5-Mavzu: Moliyaviy tizim funktsiyalari va ularning evolyutsiyasi


Download 53.89 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi53.89 Kb.
#1543645
Bog'liq
5.Амалий машғулот.


5-Mavzu: Moliyaviy tizim funktsiyalari va ularning evolyutsiyasi.
Reja.
1.Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari.
2.Etakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi.
Turli mamlakatlar moliyaviy institutlari bir-biridan farqlanishining bir qator sabablari mavjud. Ular qatoriga har xil o‘lchamlar, texnologiyalarning murakkablik yoki oddiylik darajasi, shuningdek, davlatlarning siyosiy, madaniy va tarixiy rivojlanishidagi farqlar kiradi.
Bundan tashqari, moliyaviy institutlar vaqtning o‘tishi bilan bir holatdan boshqa holatga o‘tib turadi. Ularning bajaradigan funktsiyalari, muassasaning nomi o‘zgarmasdan oldingiday qolishiga qaramasdan, juda kuchli o‘zgarishi mumkin. AQSHdagi zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1928 yoki 1958 yillarda bo‘lgan banklardan katta farq qiladi va shuningdek, Germaniya yoki Buyuk Britaniyada banklar deb nomlanadigan institutlardan ham juda ko‘p farqlanadi. SHo‘rolar davrida O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bilan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham juda katta farqlar mavjud. Mazkur bo‘limda biz turli mamlakatlarning moliyaviy institut- lari nimaga va qanday bir-biridan farq qilishini hamda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini Sizlarning yaxshiroq tushunishingizga imkon beradigan ko‘p narsani o‘z ichiga olgan konseptual tuzilmani ishlab chiqishga harakat qilamiz.
Foydalanilayotgan yondoshuvning asosi shuki, mo‘ljal sifatida moliyaviy institutlarning o‘z-o‘zlari emas, balki ularning funktsiyalari olingan. Tahlilning bunday uslubini biz funtsional yondoshuv deb atadik. U quyidagi dastlabki ikki shartga asoslangan:
• moliyaviy tizim funktsiyalari uning institutlariga qaraganda ko‘proq barqarorlik xarakteriga ega. Bu funktsiyalar vaqtning o‘tishiga bog‘liq ravishda kamroq darajada o‘zgaradi va mamlakatdan mamlakatga uncha katta farqlanmaydi.
•moliyaviy institutlar shakli mantiqan ularning funktsiyalaridan kelib chiqadi. Moliya sohasidagi innovatsiya va institutlar o‘rtasidagi raqobat oxiroqibat moliyaviy tizim faoliyati samaradorligining oshishiga olib keladi.
“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng mahnodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir.Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va printsipial jihatdan butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan obhektiv ravishda yangicha yondashuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo‘linadi:
• davlat moliyasi va mahalliy moliya;
• xo‘jalik yurituvchi subhektlar moliyasi.
O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi.
Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin:
• davlat byudjeti;
• byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari;
• davlat krediti.
SHuningdek, xo‘jalik yurituvchi subhektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:
• tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
• moliyaviy vositachilar moliyasi;
• notijorat tashkilotlari moliyasi.
Yuqoridagilarni keltirilganlarni chizmali ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:



Moliyaviy tizim





Davlat va mahalliy moliya

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi





Davlat byudjeti

Tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi





Byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg’armalari

Moliyaviy vositachilar moliyasi





Davlat krediti

Notijorat tashkilotlar moliyasi




1-chizma. Moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlari
Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YaIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subhektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir.
Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida davlat byudjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
• respublika byudjeti;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat byudjeti o‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak:
• daromadlar asosini mustahkamlash;
•byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va shaffof bo‘lishini taominlash;
•modernizatsiya qilish va zarur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish negizida davlat xarajatlari tarkibida iqtisodiyotni innovatsion usulda rivojlanish xarajatlariga ustuvorlik berish;
•soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘lish tartibini qayta ko‘rib chiqish negizida mahalliy byudjetlar daromad bazasini kengaytirish;
•byudjet defitsiti darajasini kamaytirish;
•byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;
•G‘aznachilik tizimi ishini takomillashtirish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va boshqalar.
Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari oldindan belgilangan mahlum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qathiy nazar mablag‘lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi.
Birinchi navbatda, bu ijtimoiy tahminot, sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham ularni moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltirilganligi belgisi bo‘yicha byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin:
•ijtimoiy mo‘ljallangan davlat maxsus fondlari;
•tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat maxsus fondlari.
Ayrim hollarda hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat maqsadli fondlari tashkil qilinishi mumkin.
Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
• Respublika yo‘l fondi;
•O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i;
•Ish bilan taominlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi;
•O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi.
Download 53.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling