5-mavzu: idrok va xayol reja
Download 122.7 Kb.
|
5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xayol haqida tushuncha
Harakatni idrok qilish
Biosfera va nosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba'zan nisbiy jihatdan boshqa ijtimoiy-siyosiy, tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) o’rin almashinuvini bevosita (bavosita) aks ettirishdan iboratdir. Shu sababdan, harakat taqqoslanmasdan idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib o’tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan harakatsiz boshqa jismlarga taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi. Agarda harakatlanayotgan jism hech qanday narsa bilan taqqoslanmasdan idrok qilinsa, bu ko’rinishdagi harakat esa nisbat berilmasdan nisbatsiz idrok qilish deyiladi. Tevarak-atrofdagi narsa-hodisalar muayyan vaqt davomida o’z o’rinlarini almashtirib turadilar. Kishilar narsa-hodisalarning fazoda o’rin almashtirib turishini, ya'ni harakatini ham idrok qiladilar. harakatni idrok qilishda ko’rish va kinestezik analizator asosiy rol o’ynaydi. Tezlik, tezlanish va harakatning yo’nalishi harakat qilayotgan ob'ekt parametridir. Odam narsalarni harakati haqida ikki yo’l bilan ma'lumot olishi mumkin. Harakatni bevosita idrok qilish Harakat haqida xulosa chiqarish. Harakatni bevosita ko’rish orqali idrok qilish ikki xildir. a) ko’zni harakatdagi narsa bilan birga yuritish b) ko’zni bir nuqtaga qaratib turish. Harakat tez yoki sekin bo’layotgandek idrok qilinadi. Harakatni bunday idrok qilinishi narsalarning ob'ektiv tezligiga va uning idrok qilinuvchidan qanchalik uzoq yaqinligiga bog’liq Harakatni eshitish analizatori yordami bilan ham idrok qilinadi. Xayol haqida tushuncha Odam o’z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qaerda uchratmagan yangi narsalarini ham o’z hayotida yarata oladi. Shuningdek, avlod-ajdodlarimizning hayotiga doir tarixiy kitoblarni o’qiyotganimizda yoki bo’lmasa, o’qituvchining uzoq chet el mamlakati haqidagi qiziqarli gaplarini eshitar ekanmiz, yuqoridagi narsalarga nisbatan tasavvurlar hosil bo’ladi. Xayol qilish jarayonida idrok qilingan obrazlar orqali hosil qilingan tasavvurlar va bunday tasavvurlarni ongimizda xotira orqali orttirilishi tufayli yuzaga keladi. Demak, xayol jarayonining bo’lishi uchun xotira tasavvurlarining bo’lishi shart. Shuning uchun xayolning rivojlanishi insonning bilim boyligi, turmush tajribasi bilan bog’liq. Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning (assosiasiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi. Xayol - obraz tasavvur yoki g’oya shaklida yangi narsaning yaratilishi, ong faoliyati, ya'ni ilgari idrok qilinmagan narsalarning obrazlarini mavjud tasavvurlar asosida miyada yaratishda ifodalanadigan faoliyatdir. Xayolning inson hayotidagi o’rni juda kattadir. Istalgan mehnat faoliyatini oladigan bo’lsak, xayolning ishtirokisiz deyarli amalga oshirib bo’lmaydi. Masalan, biror narsa yasash biror o’simlikni o’stirish uchun qo’lga kiritiladigan natijalarni oldindan bilish, ya'ni xayolda tasavvur etib ko’rish lozim bo’ladi. Shuning uchun xayol juda ko’p faoliyatlarning tarkibiy qismiga kiradi. Kishining butun ruhiy hayoti shaxsning bilish faoliyati va emosional irodaviy holatlari bilan uzviy bog’liq. Xayol idrok xotira tafakkur kabi mantiqiy bilish jarayonlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Xayolning mahsuli shundaki, u orqali avvalgi tajribalar qayta ishlanadi. Xayol tafakkur bilan shunday bog’liq-ki, xayol ham, tafakkur ham muammoli vaziyatlardan kelib chiqadi va shaxs ehtiyojlariga asoslanadi. Tafakkurda fikrlar, tushunchalar asosida ifodalanadi. Download 122.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling