5-mavzu. Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari
Download 28.79 Kb.
|
5-MARUZA ELEKTRON JADVALLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI
Ish jadvalini yaratish
Ish jadvallarini yaratish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak: Office tugmasini bosish “New” buyrug`ini berish “Blanc Workbook” buyrug`I ustiga 2 marta sichqonchani bosish yangi ish jadvali yaratildi Ish jadvali yaratilgandan so`ng, faol katakka ma’lumotlar kiritishingiz mumkin. Jadvaldan o`z ehtiyojingizga qarab foydalanishingiz mumkin2. Microsoft Excel elektron jadvalida ayrim ma'lumotlarni avtomatik tarzda kiritish imkoniyati mavjud. Bu esa foydalanuvchi vaqtini bir muncha tejashga imkon yaratadi. Buning uchun ketma-ket bir nechta kataklarga (ustun yoki satr ko‘rinishida) arifmetik progressiya ketma-ketligini hosil qiluvchi sonlar (maslan 1, 2, 3), sana (13.03.04, 14.03.04, 15.03.04), oy (yanv, fev, mar), ixtiyoriy (bank-1, bank-2, bank-3) boshlang‘ich ma'lumot sifatida kiritiladi va bu kataklar belgilab olinadi. Belgilangan sohaning quyi o‘ng burchagida avtomatik to‘ldirish (nusxa olish) markeri mavjud bo‘lib, ko‘rsatkich yordamida ushbu marker tanlanadi. Bunda ko‘rsatkich ko‘rinishi holatidan holatiga almashadi. Sichqonchaning chap tugmasi bosilib, qo‘yib yubormagan holda ketma-ketlik satr ko‘rinishida kiritilgan bo‘lsa o‘ng tomonga, ketma-ketlik ustun ko‘rinishida kiritilgan bo‘lsa, pastga qarab kerakli ustun yoki satrgacha tortiladi. Natijada keyingi ustun yoki kataklarga ma'lumotlar avtomatik tarzda kiritiladi. Foydalanuvchi o‘zining doimiy ishini osonlashtirish maqsadida shaxsiy avtoto‘ldirish ro‘yhatini tuzishi ham mumkin. Buning uchun:
Ketma-ket keluvchi kataklarga (ustun yoki satrlar bo‘ylab) hosil qilinishi kerak bo‘lgan ro‘yhat kiritiladi; 2. Kiritilgan ro‘yhat belgilanadi; 3. Ish oynasining yuqori chap burchagida joylashgan Microsoft Office tugmasi bosilib, hosil bo‘lgan menyuning quyi qismida joylashgan Parametrii Excel tugmachasi bosiladi; 4. Hosil bo‘lgan Parametrы Excel oynasidan Основные bo‘limi tanlanib, oynaning o‘ng qismida joylashgan Izmenit spisok... tugmasi bosiladi; 5. Hosil bo‘lgan Spisok oynasining quyi qismida joylashgan Import spiska iz yacheyek: darchasida hosil qilingan ro‘yhat kiritilgan kataklar diapozoni ko‘rsatilganligiga e'tibor berib, Import... tugmasi bosiladi. Bunda ish varog‘ida belgilangan ro‘yhat oynaning Spiski bo‘limida namoyon bo‘ladi; 6. Spiski oynasida OK tugmasi bosiladi; 7. Parametri Excel oynasida OK tugmasi bosiladi. Foydalanuvchi tomonidan hosil qilingan ro‘yhatdagi ixtiyoriy jumla ish varog‘idagi kataklarning biriga kiritilib, katakning nusxa olish markeri pastga yoki o‘ngga tortilishi bilan qolgan kataklarda ro‘yhatning boshqa yozuvlari paydo bo‘ladi.
Download 28.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling