3.Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning
psixologik asoslari.
Xavfsizlik psixologiyasi deganda inson faoliyati xavfsizliginita’minlash uchun psixomantiqiy bilimlarni qo‘llash tushuniladi.
Xavfsizlik psixologiyasi psixomantiqiy jarayonlar va xususiyatlarni o‘rganadi va mehnat faoliyati jarayonida kuzatiladigan psixomantiqiy holatlarning har xil shakllarini, aynan to‘liq tahlil qiladi.
Psixomantiqiy faoliyat strukturasida inson 3 ta asosiy guruh komponentlarni ajratadi: psixomantiqiy jarayonlar, xususiyatlar va holatlar.
Psixomantiqiy jarayonlar psixomantiqiy faoliyatning asosini tashkilqiladi. Bularsiz bilimning vujudga kelishi va hayot tajribasini orttirishmumkin emas. Psixomantiqiy jarayonlarning bilimli, emotsional va irodaliturlari mavjud (sezish, zehnlash, eslash va hokazo).
Psixomantiqiy xususiyatlar (shaxs sifati). Shaxs xususiyati - bu uning muhim afzalliklari (xarakter, temperament yo‘nalishi). Shaxsning sifatlari ichida intellektuallik, emotsionallik, iroda, axloq, mehnat ajralib turadi. Yana barqarorlik va doimiylik xususiyatlari.
Psixomantiqiy holatlar turli-tumanlik va vaqtinchalik xarakteri bilanajraladi, u aniq davrda psixomantiqiy faoliyatning afzalliklarini aniqlaydi va butun psixomantiqiy jarayonlar davomida ijobiy yoki salbiy bayon qilinishi mumkin. Mehnat psixologiyasi vazifalari va xavfsizlik psixologiyasi muammolaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish jarohati halokatning oldini olishni tashkil qilishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish psixomantiqiy holatlari va maxsus psixomantiqiy holatlarni ajratish maqsadga muvofiq.
Insonlarning kuchiga, fe’liga va nerv jarayonlarining harakatchanligiga, bosh miya bo‘limlari hamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirga qarab, ularning asabsistemasi turlarini tabaqalashtirdi va 4 guruhga ajratdi:
Sangviniklar: kuchli, barqaror, harakatchan. Bunday kishilarda miya yarim sharlaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayoni kuchli bo‘ladi. Ular hayotda ishchan, quvnoq va ancha shoshqaloq bo‘ladilar.
Flegmatiklar:kuchli, barqaror, kam harakat tip. Bu toifa odamlarda qo‘zg‘alishlar kuchli, barqaror, lekin harakatlar sekinlashgan bo‘ladi. Bunday odamlar tabiatiga ko‘ra, tinch, osoyishta, xotirjam, sabr-toqatli va mehnatkash bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |