5-mavzu. Korxonalar moliyaviy natijalarini tahlil qilish reja


 Permanent kapitalining rentabelligi = Sof foyda: o‘z mablaglarning


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/34
Sana01.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1074368
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
5-MAVZU. KORXONALAR MOLIYAVIY NATIJALARINI TAHLIL QILISH

8. Permanent kapitalining rentabelligi = Sof foyda: o‘z mablaglarning 
o‘rtacha qiymati + uzoq muddatli kreditlar + uzoq muddatli qarzlar. 
9. Qarzga olingan kapital¬ning rentabelligi = Soffoyda: qarzga 
olingankapitalningo‘rtacha qiymati. 
10. Soliq kesimi (srez) = Sof foyda :soliq, to‘lagunga qadar foyda. 
11. Real asosiy kapitalning rentabelligi = Sof foyda: asosiy fond-larning 
qoldiq qiymati + kapital. 
12. Sarmoyalangan kapitalning rentabelligi( samaradorligi) = Soliq, 
to‘lagunga qadar foyda + to‘langan foizlar kapitali + uzoq muddatli qarz kapitali. 
Tavsiya etilgan rentabellik ko‘rsatkichlaridan faqat jami aktivlar 
rentabelligi, sotilgan mahsulot rentabelligi va asosiy faoliyat rentabelligi misolida 
omilli tahlil usuliniko‘rib chiqamiz. Qolgan ko‘rsatkichlarning omilli tahlilini ham 
shu yo‘sinda o‘tkazish mumkin. Bu yerda umumiy tahlil uslubi saqlanib holgan 
holda, ayrim ta’sir etuvchi omillar va ularning soni tahlilning maqsad va 
vazifalaridan kelib chiqqan holda o‘zgardi. 
Jami aktivlarning rentabelligi va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi 
omillarning tahlili. Jami aktivlarning rentabelligi darajasi korxonalarning asosiy 
fondlar va aylanma mablag’lardan foydalanish (samarodorlik) darajasiniko‘rsatadi. 
Ushbu rentabellik darajasining normasi ahamiyati 5foizdan 10foizgacha bo‘lishi 
kerak. Jami aktivlarning rentabelligi darajasi — korxonaning bir so‘mlik mulkidan 
necha so‘m foyda olganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich korxonalar o‘rtasidagi 
raqobat kurashida indikatorlik vazifasini o‘taydi. 
Rakobatbardoshlik 
darajasi 
tahlil 
qilinayotgan 
korxonaning 
jami 
aktivlarning rentabelligi darajasini o‘rtacha tarmoqdagi koeffisienti bilan 
taqqoslash orqali aniqlanadi. Jami aktivlarning rentabelligi darajasini tahlil qilish 
uchun kerakli ma’lumotlar 1-shakl (Balans), 2-shakl («Moliyaviy natijalar 
to‘g’risidagi hisobot»)dan olinadi.
Jami aktivlarni rentabellik darajasiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi.


1. Sof foyda hajmining o‘zgarishi. 
2.Jami aktivlarning o‘rtacha mikdorining o‘zgarishi. 
Ushbu omillarning ta’sirini zanjirli almashtirish usuli orqali aniqlash 
mumkin. 
Sotilgan 
mahsulot 
rentabelligi 
va 
uning 
o‘zgarishiga 
ta’sir 
qiluvchiomillarni tahlili.Ushbu rentabellik ko‘rsatkichi bir so‘mlik sof tushumga 
to‘g’ri keluvchi xarajat birliginiko‘rsatadi. Ushbu rentabellik koeffisientining 
o‘sishi mahsulot tannarxining pasayishi va sotilgan mahsulot rentabelligini 
oshishidan dalolat beradi. Sotilgan mahsulot rentabelligi ko‘rsatkichini sof foydani 
sof tushumga nisbati tariqasida ham aniqlasa bo‘ladi. Bunda bir so‘mlik sotilgan 
mahsulot qancha sof foyda birligini berishini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu 
ko‘rsatkichni tahlil qilishuchun kerakli ma’lumotlar 2-shakl «Moliyaviy natijalar 
to‘g’risidagi hisobot» dan olinadi.
Sotilgan mahsulot rentabelligiga(ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha) 
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi.:
1. Sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish tannarxini o‘zgarishi. 
2. Mahsulot sotishdan tushgan sof tushum hajmini o‘zgarishi. 
Ushbu omillar ta’sirini zanjirli almashtirish usuli orqali aniqlash mumkin. 
Korxonaning asosiy faoliyatining rentabellik darajasi. Ushbu ko‘rsatkichni 
aniqlash uchun mahsulotni sotishdan tushgan yalpi foyda hajmini sotilgan 
mahsulotning ishlab chiqarish tanarxigi bo‘linadi. 
Asosiy faoliyat rentabelligi darajasiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi: 
1. Mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi foyda hajmini o‘zgarishi. 
2. Sotilgan mahsulotlarni tannarxini o‘zgarishi. 
Ushbu omillarni ta’sirini zanjirli almashtirish usuli orqali aniqlaymiz. 
Biz yuqorida metodologik asos sifatida fakat mulk rentabelligi, sotish 
rentabelligi va asosiy faoliyat rentabelligi darajasining o‘zgarishiga ta’sir kiluvchi 
omillarni hisob-kitobini havola etdik. Bunday hisob-kitoblar boshqa rentabellik 
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashida ham 
ko‘llanilishi mumkin. 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling