ekin ildizlarining to’qimalari yana paydo bo’lgunicha, fungistazis yordamida tinim davriga kirib, saqlanadi. Zamburug’ bazidiyalari ham gifalarda rivojlanadi, ular bir hujayrali, to’qmoq shaklli. Bazidiya ustida nosimmetrik oval shaklli, rangsiz, o’lchami 8-14x4-6 mkm bo’lgan bazidiosporalar paydo bo’ladi. Zamburug’ har xil ekinlarni kasallantiradi, ammo bir ekin tagidagi populyatsiya ikkinchi ekin uchun kam zararli, misol uchun, dalada kartoshkada rivojlangan sklerotsiylar boshqa ekinlarni kam zararlaydi. Bir ekin turi dalada uzoq yillar davomida o’stirilganda, tuproqda o’sha ekinni juda kuchli zararlaydigan populyatsiya to’planib, yildan-yilga ko’payib borishi aniqlangan. 3. Kartoshka nihollarida "qorason" va tuganaklarida yumshoq bakterioz chirish Kartoshka nihollarida "qorason" va tuganaklarida yumshoq bakterioz chirish kasalligini Erwinia turkumiga mansub bakteriyalar, jumladan Erwinia carotovora ssp. atroseptica nam va sovuq, Erwinia carotovora ssp. carotovora - iliq, Erwinia carotovora ssp. chyanthemum (qE.chyanthemum) esa issiq iqlimli mintaqalarda qo’zg’atadi. Kasallik kartoshka o’suv davrida dalada va omborxonalarda rivojlanadi. Qo’zg’atuvchining belgilari. Erwinia carotovora. Bakteriya to’g’ri tayoqcha shaklli, o’lchami 1,0-5,0x0,5-1,0 mkm, yakka-yakka, ba’zan kalta zanjirchalarda joylashgan. Peritrix, harakatchan. Xemoorganotrof. Voges-Proskauer reaktsiyasi musbat, oltingugurt angidridi hosil qiladi, jelatinani suyultiradi. Ba’zi shtammlari D-glyukozadan gaz hosil qiladi. L-arabinoza va D-glyukozani, ba’zi shtammlari glitserin va maltozani o’zlashtiradi. Nitratlarni tiklaydi. Katalazamusbat. O’sish faktorlariga muhtoj emas. Koloniyalari sariq, ko’k yoki rangsiz; ba’zi shtammlariniki mukoid, shilimshiqsimon. Erwinia amylovora turidan farqli o’laroq, 36°S haroratda o’smaydi. Pektatni, ba’zi shtammlari kazeinni parchalaydi. Tarkibida 5% natriy xlorid bo’lgan muhitda o’sa oladi. Paxta yog’ini gidroliz qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |