5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja
Ma’naviy hayotda axborotlashuv va modernizatsiya jarayonlari
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
маънавият маъруза-5
23. Ma’naviy hayotda axborotlashuv va modernizatsiya jarayonlari
Insoniyat ilm-fan, adabiyot va san’at, ijodning maxsus turlari bilan aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqqandan buyon maxsus shug‘ullaniladi. Bu davrda aniqlangan, to‘plangan yangi bilimlarni eslab qolish, saqlash, yangi avlodga o‘rgatish va meros qoldirish doimo katta muammo bo‘lib kelgan. Uni hal qilish yo‘lida odamlar tinimsiz izlangan. Dastlab odamlar qoya toshlarga, g‘or devorlariga har xil piktogrammalar, suratlar, primitiv (jo‘n) kalendarlarni chizganlar. Buning uchun tabiiy bo‘yoqlardan foydalanganlar. Keyinchalik, aqliy mehnat inson faoliyatining alohida sohasiga aylangach, yozuvni, yozish qurollari va materiallarini ixtiro qilgan. Ular uzluksiz takomillashtirilgan. Ierogliflar, mixxatlardan asta-sekin so‘z bo‘g‘inlari va alohida tovushlarni ifodalaydigan fonetik imlolarga, yozishda foydalanilgan papirus, sopol taxtacha, pergamentlardan qog‘ozlarga o‘tilgan. Eng muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar, eposlar, asotirlar, g‘oyalar, tarixlar, qonunlar toshlarga, qoyalarga, ehromlarning yirik tosh ustunlariga o‘yib yozilgan. Qadimgi sivilizatsiyalardan qolgan bunday yozuvlarning ilmiy, tarixiy, umuman ma’naviy qadr-qimmati bebaho. Yozuvlar, piktogrammalar, suratlar, sopol haykallar, ibodat va sig‘inish maqsadida yasalgan buyumlar, xalq og‘zaki ijodi asarlari – asotirlar, dostonlar, rivoyatlar, ertaklar, qo‘shiqlar, topishmoqlar, latifalar va sh.k.lar ma’naviy hayotni aks ettiruvchi, uning axborotlashtirilgan turli xil shakllaridir. Ularda ajdodlarimizning olamni qanday idrok va tasavvur etishi, tushunishi, uni o‘rab turgan tabiatga, ijtimoiy muhitga, odamlarga munosabati to‘g‘risidagi axborot mujassamlangan. Piktogrammalar, qoyalarga, g‘orlarning devorlarga tushirilgan bir qarashda ancha jo‘n suratlar ma’naviy hayotni axborotlashtirishning ilk ibtidoiy shakllaridir. Zarautsoy, Sarmishsoy va boshqa joylar piktogrammalari, suratlari ibtidoiy ajdodlarimizning avvalo ov qilinadigan, go‘shti iste’molga yaroqli hayvonlar to‘g‘risidagi bilimlarini hamda o‘sha hududda uchraydigan boshqa hayvonlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini aks ettiradi. Ba’zi sahnalarda ov jarayoni, qanday ov qilish kerakligi, kim qaerda turishi, qaysi tarafdan ovga yaqinlashishi, qanday qurollar bilan ov qilinishi lozimligi va h.k. tasvirlangan. Bu suratlar, piktogrammalar, birinchidan, ibtidoiy ajdodlarimiz tajribasini axborotlashtirgan. Ikkinchidan, bu axborot yordamida yosh avlod ov qilishga o‘rgatilgan. Qaysi hayvonga qarshi qanday qurol ishlatish kerak, ov qilinadigan hayvonga bir tomondan yoppasiga tashlanmaslik, balki uni tor, qocholmaydigan va erkin harakat qilolmaydigan joyga qamash, o‘rab olish, o‘q-yoy, nayza kabi qurollardan foydalanish, hayvonning qaysi joyiga, qaysi tomiriga jarohat yetkazish kabi bilimlar piktogrammalar, suratlarda mustahkamlangan. Piktogramma va suratlar axborotni to‘plash, saqlash va uzatish vazifalarini bajargan. Ular tufayli biz uzoq ajdodlarimiz bilan o‘ziga xos tarzda muloqot qilamiz, ularning o‘y-fikrlariga, ma’naviy dunyosiga sayohat qilamiz. Chunki ibtidoiy piktogramma va suratlar bugun ham o‘ziga yuklatilgan axborotni saqlab, bizga uzatib kelmoqda. Agar ular bo‘lmaganda, bizning ibtidoiy ajdodlarimiz to‘g‘risidagi qarashlarimiz ancha qashshoq bo‘lar edi. Ayniqsa bu borada arxeologik qazilmalar paytida topilgan ov va mehnat qurollari, sig‘inish va ibodat marosimlarini bajarishda qo‘llanilgan buyumlar o‘zlarida juda ulkan axborotni saqlaydi. Biz bu axborotlarni ilmiy tahlil qilib, umumlashtirib uzoq ajdodlarimiz turmush tarzi va ma’naviy hayotini modellashtiramiz, shakllari va mazmunini tiklaymiz. Tasavvurlarimiz aniqroq bo‘lishi uchun turli topilmalarni o‘zaro qiyoslaymiz, davrini, vaqtini aniqlash uchun ularni radiouglerodli usullar yordamida o‘rganamiz. Qiyosiy-tarixiy usullar ham rang-barangdir. Topilmalar nafaqat o‘zaro qiyoslanadi, shuningdek ular har xil qadimgi asotirlar, rivoyatlar, naqllarning xalq xotirasida, og‘zaki ijodida, etnograflar, folklorshunoslar yozib qoldirgan namunalarida saqlanib qolgan unsurlar bilan ham taqqoslanadi. Arxeologik artefaktlar, yodgorliklar berayotgan axborot va xalq og‘zaki ijodi, qadimgi yozma yodgorliklar axboroti bir-birini to‘ldiradi. Natijada manzara ancha oydinlashadi, bizning tasavvurimiz aniqlashadi va boyiydi. Masalan, S.Toltovning Xorazmda yer osti manzilini (katta qal’ani) topgan. U Avestoda aytilgan Vara degan shaharga mos keladi. Avestoda shunday asotir bor. Axura Mazda Jima (Yima)ga butun dunyoni suv bosajagini, tiriklikni, hayotni qutqarib qolish uchun har bir hayvon, o‘t-o‘lan turidan, olovdan bir juftdan olib saqlashni, buning uchun yer ostida Vara degan shahar qurishni buyuradi, shahar qanday tarxda (loyihasi) bo‘lishi lozimligini aytadi. Xorazmda topilgan yerosti shahri aynan Avestoda aytilgan tarxga mos keladi. Xalq og‘zaki ijodi, asotirlar, rivoyatlar, ayniqsa qahramonlik eposlari, dostonlar ajdodlarimiz boshdan kechirgan yirik tarixiy voqealar, ular hayoti, e’tiqodi, qadriyatlari, axloqiy va ma’naviy dunyosi, o‘y-tashvishlari, orzu-umidlari to‘g‘risida bebaho ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi. Xalq og‘zaki ijodida ochiq axborotdan tashqari, kodlashtirilgan, turli ramzlar, majozlar, metofora-obrazlar ichida yashiringan axborot ham mavjud. Ularning kalitini topish, ramz va majozlarini to‘g‘ri talqin qilish oson emas. Axborotni kodlashtirish doimo bo‘lgan. Mumtoz adabiyotimizda arab alifbosi harflarining abjad hisobidagi muayyan songa tengligi asosida shoirlar marsiyalarida, biror voqeaning, shaxsning tarixini, qabrtoshlarga bitilgan lavhalarga dafn etilgan kishining vafot yilini kodlashtirganlar. Bugungi davrda axborotni kodlashtirishning turli usullari, shakllari juda rivojlangan. Har qanday tabiiy, ijtimoiy hodisa, voqea, narsa, predmet ma’lum axborot tizimining tashuvchisidir. Ular bir-biri bilan turli darajada bog‘langan, bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. O‘zaro ta’sirni ularning axborot almashuvi deb hisoblash mumkin. Barcha fanlar o‘z predmetlari nuqtai nazardan, birinchidan, o‘rganyotgan ob’ektlarida mavjud bo‘lgan ob’ektiv ahborotni aniqlaydi. Ilmiy tadqiqot – bu, Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling