2. Excel 2013 dasturi oynasi bilan tanishish.
3. Excel 2013 dasturinining imkoniyatlari. Formulalar va funksiyalar bilan ishlash.
Eslatma: Formulalar har doim teng belgisi bilan boshlanadi (=).
Istalgan ikkita yacheykadagi sonli ma’lumotlar (A1 va A2) ustida quyidagi matematik amallar bajarilsin:
Qo‘shish (+) , misol: =A1+A2
Ayirish (-), misol: =A1-A2
Ko‘paytirish (*), misol: =A1*A2
Bo‘linish (/), misol: =A1/A2
Ko‘rsatkich (^), misol: =A1^2
Funksiyani kiritish buyrug‘idan foydalanish uchun:
1. Kerakli katakchani bosing.
2. Formulalar panelida qo‘shishni bosing.
Funksiya belgisi ->
Oddiy doiraviy diagramma yaratish
1. INSERT(вставка) yorlig‘ini bosing.
2. Yacheykalar diapazonini tanlang (Diapazonini tanlash uchun klaviaturada Ctrl tugmachasini bosib ushlab turing va boshqa diapazonini tanlang).
3. Grafiklar guruhida “Doiraviy" ochiladigan ro‘yxatini bosing.
«Автосумма» buyrug‘idan jadval tuzish orqali foydalanish
«СРЗНАЧ( )» buyrug‘idan jadval tuzish orqali o‘rtacha qiymatni topish
4. Excel 2013 elektron jadvallar bilan ishlash. 1-mashq. O‘nta yacheykada 1 dan 10 gacha sonlarni hosil qilish:
1-usul:
1) A1 yacheykaga 1 yoziladi;
2) A2 yacheykaga esa "=A1+1" formula yoziladi;
3) A2 yacheyka qiymati A10 ga qadar nusxalanadi.
2-usul:
1) A1 yacheykaga 1 yoziladi;
2) A2 yacheykaga 2 yoziladi;
3) Hudud belgilanib, quyiga tomon tortiladi.
2-mashq. Oylar, kunlar va sanalarni hosil qilish:
1) A1 yacheykaga 1-oy – руc: [январь] yoziladi;
2) A2 yacheykaga esa 2-oy – руc: [февраль] yoziladi;
3) A2 yacheyka qiymati A12 ga qadar nusxalanadi.
Natija: A1 dan A12-yacheykagacha (руc: [декабрь] gacha) oy nomlari chiqadi (faqat A12-yacheygacha emas, balki, n-yacheykagacha bo‘lishi mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |