5-mavzu Issiqlik energiyasini ishlab chiqarish jarayonlari va uning hisobi
Organik yoqilg‘idan issiqlik energiyasini ishlab chiqarishning asosiy sxemalari
Download 16.54 Kb.
|
Asadbekka maruza matni
Organik yoqilg‘idan issiqlik energiyasini ishlab chiqarishning asosiy sxemalari
Organic yoqilg‘idan issiqlik energiyasini yoqish usuli bilan olishning ikkita asosiy sxemasi mavjud: faqat issiqlik energiyasini ishlab chiqarish sxemasi va issiqlik hamda elektr energiyasi birgalikda ishlab chiqarish sxemasi suv bug‘i yoki issiq suv ko‘rinishidagi issiqlik tashuvchi bilan issiqlik energiyasini ishlab chiqarish sxemasining (2.1 rasm) ko‘rib chiqamiz. Qurilmaning asosi bug‘ yoki issiq suv qozoni bo‘lib, unda yoqilg‘i yondiriladi va issiqlik yuqori haroratli yonish maxsulotlaridan qozonning issiqlik almashinuvi qismining quvurlari orqali aylanadigan suvga o‘tkaziladi. Qozondagi asosiy jarayonlarning asosiy vazifasi suvni suv bug‘iga ( bug‘ qozonida ) yoki suvni oldindan belgilangan haroratigacha isitishdir. Qozon o‘txona yoki radiatsiya 2 qisimdan va konvektiv 3-qismdan iborat. O‘txona qismida yoqilg‘i havo oqimida yuqori haroratli yonish mahsulotlarini kam qilish bilan yondiriladi va keyin energiya qozonning isitish sirtlarining radiatsiya qismidan nurlanish bilan uzatiladi. Yoqilg‘I va havo yoqilg‘I kamerali yonish patida yondirgich qurilmasi 4 orqali kiritiladi. O‘txona hajmida 2qisman sovitilgan yonish mahsulotlari yutun so‘rish moslamasi 11 tomonidan ____________ konvektiv qismi 3 ga so‘riladi keyin ular kul yig‘ish tizimidan 10 o‘tadi, bu yerda ular qattiq kul zarralaridan tozalanadi(agar kerak bo‘lsa), so‘ngra ular mo‘ri orqali atrof muhitga chiqariladi. Quyqa hosil qiluvchi tuzlardan tozalangan suv ekonomozorda isitiladi, keyin qozonning bug‘lanish sohasiga 14 kiritiladi, uning quvurlari yuqori qismida qozonning yuqori barabaniga 5 ulanadi, pastki qismida esa kollektorlar 23 yoki pastki borabanga ( past quvvatli qozonlarda) ulanadi. Bug‘lanish konturida suvni isitush natijasida bug‘ – suv aralashmasi xosil bo‘ladi, bu kontur bo‘ylab suvning tabiiy serkulyatsiyasi natijasida barabanga 5 ko‘tariladi, bu yerda bug‘-suv aralashmasining suv va bug‘ga _______ sodir bo‘ladi. Bug‘ning harorati to‘yinish haroratidan yuqori bo‘lishi kerak bo‘lsa, u holda bug‘ bug‘ qizdirg‘ich 7 ga, u yerdan esa istemolchiga yuboriladi. Qozonning konvektiv qismida bug‘ qizdirgich 7 va ekomoyzerga 8- qo‘shimcha ravishda konvektiv bug‘lanish isitish sirtlari (kichik quvvatli qozonlarda) va yondirgich qurilmasida 4 yuboriladigan havoni isitish uchun havo isitgichi 9 joylashtirilishi mumkin. Isitilgan havo yonish jarayonining yaxshilaydi va qozonning radiatsion qismida 2 harorat darajasini oshirdi va eng muximi atmosferga chiqarilgan yionish maxsulotlarining haroratini kamaytiradi.\ Yonish maxsulotlaridan qozonning issiqlik qabul qiluvchi yuzalariga qanchalik kuch issiqlik o‘tkazilsa, yoqilg‘ining kimyoviy enersiyasidan foydalanish samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Bug‘ unumdorligi yuqori bo‘lgach ( 100m/soat dan ortiq) qozonlarda bu samaradorlik 90-93 % ni, bug‘ unumdorligi 20 m/soatgacha bo‘lgan qozonlarda 80-85 %ni tasshkil qiladi. Download 16.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling