5-mavzu: gaplarning tasnifi reja


Download 143 Kb.
bet2/12
Sana07.04.2023
Hajmi143 Kb.
#1338653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-mavzu gaplarning tasnifi reja

So‘roq gap. So‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan biror voqea-hodisa, harakat-hodisa, belgi haqidagi so‘roqni ifoda qiluvchi gaplar so‘roq gap deyiladi: Bu to‘qaylar hali o‘zlashtirilmagan ekan-da, opa? (H. G‘ulom).
So‘roq gaplarda quyidagilar ifoda qilinadi:
1) Sof so‘roq: Mashg‘ulot boshlandimi? Qachon safarga boramiz?
So‘roq gaplarda so‘roq bilan bir qatorda taajjub, gumon, shubha anglatilishi ham mumkin: Nahotki, institutda ta’lim olayotgan kishi intizomsizlik qilsa? («Sharq yulduzi»).
2) Ritorik so‘roq. Bunda so‘roq mazmunidan uning mazmuni anglashilib turadi. Bunday gaplar emosional nutq uchun uslubiy vosita bo‘lib xizmat qiladi: Xalq orzusini amalga oshirishdan kattaroq baxt bormi! (Oybek).
3) So‘roq-buyruq. Bunda so‘roq-byruq ottenkasiga ham ega bo‘ladi: Tez-tez yurmaysanmi?
So‘roq gaplar quyidagi vositalar bilan tuziladi:

  1. So‘roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya) yordami bilan: Maxfiy bo‘lmasa, mazmunini bilishim mumkinmi? («Sharq yulduzi»).

  2. Nahot, nahotki yuklamalari bilan: Nahotki, bugun yomg‘ir yog‘sa?

  3. So‘roq olmoshlari yordamida: Sportda kimlar g‘olib chiqdi?

  4. So‘roq intonatsiyasi yordamida. Bunda intonatsiya ko‘tariluvchi, pasayuvchi, ko‘tariluvchi-pasayuvchi xarakterida bo‘ladi. So‘roq gap ko‘tarluvchi intonatsiya bilan aytilganda mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak gap oxirida bo‘lib ohang ko‘tarilib boradi: Bugun qor yog‘adi?

So‘roq gap pasayuvchi intonatsiya bilan aytilganda, mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak gap boshida kelib, ohang pasayib boradi: Hammasidan xabarimiz bor? («Sharq yulduzi»).
So‘roq gap ko‘tariluvchi-pasayuvchi intonatsiya bilan aytilganda, mantiqiy urg‘u olgan bo‘lak gap ichida keladi. Ohang bungacha ko‘tarilib, keyin pasayadi: Hammasidan xabarimiz bor? («Sharq yulduzi»).
So‘roq gap so‘roq olmoshlari, so‘roq yuklamalari yordamida hosil bo‘lganda, so‘roq intonatsiyasi ta’kidlanish zarur bo‘lgan bo‘laklarda ko‘tariladi: Qachon? U nima dedi: -Hol so‘radi?
So‘roq gaplar oxiriga yozuvda so‘roq belgisi qo‘yiladi. Ritorik so‘roq gaplar oxiriga so‘roq va undov belgilari qo‘yiladi.
So‘roq gaplar ko‘proq dialogik nutq uchun xarakterlidir.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling