axloqi, xonaqohlar nizomlariga bag’ishlangan vinaya matnlari – Vinaya-pitaka
Do'stlaringiz bilan baham: |