5-mavzu: kartoshka kasalliklari xamda ularga qarshi kurash choralari

Kartoshka tuganaklari fuzarioz quruq chirishini

Download 19.69 Kb.
bet5/8
Sana18.06.2023
Hajmi19.69 Kb.
#1573791
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fitopotologiya 5

Kartoshka tuganaklari fuzarioz quruq chirishini Fusarium oxysporum, Fusarium cambucinum, Fusarium cilmorum, Fusarium solani va ba’zi boshqa Fusarium turlari qo’zg’atadi. Kartoshka tuganaklari o’suv davrida odatda zararlanmaydi, ularning ko’pchiligi hosilni kavlab olish, qoplash, omborxonaga tashish va joylash paytlarida zararlanadi. Qo’zg’atuvchilar mexanik jarohatlar, sovuq urgan joylar, hasharotlar va boshqa patogen zamburug’lar shikastlagan to’qimalar orqali tuganaklarga kiradi va zararlaydi. Zararlangan tuganaklar ustida oldin qaynoq suvda kuyganga o’xshash, biroz botiq dog’lar paydo bo’ladi. Ular o’sib, kattalashadi, kulrang-qo’ng’ir tus oladi va ostidagi to’qimalarga va tuganak ichiga o’tadi. To’qimalar quruq chirib, kukunga o’xshab qoladi, tuganak ichida bo’shliqlar, kavaklar paydo bo’lib, u yerda, zararlagan zamburug’ turi bilan bog’liq holda, har xil rangli mitseliy (mog’or) rivojlanadi. Tuganaklarning chirigan joylari sog’lom to’qimadan aniq ajralib turadi, ularning ustida kontsentrik doiralar va mitseliy rivojlanadi.

Toshkent viloyatida kartoshka o’suv davrida fuzarioz bilan 24,9-43,5% ga kasallangani xabar qilingan

Kartoshka vertitsillyoz so’lishi (vertitsillyoz vilt) ni Verticillium albo-atrum va V.dahliae zamburug’lari qo’zg’atadi. Kasallik ko’p mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda ham qayd etilgan bo’lsa ham, uning kartoshkada tarqalishi va hosilga zarari o’rganilmagan. So’lish odatda o’simliklar gullash davrida yoki keyinroq, ko’pincha pastki barglarning bir tomoni sarg’ayishi bilan boshlanadi. Poya pastki qismi qiya kesilsa, o’tkazuvchi to’qimalarda qo’ng’ir dog’larni ko’rish mumkin. Ko’pincha o’simliklar, so’limasdan sarg’ayadi, vaqtidan oldin yetiladi va quriydi. Tuganaklarning ichida ham o’tkazuvchi to’qimalarda yoki ularning bir qismida och-qo’ng’ir, katta tuganaklarning ko’zchalarida esa pushtiroq yoki qizg’ish dog’lar paydo bo’ladi. Bunday tuganaklar omborxonada saqlash paytida chirib qoladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling