5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja
Inson tabiati to‘g‘risidagi markistik qarashlarning biryoqlamaligi
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
маънавият маъруза-5
Inson tabiati to‘g‘risidagi markistik qarashlarning biryoqlamaligi.
Gegeldan farqli, Marks va Engels inson tabiatiga izchil materialistik nuqtai 2 Қаранг: Абу Ҳомид Ғаззолий. Кимёи саодат. Руҳ ҳақиқати. Т. “Адолат”, 2005. Б.39 Яна қаранг: А. Азизқулов. Ғаззолий инсон руҳиятининг моҳияти хусусида// Imom Al-Buxoriy saboqlari. 2014, N 1 Б 44-48 3 Выдающийся мыслитель и поэт Востока Мухаммад Икбал. М., 1959.Б 263 4 . Ўша асар, Б. 263 nazardan yondashganlar. Hatto Engels “Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli”degan maqola yozgan. Marks va Engels insonda har qanday ilohiylikni mutlaqo inkor etganlar. Insoniy xislatlar, ong, tafakkur va h.k. hammasini ijtimoiy hodisa, jamiyat mahsuli deb deb hisoblaganlar. Insonning o‘zi ham jamiyat mahsulidir. Inson tabiatini yaxshilash uchun adolatli, hamma a’zolari teng huquqli jamiyat qurish, mavjud adolatsiz kapitalistik jamiyatni revolyusion yo‘l bilan yaxshilash kerak, deb hisoblaganlar. Aslida Marks va Engelsgacha ham yevropalik mutafakkirlar orasida inson kelajagiga, jamiyat hayoti adolatli va farovonli bo‘lishiga umid va ishonch katta edi. Odamlarga to‘g‘ri yo‘l, yuksak ideallar, haqqoniy ijtimoiy mo‘ljallar ko‘rsatilsa bas, ular jamiyatni oqilona qayta quradilar qabilidagi qarashlar keng tarqalgan. Yuksak ideallarni esa odamlarga siyosiy – publitsistik, ilmiy va badiiy asarlarda tasvirlab berish, odamlar ongiga singdirish zarur. Shunda jamiyat va inson birdek takomillashadi. Bu davrlarda Yevropada inson aqliga, ratsionalizm tamoyiliga ishonch juda yuqori edi. Insoniyat o‘z kamchiliklaridan, jamiyat illatlaridan aql-zakovati, odilona va oqilona olib boriladigan siyosat tufayli xalos bo‘la oladi, hammaga teng imkoniyat yaratib, qonun ustivorligi, to‘qlik va farovonlik ta’minlagan jamiyat qura oladi, degan g‘oya ma’rifatparvarlar qalbida hukmron edi. Nafaqat sotsialist-utopistlar, shuningdek kapitalizmning ilk nazariyachilariga ham bunday qarashlar xos edi. Ular bunday adolatli, barchaga teng imkoniyat yaratadigan jamiyat – bu shakllanayotgan kapitalistik jamiyat deb tushunardilar. Hayot esa boshqacharoq yo‘nalishda rivojlandi. XVIII – XIX asr mutaffakirlari umidi oqlanmadi. Buyuk fransuz inqilobi shiori “Ozodlik. Tenglik. Birodarlik” xitobligicha qolib ketdi. Aksincha, mulkiy-ijtimoiy tabaqalashuv va ekspluatatsiya kuchaydi. Aholining katta qismi – dehqonlar yeridan, hunarmandlar ustaxonasidan ajralib, qashshoqlasha boshladi. Mulkidan begonalashgan qashshoq proletariy jamiyatdan va o‘z insoniy tabiatidan begonalashish xavfida qoldi. Yana inson mohiyati masalasiga qaytamiz. Aql va ijtimoiylik insonni hayvonot olamidan farqlovchi eng muhim belgilardir, ammo insonning to‘liq mohiyati emas. Keyinchalik mutafakkirlar insonning yana bir muhim belgisi to‘g‘risida so‘z yuritdilar: inson yaratuvchi hayvon, u ishlab chiqaradi. Bu g‘oyani K. Marks rivojlantirdi. Inson ishlab chiqaruvchi, mehnat qiluvchi, tabiatni va o‘z-o‘zini o‘zgartiruvchi, qayta yaratuvchi mavjudot. U o‘z oldiga avvaldan maqsad qo‘ya oladi, ishlab chiqaradigan narsasini u instinktlar yordamida emas, avval miyasida paydo bo‘lgan reja orqali ro‘yobga chiqaradi. Ayni paytda odam bolasi inson bo‘lib shakllanishi va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi uchun jamiyatda yashashi zarur. Insonning o‘zi, ongi, tafakkuri (aql), ishlab chiqarish – hammasi jamiyat mahsulidir. K. Marksning «Feyerbax to‘g‘risida tezislar»ida: «Insonning mohiyati ayrim individga xos bo‘lgan abstrakt emasdir. Haqiqat holida u barcha ijtimoiy munosabatlarning majmuidir 5 », — degan xulosasini va ijtimoiy munosabatlar deganida u iqtisodiy, axloqiy, huquqiy, diniy, estetik va turmush uchun zarur barcha aloqalarni, munosabatlarni nazarda tutganligini hisobga olsak, Marks o‘z davri uchun materialistik nuqtai nazardan insonga ijtimoiy mavjudot sifatida nisbatan to‘liq ta’rif berganini ko‘ramiz. Lekin hayot Marks tamoyillari materialistik cheklanganini, inson mohiyatini oxirigacha qamrab olmaganini ko‘rsatdi. Avvalo inson to‘g‘risida K. Marks konsepsiyasida insonning individual jihatlariga, ekzistensial holatiga yetarli e’tibor qaratilmagan. Ustunlik jamoaviy, ijtimoiy jihatlarga berilgan. Keyin insonning asosan ongi hisobga olingan. Ong ostiga oid hodisalarga inson tabiatiga yot, undagi biologik instinktlar deb qaralgan. Dastlab 3.Freyd va uning izdoshlari inson tabiatiga irratsional, ong ostiga oid hodisalar chuqur ta’sir ko‘rsatishini (hayot va o‘lim instinktlari – 3.Freyd; jamoaviy ongsizlik – arxetiplar K.Yung) isbotladilar. Freyd qarashlari va xulosalari ancha keskinligi, biryoqlamaligi bilan ajralib turadi. U ko‘pincha insonning biologik tabiatiga, shahvoniy mayllariga ustunlik beradi. Freyd aslida psixiatr-vrach bo‘lgan. O‘z mijozlarining asabiy kasalliklarini o‘rganish va davolash jarayonida aksariyat 5 Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling