5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»


Download 430.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/35
Sana01.11.2023
Hajmi430.94 Kb.
#1738484
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Tafakkur va borliqning birligi. Tafakkur bilan borliq o’rtasida birlik mavjud. 
Tafakkur ularning birligi zamirida mantiqiy shakllar va tafakkur qonunlarini shakllantiruvchi 
ijtimoiy amaliyot yotadi. Dunyo rivojlanishining ob’yektiv umumiy qonuniyatlaridan mantiqiy 
qonuniyatlarning farqi shundaki, inson mantiqiy qonuniyatlarni ongli ravishda qo’llashi mumkin, 
tabiatda esa dunyoning rivojlanish qonuniyatlari o’ziga ongsiz tarzda yo’l ochadi.
Inson o’zini qurshagan dunyo haqidagi barcha bilimlarni pirovard natijada sezgi 
a’zolari orqali oladi. Biroq ular ayrim soxta g’oyalar, masalan, yerning yassi tuzilishi, Quyosh 
yer atrofida aylanishi kabi g’oyalar manbai hamdir. Bu ko’pincha sezgi a’zolarining 
ma’lumotlariga ishonchsizlik uyg’otgan, ratsionalistlar bu a’zolarning bilishdagi rolini kamsitishi 
va bilishda asosiy rolni tafakkur o’ynashini qayd etishiga sabab bo’ladi. Biroq empiriklar bu 
fikrga e’tiroz bildirib, bilishda xatolarga ko’proq tafakkur yo’l qo’yganini qayd etadilar. 
Ularning fikricha, hayvon tabiat yo’llaridan chetga chiqa olmaydi: uning motivlari zamirida 
sezgi a’zolari orqali idrok etiladigan narsalar yotadi. Hayvonlar hech narsani o’ylab topmaydi va 
shuning uchun ham ular aqlsizlik holatiga tushmaydi. Inson esa har xil xomxayollar qurboni 
bo’ladi.
Sezgi darajasida bilishning rolini mutlaqlashtiradigan va mavxum nazariy tafakkurga 
ishonmaydigan empirizm ilmiy bilishning rivojlanishiga monelik qiladi. Mutaxassislar qayd 
etishicha, qadimgi matematiklar, faylasuflar, pifagorchilar, matematikaga irratsional, ba’zan – 
kasr sonlarining kiritilishiga qarshi chiqqanlar, o’z fikrlarini bu sonlarning noaniqligi bilan 
isbotlashga harakat qilganlar. Bunday fikrlar yunonlarni algebrani fan sifatida inkor etishga 
majbur qilgan, bu esa matematikaning analitik metodlari Uyg’onish davriga qadar zamondan 
orqada qolishining sabablaridan biri bo’lgan. Qadimgi mutafakkirlar sezgida bo’lmagan narsa 
tafakkurda ham bo’lmaydi deb qayd etgan. Tafakkur jarayoni modellar, sxemalar, tabiiy, sun’iy 
til va hokazolar ko’rinishidagi sezgi unsurlariga tayanmay ish ko’ra olmaydi.

Download 430.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling