5-mavzu: didaktika. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida. Ta`Lim tamoyillari (prinsiplari). Reja


Download 84.82 Kb.
bet2/4
Sana22.02.2023
Hajmi84.82 Kb.
#1219806
1   2   3   4
Bog'liq
didaktika


2-3. chizma.



Bundan tashqari o’qituvchi ta’lim jarayonida har bir o’quvchi talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va hisobga olishi, o’quv materiallarini to’g’ri tanlay bilishi, tahlil qila olishi va umumlashtira bilishi pedagogik mahorat uchun zarur bo’lgan ta’lim usullari, vositalari va shakllarini mukammal bilish, o’quvchiga nisbatan talabchan bo’lish, pedagogik vaziyatga qarab ulardan o’rinli foydalana olish, ta’lim natijalarini dastlabki va keyingi ko’rsatkichlar bilan taqqoslash va tahlil qilib borishi lozim.
Xullas o’qituvchi keng ko’lamdagi didaktik bilimlarga pedagogik mahoratga ega bo’lishi lozim. Shundagina o’qituvchi kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida ta’lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri, - deb ta’kidlanadi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Uzluksiz ta’lim tizimi o’quv - tarbiya jarayonining hamma bosqichlarini qamrab oladi hamda har tomonlama yetuk barkamol avlodni yeishtirish uchun shart - sharoitlar yaratadi. Dasturda uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari ham o’z ifodasini to’liq topgan. Bular

  • ta’limning ustuvorligi,

  • ta’limning demokratlashuvi,

  • ta’limning insonparvarlashuvi,

  • ta’limning ijtimoiylashuvi,

  • ta’limning milliy yo’naltirilganligi,

  • ta’lim va tarbiya uzviy bog’liqligi,

  • iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori darajada bilim olishlari uchun shart - sharoit yaratish2 kabilardir.

Didaktikaning asosiy kategoriyalari
Didaktika (ta’lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» “o’rgatuvchi”, «didasko» – “o’rganuvchi”) - ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolari)ni o’rganuvchi fan.
Bilimshaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Bilim olishborliqni idrok etish, o’rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni.

Download 84.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling