5-mavzu: IX-XII asrlarda O’rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg’onish (renessans) davri: fan va madaniyat ravnaqi


Ikkinchi rejada quyidagi masalalar yoritiladi


Download 235.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana05.01.2022
Hajmi235.78 Kb.
#223890
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-семинар

Ikkinchi rejada quyidagi masalalar yoritiladi. Bu davrda ma’naviy madaniyatning rang barang 

sohalaridan biri adabiyot bo’lib, u o’z davrining ijtimoiy ongining muhim tomonlarini o’zida ifodalaydi. 

Badiiy adabiyot bu davrda uch tilda rivojlandi: fors, tojik va arab. Badiiy ijodda ustun janrni poeziya tashkil 

etdi. 


1. Arab tilidagi adabiyot haqidagi manbalardan O’rta Osiyo olimi Abu Mansur ibn Abdumalikning 

“Yatimat-ad-daxr fimaxosin axl al-asr” kabi antologiya xrestomatiyalaridir. 

Abu Axmad al-Kotib, Muhammad al-Murodiy va boshqa shoiru, yozuvchilar ijod qilganlar. 



2.  Fors  tojik  tilidagi  adabiyot.  Bu  davrda  fors  tojik  tilida  ijod  etgan  shoirlardan  SHoxi  Balxiy, 

Ravnaqiy, Buxoriy, SHokir Buxoriylarni ko’rsatish mumkin. Lekin bu til she’riyatni, badiiy adabiyotni 

Ro’dakiy, Firdavsiy, Umar Xayyom kabilar dunyoga mashhur qildilar. 

3. XI-XII asrlarga kelib ijtimoiy madaniy hayotda turkiy tilning keng tarqalib borishi davlat ishlarida 

keng qo’llanila boshlandi: arab, fors tillaridagi badiiy asarlar bilan birga turkiy tilda ham yirik dostonlar, 

she’rlar  yaratildi.  Yusuf  xos  Hojibning  “Qutadg’u  bilig”va  Ahmad  Yugnakiyning  “Xibatul  Haqoyiq” 

asarlari  shular  jumlasidandir.  Sulaymon  Boqirg’oniy  ham  shu  tilda  ijod  qilgan.  O’sha  davrlarda  badiiy 

adabiyot asosan doston, she’riyat va kichik qissalardan iborat edi. 

Bu  davrda  qadimgi  so’g’d,  urxun  yozuvlari  o’rniga  arab  yozuvining  tarqalishi  asosida  bu  yangi 

yozuvda  turli  asarlar  yozish  ham  avj  oldi.  Ular  qo’lda  yozilib  ko’chirilgan.  Qo’lyozmalarni  chiroyli 

yozuvlar bilan ko’chirish turli bezaklar berish usullari ham keng qo’llanildi. 

Qo’lyozmalar arab yozuvida bitilgan. Boshlang’ich islom diniy kitoblari kufiy yozuvida bitilgan. 

So’ngra  kufiy  yozuvi  asosida  yetti  shakldagi  yozuv  SHarqda, jumladan,  O’rta  Osiyoda  keng  tarqalgan. 

O’sha davrdagi qo’lyozmalar mana shu yetti shakldan birida bitilgan. Bulardan ayniqsa Rayhoniy usuli 

nihoyatda chiroyli bo’lib sahifalarini bezashda, duo kitoblarida ko’proq ishlatilgan. 


Download 235.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling