5-mavzu. Maqsad qoʻyish va qarorlar qabul qilish. Maqsad


Download 52.62 Kb.
bet1/12
Sana17.06.2023
Hajmi52.62 Kb.
#1537169
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ma`ruza matni


5-mavzu. Maqsad qoʻyish va qarorlar qabul qilish.


Maqsad - bu muddao, murod, yaʼni u yoki bu niyatga erishmoq uchun koʻzda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, oʻz orzularini ushalishiga yoʻnaltiradi. Biz dastlab oʻzimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, soʻngra esa shu maqsadimiz:

  • boʻlajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;

  • faoliyatimizning ustuvor yoʻnalishini belgilaydi;

  • faoliyatimizni aniq sohaga, ishga yoʻnaltiradi;

  • u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;

  • pirovard natijamizning baholash meʼyorlarni belgilaydi va h.k.

Maqsadning ilmiy asoslanganligi va toʻgʻri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muhimdir. Chunki aynan shu maqsadga binoan:

  • boshqarish funksiyalari;

  • boshqarish usullari;

  • boshqarishning tuzulmaviy tarkibi;

  • lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi.

Boshqaruv maqsadiga qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1. Maqsad bir maʼnoli va aniq boʻlishi kerak.
Agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yoʻlni tanlashga ham hojat qolmaydi.
2. Maqsad real va bajarilishi mumkin boʻlishi kerak.
Qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa hech qanday shamol ham hamrox boʻla olmaydi.
3. Maqsad miqdoran oʻlchovga ega boʻlishi kerak.
Miqdoran oʻlchovga, meʼyorga ega boʻlmagan maqsad - bu sarob.
4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli boʻlmogʻi darkor.
5. Maqsad boʻlimlar va masʼullar boʻyicha detallashtirilgan boʻlishi kerak.
Maqsad, uni boshqarish prinsiplari, pirovard natijasi bajaruvchilarga tushunarli boʻlishi va ularga yozma ravishda sodda tilda etkazilishi kerak.
6. Maqsad koʻp qirrali boʻlishi kerak
Maqsad har bir faoliyat turi, har bir masʼul shaxs boʻyicha maydachuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan boʻlishi lozim. Bu - umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga boʻlinishini, "Maqsadlar shajarasi" ni tuzishni talab qiladi.

Download 52.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling