5-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida “Ilk qadam” dasturining ahamiyati. Reja


Download 44.43 Kb.
bet1/11
Sana01.03.2023
Hajmi44.43 Kb.
#1238391
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mavzu taxrirlandi


5-MAVZU:Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida “Ilk qadam” dasturining ahamiyati.


Reja:



  1. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida “Ilk qadam” dasturining maqsad va vazifalari.

  2. “Ilk qadam” dasturida ta’lim jarayonini tashqil qilish tamoyillari.

  3. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari.



Tayanch so’zlar va iboralar: Dastur, davlat hujjati, kun tartibi, ta’lim tizimi,
ta’lim, ta’lim jarayoni, hamkorlik.

Dastur O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan.Dastur 7ta bobdan iborat. Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (quyida: «MTT davlat o‘quv dasturi») O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy - huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.


Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida qo‘llash uchun majburiy:

  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

  • maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlari;

  • maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;

  • maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlari.

MTT davlat o‘quv dasturini qo‘llash.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim tashkilotlari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim tashkiloti Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTT ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
MTTning maqsad va vazifalari
MTMning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;

  • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;

  • bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.

Download 44.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling