5-mavzu. Mintaqalar aholisi va mehnat resurslari
Download 3.86 Mb.
|
5- Mavzu. Mintaqa aholisi. Demografiya
Aholining ko‘payishi uni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi, ish o‘rinlari bilan ta’minlashda qiyinchiliklar, shuningdek ekologik oqibatlar va kasallik ko‘payishini keltirib chiqaradi. O‘zbekistonning aholi nihoyatda zich bo‘lgan mintaqalarida ishlab chiqaruvchi kuchlar eng yuqori darajada rivojlangan va yashashni ta’minlash shart-sharoitlari qulay bo‘lgan hududiy bo‘linmalar bor. Shu sababli ularda aholining ko‘payishi ishsizlik darajasiga kuchsiz ta’sir etdi.Aholi nihoyatda zich bo‘lgan mintaqalar hissasiga respublika mehnat resurslarining 81 %i to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, ishsizlar ular umumiy sonining atigi 55 %idan iborat. Umuman, O‘zbekiston bo‘yicha rasmiy ishsizlik darajasi 0,5 %ni tashkil etayotgan bo‘lsa, aholi nihoyatda zich bo‘lgan mintaqalarda 0,8 %dan iborat. Aholi zichligi past darajada bo‘lgan mintaqalarda kamroq rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, tor yo‘naltirilgan tarmoq ixtisoslashuvi va ekotizimga putur yetishining oqibatlari sezilarliroq.Ko‘payib borish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan qishloq aholisi sonining doimiy oshib borishi va respublika aholisi umumiy miqdorida uning ulushi yuqoriligi O‘zbekiston demografik rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatidir. Ayni qishloq aholisi respublika aholisining uchdan ikki qismini tashkil etib, birinchi navbatda tabiiy ko‘payish, tug‘ilish va chaqaloqlar o‘limi hajmlarini belgilaydi. Avvalo, qishloq joylarga xos bo‘lgan tug‘ilish darajasi yuqoriligi respublika hukumatidan alohida e’tiborni talab etadi.Mehnat bozoriga tegishli muhim masalalardan biri bandlik hajmini aniqlashdir. Bozor klassik nazariyasiga muvofiq, bandlik hajmi yalpi talab va yalpi takliflarning kesib o‘tish nuqtasi orqali aniqlanadi. Ayni shu nuqtada kutilgan tadbirkorlik foydasi maksimal darajada bo‘ladi. Bandlik hajmining o‘sishi aholining iste’mol qilishga moyilligiga hamda ish joylarining ko‘payishi uchun kerak bo‘lgan investitsiyalar hajmiga bog‘liq. Yalpi daromad o‘sishi bilan iste’mol qilish ham o‘sadi, shuningdek jamiyatning yalpi investitsiyalar bilan bog‘liq xarajatlari ham oshadi.Download 3.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling