5-mavzu. Matematikaning boshlang‘ich kursida ma’lumotlar (jadval, sxema, diagrammalar) bilan


Chiziqli diagrammalar yordamida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘qish


Download 63.69 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi63.69 Kb.
#1494433
1   2   3   4   5
Bog'liq
grafik

Chiziqli diagrammalar yordamida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘qish.


Berilgan ma‟lumotlarni diagrammalar yordamida o„qishni o„rgatishda chiziqli diagrammalar bilan ishlashdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Ma‟lumotlar noaniq shakldagi chiziqli diagramma ko„rinishida taklif etiladi.
Masalan:
Rasmda turli rangdagi chiziqlar Toshkentdagi ba‟zi binolarning balandligini ko„rsatadi.

Qizil chiziq – "Minor" jome masjidining balandligini. Jigarrang chiziq – Toshkent teleminorasining balandligi.
Yashil chiziq – Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrining balandligi. Sariq chiziq – Toshkent kurantining balandligi.
Qaysi bino eng baland va qaysi bino eng past hisoblanadi? Yana bir misol:

Moviy chiziq – Jirafaning bo„yi uzunligini ko„rsatadi
Yashil chiziq – Tog„ echkisining bo„yi uzunligini ko„rsatadi va qizil chiziq otning bo„yi uzunligini ko„rsatadi. Bu hayvonlarning bo„ylari uzunligini solishtiring.
Yana bir misol:

Ilonning massasi jigarrang chiziq bilan, mushukning massasi pushti rang bilan ko„rsatilgan. Mushukning massasi ilondan necha marta kamligini ifodalang.




Sinfda 12 nafar o„g„il va bir nechta qiz bor. Bir katak bir nafar o„quvchini bildiradi. Rasmdan ayting: o„g„il bolalar va qizlar soni qaysi rangda berilgan? Sinfda necha nafar qizlar bor? Kim ko„proq: qizlarmi yoki o„g„il bolalarmi? Necha nafarga ko„p?


Keyin biz chiziqlar yordamida ma‟lumotlarni yozishga o„tamiz (chiziqli diagrammallar)
Qizil chiziq bilan kublar sonini ko„rsating. Ko„k rangdagi chiziq bilan doiralar sonini ko„rsating. Silindrlar sonini yashil rangli chiziq bilan ko„rsating. (Bitta katak
– bitta figura.)

Doiraviy diagramma rangli qalamlar sonidan kelib chiqib tuzilgan.


Qaysi qalam eng ko„p? Qaysi qalam eng kam? Qizil qalam qaysi qalamdan ko„p, qaysi qalamdan kam? Yana qanday savollar tuzish mumkin? Aytib bering.

    1. Download 63.69 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling