Iqtisodiy ko’rsatkichlar - bu tajriba namunalarni tayyorlash va sinovdan o’tkazishga ketgan xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, texnik ob’ektlarni ekspluatatsiya qilishdagi xarajatlar va boshqalar. Sifat ko’rsatkichlari fizikaviy ko’rsatkichlar singari o’lchamga ega bo’lishi yoki ega bo’lmasliklari mumkin. Sifat ko’rsatkichlarining miqdoriy tavsifi deganda ma’lum birliklardagi ularning o’lchamalari tushuniladi. Masalan, mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfi mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt bo’lib, ishchi-soatlarda ifodalanadi.
Mahsulot sifati darajasini baholash Mahsulot sifati qanday degan savolga javob berish uchun bir turdagi mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini ikkinchisi bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida qaysi mahsulotning sifati yuqori ekanligi to’g’risida xulosa chiqarish mumkin. (6-rasm)
6 – rasm. Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini aniqlash usullari klassifikatsiyasi.
O’lchash usuli texnik o’lchov asboblari yordamida olingan ma’lumotlarga
asoslangan. O’lchash usuli yordamida mahsulotning og’irligi, bo’yi, eni, razmeri kabi parametrlarini aniqlash mumkin.
Hisoblash usuli nazariy yoki empirik bog’lanishlar yordamida olingan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Bu usuldan loyiha bosqichida mahsulotlarning og’irligini, unumdorligini, quvvati, chidamliligi kabi ko’rsatkichlarni aniqlashda qo’llaniladi.
Organoleptik usul – sezgi organlari: ko’rish, eshitish, sezish organlari orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik mahsulotlarining tashqi ko’rinishi, ko’zga tashlanuvchanligini baholashda qo’llaniladi.
Qayd etish usuli ma’lum voqeliklar, predmetlar yoki xarajatlarning, masalan, sinov paytida sinovdan o’tolmagan mahsulotlar sonini hisoblash yo’li bilan olingan
ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan.
An’anaviy usul – muassalar va korxonalarning maxsus eksperimental va hisoblar bo’liimlaridagi mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (ularga ixtisoslashgan laboratoriyalar, poligonlar, sinov stendlari va boshqalar kiradi).
Do'stlaringiz bilan baham: |