5-mavzu. Investitsiyalar hisobi Reja Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda investitsiyalar hisobini tashkil etish
-chizma. Investsiyalarning turlari
Download 203.29 Kb.
|
5-mavzu. Investitsiyalar hisobi
27-chizma. Investsiyalarning turlari
Investitsiya kiritish maqsadlari va ular bilan bog’liq risklardan kelib chiqqan holda investitsiyalar venchur (riskli), bevosita, portfel va annuitet kabi turlarga tasniflanadi. Demak, investitsiyalar aniq va noaniq, lekin ehtimol risklar ostida kapitalni muayyan jarayonlarga, muayyan vaqtga bog’lash bo’lib, uning hozirgi qiymatini saqlash, kapitallashtirish va jamg’arish maqsadiga qaratiladi. Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiyalashga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi. Innovatsiya investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish jarayonini, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yangi marketing uslubini yoki tashkiliy uslubni ishlab chiqish va o’zlashtirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi. Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, ko’nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne‘matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi. Moliyaviy investitsiyalar - xo’jalik yurituvchi sub’ekt tasarrufidagi daromad olishga (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) mo’ljallangan, investitsiya qilingan sarmoya qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.3 Moliyaviy sarmoya - bu sizning mablag’ingizni katta miqdorda o’sishi yoki qadriga etishiga umid bilan pul qo’ygan aktivdir. Bu g’oya shundan iboratki, uni keyinchalik yuqori narxda sotishingiz yoki unga ega bo’lganingizda pul topishingiz mumkin bo’ladi.4 Joriy (qisqa) investitsiyalar - erkin sotiladigan va bir yildan ko’p bo’lmagan muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatli qog’ozlardir, ular odatda bozor (likvidli) qimmatli qog’ozlari deb ataladi. Qisqa muddatli investitsiyalar kompaniyaning balansidagi mavjud aktivlar bo'limida hisobning bir qismidir. Ushbu hisob kompaniyaning bir yil ichida naqd pulga aylanishi kutilgan har qanday sarmoyani o'z ichiga oladi. Aksariyat hollarda, bu hisoblarda qimmatli qog'ozlar va obligatsiyalar mavjud bo'lib, ular tezkor ravishda tugatilishi mumkin. Joriy (qisqa) investitsiyalar ulushi, qarz va qimmatli qog’ozlari bilan aks ettirilgan bo’lishi mumkin. Ulushli qimmatbaho qog’ozlar, odatda, oddiy va imtiyozli aksiyalar bilan ifodalanadi. Qarz qimmatli qog’ozlari odatda obligatsiyalar, xazina veksellar, depozit sertifikatlari va hokazolar bilan ifodalanadi. Uzoq muddatli investitsiyalar - bir yildan uzoq bo’lgan muddatda egalik qilishga mo’ljallangan qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan investitsiyalardir. Ular odatda investitsion portfelda ulushli (aksiyalar) va qarz (uzoq muddatli obligatsiyalar) qimmatli qog’ozlar bilan ifodalangan bo’ladi. Uzoq muddatli investitsiya kompaniya balansining aktiv tomonida joylashgan bo’lib, u kompaniyaning investitsiyasini, shu jumladan zaxiralarni, obligatsiyalarni, ko'chmas mulkni va naqd pulni bir yildan ortiq vaqt davomida foydalinishi tushiladi. Uzoq muddatli investitsiya hisoboti asosan qisqa muddatli investitsiya hisobidan farq qiladi, chunki qisqa muddatli investitsiyalar eng ko'p sotiladigan bo'lsa, uzoq muddatli investitsiyalar hech qachon sotilmasligi mumkin. Download 203.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling