5-mavzu. Microsoft access dasturida formalar yaratish va jadvallarni o‘zaro bog‘lash. Reja


Download 25.55 Kb.
bet1/2
Sana02.12.2023
Hajmi25.55 Kb.
#1779971
  1   2
Bog'liq
5-Mavzu (MB va AT)


5-MAVZU. MICROSOFT ACCESS DASTURIDA FORMALAR YARATISH VA JADVALLARNI O‘ZARO BOG‘LASH.
REJA:

  1. Microsoft Access dasturida formalar va ularning vazifalari.

  2. Formalarning ma’lumotlarni kiritish va ularni tahrirlashdagi imkoniyatlari.

  3. MS Accessda jadvallarni bog‘lash imkoniyatlari va uning afzaliklarini ko‘rsatish.

Obyekt dcganda, odatda, qo'lanilishi nuqtai nazaridan o’zi bilan bir butunlikni ifoda etuvchi mavjudlik lushiniladi. MBBTlarda obyektlar iborasiga alohida ma’no yuklatilgan bo'lib. tuzilishi o'ziga xos murakkablik kasb etuvchi MBda obyektlar axborot oqimini boshqarish, ma’lumotlami kiritish, saqlash, saralash, himovalash, tahlil qilish va uzatish bilan boq'liq qiyin amallarning bajarilishida ma’lum bir tartib o'rnatishga va shu asnoda foydalanuvchilar uchun yetarlicha yengillik varatishga xizmat qiladilar.


Siz bilan biz o'rganishga kirishgan Microsoft Access dasturida asosiy obyektlarning yetti xili mavjud. Ular bilan bir qator tanishib chiqamiz.
Jadvallar har qanday MBning asosiy obyektlari hisoblanadi. MBda saqlanishi kerak bo'lgan barcha ma’lumotlar jadvallarga jo bo'lacli, shuningdek, jadvallar maydonlardan, maydonlarning turlari va xossalaridan iborat tuzilmani - MB tuzilmasini ham o'zlarida ifoda yetadilar. So’rovlar kerakli ma’lumotlami MB jadvallaridan foydalanuvchiga qulay tarzda tanlab bcruvchi vositadir.
So'rovlar yordamida MB jadvallari ustida ko'pgina amallar bajariladi, ya’ni sorovlar orqali ma’lumotlarni saralash, "elak'dan o'tkazish, ya'ni filtrlash. ma’lumotlami berilgan tartibda o’zgartirish. ma'lumotlar ustida hisob-kitoblar, jadvallami boshqa manbalardan avtomatik tarzda chaqirib olingan (import) ma’lumotlar bilan to‘ldirish kabilar amalga oshiriladi. Aytilgan amallarning aksariyatini bevosita MB jadvallarining o'zida ham bajarish mumkin. Lekin bunda koproq mehnat, ko'proq vaqt sarf bo'ladi. So’rovlar esa ishlash tezligi va MB xavfsizligi nuqtai nazaridan ham qulaydir. MB loyihasi bilan shuq‘ullanmaydigan MBga faqat ma’lumot olish uchungina murojat etadigan foydalanuvchilaming baza jadvallarga kirishini chegaralash rnaqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki, bu bilan bazi jadvallaming butunligi himoyalanadi, ya’ni muhim ma’lumotlarga chtiyotsiz, no'noq hatti-harakatlar oqibatida ziyon yetishi yoki mulloqo o'chirib yuborilishining oldi olinadi. Turli bolimlardan iborat tashkilot MBBTdan foydalangudek bo'lsa, u holda MBga kirish uchun qo'yiladigan cheklovlar bo'limlar xodimlarining shaxsiy majburiyatlari va xizmat vazifalariga muvofiq ravishda turlicha ko'rinishga ega bo'lishi tabiiy.
So'rovlarning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular ma’lumotlarni MB jadvallaridan turli xil usullarda ajratib oladilar va shu asosda vaqtincha qo'llaniluvchi natijaviy jadval yaratadilar. Buning ma’nosini quyidagicha izohlash mumkin: MBning asosiy jadvallari bilan ishlayotganingizda Siz qattiq diskdagi ma’lumotlarni o'qiysiz; so'rov asosida natijaviy jadval olganingizda esa qattiq diskda izi ham bo'lmaga 11 elektron jadval bilan ish ko'rasiz, ya'ni ajratib olingan maydonlar va qaydlarning aksi bilan ishlagan bo'lasiz. Tabiiyki, bunday "aks" bilan ishlash jarayoni qattiq diskdagiga nisbatan anchagina tez va samarali kechadi. Bu afzallik so'rovlardan unumli foydalanishga turtki bo’luvchi omillardandir. Ma'lumki, tartibga solingan jadvalli tuzilmalarda jadvallami yangilash, ularga qo'shimcha qaydlar(satrlar) kiritish tufayli o'matilgan tartib o'zgaradi, ayni paytda, bu tartibni saqlab qolish vositasi ishlab chiqilmagan, tiklash esa bir muncha vaqt talab etadi. Mazkur muammo MBBTlarda yuzaga kelmaydi. chunki ular "so'rovlar’dek kuchli vositaga egadirlar. MB jadvallaridagi barcha qaydlar kelib tushushiga ko'ra mutlaqo tabiiy tartibda jadvallarga kiritilgan bo'lacli. MB jadvallaridan hyech qanday tartiblanganlik talab etilmaydi. Ulardagi qaydlarni saralangan yoki elakdan o'tkazilgan (filtrlangan) ko'rinishga keltirish uchun tegishli so'rovdan foydalanish yetarli. Demak, so'rovlar bazadagi ma'lumotlarni tahlil etish uchun ham qo‘l keladi.
Shakllar MBga yangi ma’lumotlarni kiritish hamda mavjudlarini ko'rib chiqishga mo'ljallangan vositadir. Oddiy foydalanuvchi shakllar vositasida ruxsat etilgan maydonlargagina ma’lumot kirita oladi. Lohihalovchi esa MBga ma’lumol kiritishni lezlatish. aviomatlashtirish maqsadida shaklga maxsus boshqaruv element larini (schotchiklami, doirachcilar, kvadratchalar, yoyiluvchi ro'yxatlar va boshqalami) joylashtiradi. Shakllaming afzalliklari ma’lumotlami to'ldirilgan blanklar orqali kiritish amalga oshirilganda yanada yaqqol namoyon bo’ladi. Bu holda tayyor blankdagi bareha narsalar (bezaklar va boshqalar) grafik vositalar ko'magi bilan shaklda mutlaqo aynan aks ettiriladi. Demak, shakllar yordamida nafaqat ma’lumotlar kiritilar ekan, balki ularda MBdagi mavjud qaydlar ko'rgazmali tarzda aks ettirilar ham ekan. Albatta, ma’lumotlami bevosita MBning asosiy jadvallaridan yoki so‘rovlar tomonidan hosil qilinuvchi natijaviy jadvallardan ham ko'rib olish mumkin, faqatgina hyech bir bezaklarsiz. Shakl haqida gap ketganda, uning bezash vositalariga ega ekanligiga alohida e’tibor qaratamiz. Shakllarning bezagi MBga ma’lumot kirltuvchi va MBdan axborot oluvchi foyd ala n u vch il ard a xotirjamlik, jiddiylik ruhini uyq’otish kabi omillarga ega bo'lishi kerak.
Hisobotlar - o‘zlarining xossalari va tuzilishiga ko‘ra ko'proq shakllarga o'xshab ketadi. "Hisobotlar" bazadagi ma’lumotlarni qoq'ozga chiqarish uchun xizmat qiladi. Shu boisdan, ular boshqa obyektlardan, chop etiluvchi ma’lumotlami turkumlash imkoniyatlari borligi bilan, shuningdek, bosma hujjatlarga xos bo’lgan yuqori va quyi kolontitullar, sahifa raqamlari, hisobot tuzilgan sana hamda vaqt kabi maxsus rasmiylashtirish elementlarini ham asosiy ma’lumotlar qalori qoq'ozga chiqarish uchun moljallangan alohida jihatlari mavjudligi bilan ajralib turadi.
Sahifalar - aslida "ma’lumotlarga kirish sahifalari" deb ataluvchi bu obyekt Internetda WWW xizmatining j'uda ham tez ommaviylashuvi natijasida hosil bo'lgan desak yanglishmaymiz. Bu obyekt Web-sahifada joylashadi va u bilan birga foydalanuvchiga uzatiladi. Demak. HTMLda bajariluvchi mazkur vosita MB obyekti bo’lishiga qaramay MBdan olisda joylashishi mumkin. Mazkur obyektni o‘z ichiga olgan Websahifani uning qobiq'i deb qaraymiz. "Sahifalar" obyektida vi joylashgan Web-sahifani o'zining, aytaylik. serverda qolgan MBsi bilan boq'lab turuvchi imkoniyat mavjuddir. Bu imkoniyatdan foydalangan holda "sahil'alar" obyekti qobiq'ini oz. ichiga olgan Web-tugun tashrifchisi MBdagi qaydlarni "ma’lumotlarga kirish sahifasi" maydonlari orqali ko'zdan kechirishi mumkin. Shu asnoda, "ma'lumotlarga kirish sahifasi" olisdagi foydalanuvchi bilan serverda joylashgan MB o'rtasidagi aloqani amalga oshiradi.
Makroslar MBBT bilan ishlash jarayonida ko‘p marotaba takrorlanuvchi amallaming bajarilishini avtomatlashtirish uchun qo'llaniladi. Modullar VBA (Visual Basic for Applications) tilida yaratiladi.
Modullar yordamida MBning funksional imkoniyatlari kengaytirilishi, MB buyurtmachisining maxsus talabUiri qondirilishi, MBBTning ishlash tezligi hamda himoyalanganlik darajasi yaxshilanishi mumkin. Microsoft Access MBBTni Microsoft Officening boshqa ilovalaridan farqli ravishda "tugallanmagan" dastur deyish mumkin. Chunki, har bir buyurtmachi o‘z ehtiyoj va talablaridan kelib chiqqan holda MBBTni o'ziga moslashtirib olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, modullar vositasida Microsoft Accessning mavjud imkoniyatlari yanada kengaytirilishi mumkin. Endi Microsoft Accessda MBning asosiy obyektlarini ishlab chiqish vositalari bilan tanishamiz. (Bu yerda obyekt MBga yoki MBBTga tegishliligi ahamiyatsiz, to‘q‘riroq‘i. MB obyekti va MBBT obyekti iboralari teng kuchlidir, xuddi ma'lumotlar turlari iborasi maydon turlari iborasiga tenglashtirilgani kabi.) Bu tizimda ishlashning ko'plab o‘ziga xosliklari mavjud bo'lib, ularning aksariyati MB obyekdari ishlanmasiga taalluqlidir.
Microsoft Accessda har bir obyektni yaratish uchun maxsus vositalardan - Konstruktor rejimidan, "Obyekt ustalari"dan, soddaroq hollai'da esa yanada tez natija beruvchi avtoshakl, avtohisobot kabi vositalardan foydalaniladi. O'rganish maqsadida baza jadvalini tuzish, so'rov, shakl yoki hisobot yaratish, ma'lumotlarga kirish sahifasini hosil qilish uchun bu vositalarning har birini qo'llab ko'rishni tavsiya etamiz. ”Ustalar"dan foydalanish jadval hamda so'rovlar tuzishni tezlashtirsada, MBBTning tushuneha va usullarini o'zlash tirish uchun ulardan ko ra ko'proq Konslruktor rejimi qo'l keladi. Shakl, hisobot va "ma’lumotlarga kirlsh sahifalari"ni hosil qilishda esa, aksincha, Konstruktor rejimiga nisbatan "Ustalar" samaraliroqdir. Chunki, bu obyektlarni mazmun bilan to’ldirishdan ko’ra ularga ko‘rk berish ko‘proq mehnat talab etadi. Shuning uchun, bezak ishlari avtomatlashtirilgan "usta" zimmasiga yuklatilgani ma’qul. Microsoft Accessning ixtiyoriy obyekti bilan ishlash uning "База данных" nomli muloqot oynasi orqali boshlanadi. Mazkur muloqot oynasining chap panelida Microsoft Access obyektlariga kirishni faollashtiruvchi boshqaruv elementlari mujassamlashgan.
Ma’lumotlarni kiritish uchun kerakli maydonga ega bo‘lgan elektron blank форма deb ataladi. Forma tashkil qilish MO oynasining Форма bo‘limida Создать tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda muloqot oynasi paydo bo‘ladi.

Ekranda hosil bo‘lgan muloqot oynasida yangi forma tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi: Конструктор -mustaqil ravishda yangi forma tuzish. Мастер форм -tanlangan maydonlar asosida avtomatik ravishda formalar tuzish.

Download 25.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling