5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/35
Sana04.05.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1426284
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
5 mavzu gnoseologiya a007a4c8ca028358a58bf353c8ff4093

Nazariya – hodisalarning muayyan turkumi, bu turkumdagi hodisalarning mohiyati va 
ularga nisbatan amal qiladigan borliq qonunlari haqidagi bilimlarning mantiqiy asoslangan va 
amaliyot sinovidan o’tgan tizimidir. U o’rganilayotgan hodisalarning mazmunini yorituvchi 
tabiat va jamiyat umumiy qonunlarining kafsh etilishi natijasida shakllanadi. Gipoteza borliqning 
muayyan bo’lagini tushuntirish yoki talqin qilishga qaratilgan g’oyalar majmuini o’z ichiga 
oladi. Nazariya tarkibiga uning asoslari sifatida mavjud bo’lgan va yuzaga kelishini belgilagan 
barcha elementlar kiradi. Dastlabki nazariy negiz, ya’ni jamuljam holda tadqiqot ob’yekti haqida 
umumiy tasavvurni, ob’yektning ideal modelini tashkil etuvchi ko’p sonli tamoyillar, aksiomalar, 
qonunlar nazariyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Nazariy model’ ayni vaqtda asosiy 
nazariy tamoyillar tizimiga tayanuvchi kelgusi tadqiqotlar dasturi hamdir.
Nazariya tushuntirish, bashorat qilish, amalda sinash va sintez qilish kabi muhim 
funksiyalarni bajaradi. Nazariya ilmiy dalillar tizimini tartibga soladi, ularni o’z tarkibiga kiritadi 
va o’zini tashkil etuvchi qonunlar va tamoyillardan oqibatlar sifatida yangi dalillarni yaratadi. 
Puxta ishlab chiqilgan nazariya fanga ma’lum bo’lmagan hodisalar va xossalarni bashorat qilish 
imkoniyatiga ega bo’ladi. Nazariya odamlar amaliy faoliyatining negizi bo’lib xizmat qiladi
ularga tabiiy va ijtimoiy hodisalar dunyosida yo’l ko’rsatadi. Nazariyada ilmiy g’oyalar, ya’ni 
unda aks ettirilgan ob’yektlar turkumi doirasida amal qiluvchi fundamental qonuniyatlar 
haqidagi bilimlar markaziy o’rinni egallaydi. Ilmiy g’oya mazkur nazariyani tashkil etuvchi 
qonunlar, tamoyillar va tushunchalarni mantiqan izchil yaxlit tizimga birlashtiradi.
Nazariya boshqa nazariyalarga kirish va shu yo’l bilan ularni qayta qurish qobiliyatiga 
ega. U har xil nazariyalarning birlashishi va dunyoning ilmiy manzarasi o’zagini tashkil etuvchi 
tizimga aylanishini rag’batlantiradi. Nazariya butun bir davrning tafakkur uslubini belgilashga 
qodir bo’lgan yangi g’oyalarga zamin yaratadi. O’z shakllanish jarayonida nazariya mavjud 
tamoyillar, kategoriyalar va qonunlar tizimiga tayanadi va yangi tamoyillar, kategoriyalar va 
qonunlarni kashf etadi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling