5-mavzu: kartoshka kasalliklari xamda ularga qarshi kurash choralari


Zamburug’ mitseliy va sklerotsiylari yordamida o’simlik qoldiqlarida va tuproqda ko’p yillar davomida, keyingi mavsumgacha zararlangan tuganaklarda ham saqlanadi


Download 19.69 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi19.69 Kb.
#1573791
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fitopotologiya 5

Zamburug’ mitseliy va sklerotsiylari yordamida o’simlik qoldiqlarida va tuproqda ko’p yillar davomida, keyingi mavsumgacha zararlangan tuganaklarda ham saqlanadi.

Kartoshkani fitoftorozini Phytophtora infestans oomitset zamburug’i qo’zg’atadi. Qo’zg’atuvchi zamburug’ rangsiz, bir hujayrali, ko’p yadroli endofit tana hosil qilib, ko’plab jinssiz sporalar – zoosporangiylar hosil qiladi.

Kartoshkani fitoftorozini Phytophtora infestans oomitset zamburug’i qo’zg’atadi. Qo’zg’atuvchi zamburug’ rangsiz, bir hujayrali, ko’p yadroli endofit tana hosil qilib, ko’plab jinssiz sporalar – zoosporangiylar hosil qiladi.

Oosporalar – ya’ni jinsiy sporalar faqat kartoshkani vatani bo’lgan Meksikada uchraydi, ammo keyingi ma’lumotlarga qaraganda bir qancha yevropa mamlakatlarida ham oosporalar hosil bo’lishi aniqlangan. Qo’zg’atuvchi zamburug’ning biologik xususiyatlaridan biri – uning fiziologik irqlarini va populyatsiyalarini juda ham ko’pligidir. Ushbu fiziologik irqlari va populyatsiyalari o’zining parazitlik xususiyatlari, inkubatsion davri davomiyligi, patogenligi (kasallikni tug’dirish qobiliyati), agressivligi, virulentligi hamda sporalar hosil qilish darajalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi.

Zamburug’ kartoshkani barglarini, poyalarini, tuganaklarini va o’simtalarini kasallantiradi. Kasallikni xarakterli alomatlari o’simliklarni gullash davri arafasida barglarda namoyon bo’ladi. Dastlab pastki yarus barglarni uchida qo’ng’ir rangli bo’rtgan dog’lar paydo bo’ladi, bunday dog’larni orqa tomonida, aniqrog’i bargning yashil hamda qo’ng’ir qismi chegarasida oqimtir rangli qalin g’uborlar hosil bo’lishi kuzatiladi. Qo’ng’ir rangli dog’larning kengayib borishi hisobiga g’uborlar ham kasallangan va sog’lom to’qima chegarasi tomon surilib boraveradi. Bu g’uborlar zamburug’ning sporalaridir.

Infektsiya manbai – kasallangan urug’lik tuganaklar hamda o’tgan yildan dalada qolib ketgan kasal tuganaklar bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari omborxonalarda saralash davrida kasallangan tuganaklar 1,5 m chuqurga ko’milib yo’q qilinmay, axlatxonalarga tashlansa, ular ham doimiy infektsiya o’chog’i bo’lib xizmat qiladi. Urug’lik tuganaklarning ko’zchalari kasallangan bo’lsa bunday tuganaklardan o’simta unib chiqmaydi, natijada to’liq ko’chat olinmaydi. Agar urug’lik tuganaklar kuchsiz darajada kasallangan bo’lsa, tashqi ko’rinishidan sog’lomga o’xshash o’simliklar o’sib chiqadi, ammo oradan 45 – 60 kun o’tib (gullash oldidan) barg va poyalarda kasallik alomatlari namoyon bo’ladi.


Download 19.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling