5-mavzu. Konusli maydalagichlar


Konusli maydalagichlar konstruksiyasi


Download 16.9 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi16.9 Kb.
#1547305
1   2   3   4   5
Bog'liq
Konusli makonstrukllariva ishla

Konusli maydalagichlar konstruksiyasi
Uzun konusli, osilgan vali maydalagich 19 -rasmda ko‘rsatilgan. Massivli asos 1 ga maydalagichning tashqi konusi
2 voltlar yordamida biriktirilgan. Konusning ichki ishchi yuzasiga margenetsli po‘latdan tayyorlangan bron plitalar
o‘rnatilgan. Tashqi konusning ustki qismiga asos 4
va kallak 5 mahkamlangan bo‘lib,
bosh val 6 ning osma
podshipnikiga o‘rnatilgan. Val 6 esa bu podshipnika osiladi va unga qo‘zg‘aluvchi konusi 7 o‘rnatiladi.
Valning pastki qismiga vtulka 8 o‘rnatilgan va unga (**) tishli g‘ildirak 9 qatirilgan. Bu tishli g‘ildirak shesterniya
10 bilan ilashadi, yuritma vali 11 orqali elektrmotor va reduktordan aylanma xarakat oladi. Ekssentrikli val 8 ning
aylanishi natijasida unga o‘rnatilgan qo‘zg‘aluvchi konus xam aylanib, tashqi qo‘zg‘almas konusni ichki ishchi yuzasiga
yaqinlashadi, uzoqlashadi bu jarayo butun aylana bo‘ylab davom etadi.
Maydalanishi kerak bo‘lgan material, yuklash oynasi 12 dan tashlanadi. Ichki va tashqi konus orasida maydalangan
material ichki konusni tashqi konusga nisbatan uzoqlashishida pastga xarakatlana boshlaydi va tushirish kamerasi 13
orqali tushirib olinadi.
Ustki podshipnik osmasi tayanch halka 14 va vtulka 15 dan tashkil topgan bo‘lib, vtulka 15 konussimon vtulka 16
ga o‘rnatilgan va tayanch halka 14 bo‘yicha aylanadi. Bron 3 ni konus 2 ga zich joylanishi uchun ular orasidagi oraliqqa
sement qorishmasi quyiladi.
Konsol vali maydalagichdan o‘rta va Mayin maydalash uchun foydalaniladi. Bu maydalagich maydalanish uchun
beriladigan material o‘lchami 38  300 mm oraliqda
bo‘ladi. Bu maydalagichlarning yuklash teshigi eni konusli yirik
maydalagichlarnikiga qaraganda kichik qilinadi va ko‘pincha ikkinchi bosqich maydalash jarayonida ishlatiladi.
Maydalagichni tuzidlishi quyidagicha. Konsul val 1 va unga zich o‘rnatilgan maydalovchi konus 2 (21-rasm). Ekssentrikli
vtulka 3 ga o‘rnatiladi. Ekssentrikli ftulkani aylanishi natijasida maydalovchi konus qo‘zg‘alma A nuqtaga nisbatan uning
atrofida lapanglab (***) aylanma xarakat qiladi. Ekssentrikli stakan esa staninaning pastki qismi joylashtirilgan bo‘lib,
unga bronza vtulka 4 preslab o‘rnatilgan. Ekssentrikli stakanni tayanchi bo‘lib taglik 5 (***) ‘izmat qiladi. Val og‘irligini,
maydalovchi konus og‘irligini, maydalash kuchini vertikal tashkil etuvchisini sferik bronza halka xosil qiladi.
Tashqi konus 7 halka bilan tashqi qismidagi rezba 8 orqali xalqa 9 ga qotirilgan va staninaga tayanadi. Rezba 8 ni
burash orqali tashqi konusli ko‘tarish va tushirish mumkin bu o‘z navbatida tushirish oralig‘i o‘lchamini o‘zgartirishga imkon beradi.
Prujina 10 yordamida
tayangan xalqa 9,
staninaga tortiladi. Prujinani qo‘yishdan asosiy maqsad maydalash
kamerasiga maydalanmaydigan material tushib qolsa konus qoplamalarini sinishini oldini oladi. Tashqi va ichki konuslar
margenetsli qoplamalar bilan qoplanadi. Ekssentrik po‘lat cho‘yandan, rama, halka va konus quyima usulda olinadi. Maydalanishi kerak bo‘lgan material tarelka 11 ga kelib tushadi va materialni maydalash kamerasi bo‘yicha tekis
taqsimlab beradi. Bu maydalagichda material konusli yirik maydalagichlarga nisbatan donadorlik tarkibi
ko‘proq bir
xilda maydalanadi. Bunga asosiy sabab tushurish qismida ichki va tashqi konuslar orasidagi paralel zo‘nasi konusli yirik
maydalagichlarga nisbatan uzun bo‘ladi.
Konusli yirik
maydalagichning maydalovchi konusi 70-80 li burchak ostida tayyorlanadi. Maydalagich kallagi
esa ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib, po‘lat korpusdan va ximoyalovchi qoplamdan iborat. Bu qoplam margenetsli
po‘latdan tayyorlangan. Konusning ustiga xam margenetsli qoplam kiygizdirilgan.
5.2.

Download 16.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling