5-mavzu: gaplarning tasnifi reja
Download 143 Kb.
|
5-mavzu gaplarning tasnifi reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo‘shma gaplar. Sodda garlarning yig‘iq gap va yoyiq gap turlari. Qo‘shma gap, uning sodda gapdan farqi, turlari.
- Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‘ra turlari. Undov gaplarning grammatik, intonatsion xusussiyatlari.
Buyruq gap. Buyurish, iltimos, maslahat kabilarni ifoda qiluvchi gaplar buyruq gap deyiladi: Ehtiyot bo‘l! Ko‘zingga qarab qadam bos (P. Tursun).
Buyruq gaplarda buyruq, maslahat, iltimos, g‘azab, do‘q kabilar ifoda qilinadi: Topshiriqni o‘z vaqtida bajar! (Buyruq). Yangi chiqqan adabiyotlar bilan tanishib boring (Maslahat). -Tur o‘rningdan! Menga aytmoqchi bo‘lgan hasrating shumi? Chiq uydan! (Do‘q, g‘azab). Buyruq gapning kesimi odatda buyruq mayli bilan ifodalanadi. Bunda fikr ko‘proq tinglovchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday gaplarning kesimi buyruq maylining II shaxs shakli bilan ifodalanadi: V-o-y, yondim? Ado bo‘ldim. . . Suv! Suv beringiz! Qutqazinglar! («Sharq yulduzi»). Ba’zi buyruq gap kesimi buyruq maylining I va III shaxs shakllari bilan ifodalanadi: A’lo o‘qish uchun kurashaylik! Meni ro‘yxatga yozib qo‘ysin! («Sharq yulduzi»). Buyruq gap kesimi harakat nomi, kerak (zarur, lozim, darkor) konstruksiyalari bilan ham ifodalanadi: Bosh rejani tezda amalga oshirish kerak (Yashin). Va’daga vafo qilmoq zarur (Maqol). Buyruq gap intonatsiyasi bilan aytiladi. Ohang darak gapdagiga nisbatan kuchli, so‘roq gapdagiga nisbatan kuchsiz bo‘ladi. Bunda ham gapda ifodalangan mazmunga qarab, ohang o‘zgarib turadi: buyruq, do‘q, g‘azab ifodalanganda ohang kuchsiz, xabar intonatsiyasiga yaqin bo‘ladi. Birinchi holatda yozuvda gap oxirida undov belgisi, ikkinchi holatda nuqta qo‘yiladi. Gaplarning tuzilish jihatdan turlari: sodda va qo‘shma gaplar. Sodda garlarning yig‘iq gap va yoyiq gap turlari. Qo‘shma gap, uning sodda gapdan farqi, turlari. Gaplar tuzilishi jihatidan ikki turga bo‘linadi: sodda gaplar va qo‘shma gaplar. Sodda gaplarning struktura asosi bitta bo‘lib, ma’lum bir fikrni ifoda qiladi. Qo‘shma gaplarning struktura asosida esa ikki yoki undan ortiq gap bo‘lib, bir murakkab fikrni ifoda qiladi. Qiyos qiling: Bahor keldi. Bahor keldi va gullar ochildi. Gaplarning emotsionallikka (his-hayajonni ifodalashiga) ko‘ra turlari. Undov gaplarning grammatik, intonatsion xusussiyatlari. Gaplar emosionallikka munosabat jihatidan ikki turlidir: emosional gaplar va emosional bo‘lmagan gaplar. Darak, so‘roq, buyruq gaplar emosional bo‘lmagan gaplardir. Emosional gaplar undov gap deb ham yuritiladi. Fikr kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplar undov gap deyiladi: Mana, otangiz Sohib sarkordan ibrat olsangiz-chi! (N. Safarov). Darak, so‘roq, buyruq gaplar his-hayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadilar. Shunga ko‘ra, undov gaplarning darak-undov, so‘roq-undov, buyruq-undov turlari hosil bo‘ladi. 1. Darak-undov gap: Hammamiz imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdik! («Sharq yulduzi»). 2. So‘roq-undov gap: Axir, bog‘dorchilik ishini yaxshi ko‘rgan, butun umrini yangi bog‘lar, yangi xil meva navlari yaratishga bag‘ishlagan odam uchun olti gektar yerdagi bog‘dan ajralish osonmi? (S. Zunnunova). 3. Buyruq-undov gap:O‘g‘il-qizlaringizni o‘qiting! (N. Safarov). Undov gaplarda shodlik, quvonch, taajjub, qayg‘u, afsuslanish, mamnunlik, tashakkur va rag‘batlantirish, achinish, nafrat, his-hayajon ifoda qilinadi: Barakalla, barakalla, o‘g‘lim! (Tabrik). Obidjon - Tahsin va ofarin! (S. Abdulla) (Rag‘batlantirish). Tavba! (Taajjub). Oh, oh, oh! Otangizga rahmat! Kamol toping, do‘stim! (His-hayajon). Kuz payti qanday yaxshi! (Quvonch). Undov gap tuzilishida undov intonatsiyasining roli kattadir. Shu bilan birga, quyidagi leksik va grammatik vositalar ham undov gaplarni hosil qilishda ishtirok etadi: 1. Qanday, naqadar kabi emosional-kuchaytiruv ma’nosidagi so‘zlar: Qanday qilib qutqarasan, qani! («Sharq yulduzi»). 2. Undov so‘zlar: Oh, bu qanday dahshat! (Ch. Aytmatov). 3. Ana, mana so‘zlari: Mana Zulfiya! Bog‘da tanho o‘tirib, nima haqidadir bosh qotiryapti («Sharq yulduzi»). 4. Maxsus intonatsiya: Bu yerning havosi-ana shunuqa sehrli havo! («Sharq yulduzi»). Undov gaplar ko‘tarilgan ohang bilan aytiladilar. Odatda, his-hayajon ifoda qilayotgan bo‘lak kuchli ohang bilan aytiladi. Darak-undov, buyruq-undov gaplar oxiriga yozuvda undov belgisi, so‘roq-undov gaplar oxiriga esa so‘roq va undov belgisi qo‘yiladi. Agar gap juda kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ikki yoki undan ortiq undov belgisi qo‘yilishi ham mumkin. Download 143 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling