5-mavzu. Falsafada qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari.(2-soat) Reja


Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik


Download 39.42 Kb.
bet8/15
Sana30.04.2023
Hajmi39.42 Kb.
#1409821
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Семинар №5 mavzu Falsafada qonun tushunchasi Qonunlarning turlari

Inkorni-inkor qonuni va vorisiylik. Inkorni-inkor qonunining mohiyati nimadan iborat? Ayni bir atama bunday ketma-ket qo’llanilishining ma’nosi nimada? Inkor kategoriyasi rivojlanayotgan ob’ekt tarixidagi bir lahzanigina tavsiflaydi. Bitta inkor harakati o’zgarish qaysi yo’nalishda yuz berayotgani, oldingi va keyingi voqealar oqimida u qanday ahamiyatga ega ekanligini, yuz bergan voqeaning mazmunini aniqlash uchun doim ham imkoniyat yaratavermaydi. Boshqacha aytganda, inkorni-inkor tushunchasi rivojlanish jarayonining muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
«Inkor» va «inkorni-inkor» kategoriyalari dialektikaga Gegel tomonidan kiritilgan bo’lib, ayni shu mutafakkirning sa’y-harakatlari bilan ular umumiy falsafiy kategoriyalar maqomini olgan. Inkor va inkorni-inkor kategoriyalaridan Gegel rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlarini yoritish vositasi sifatida foydalangan. Gegel, shuningdek uning o’tmishdoshlari va izdoshlari ko’rsatib bergan ba’zi bir o’ziga xos xususiyatlarni ko’rib chiqamiz.
Birinchidan, inkorni-inkor rivojlanish yo’nalishini ko’rish uchun imkoniyat yaratadi. Mazkur hodisa taraqqiyot yoki tanazzul alomati ekanligini bir inkor harakatining o’zidan aniqlash mushkul. SHu bois, masalan, qabul qilingan muayyan qonun, saylov natijalari va shu kabilar haqida xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak.
Ikkinchidan, inkorni-inkor rivojlanish shaklining tavsifi bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki, Gegelning dialektika tizimida rivojlanish mantiqiy ziddiyatning yuzaga kelishi va uning bartaraf etilishi sifatida tavsiflanadi. Bu jarayon «tezis – antitezis – sintez» formulasiga muvofiq yuz beradi. Dialektika kontekstida rivojlanishning uch bosqichi ijtimoiy va tabiiy tizimlar rivojlanishining ko’p sonli stsenariylaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Ammo Gegel qayd etgan rivojlanishning siklliligi, uning chiziqsizligi tabiat va jamiyatda jarayonlar kyechishining ancha keng tarqalgan shakli hisoblanadi.
Uchinchidan, tabiiy va ijtimoiy sikllarda rivojlanish ham, tanazzul ham bo’lmasligi mumkin: o’zgarish aylanma harakat qiladi.

Download 39.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling