. MS Access da ma’lumotlar bazasini yaratish.
Biror ma’lumotlar bazasini loyixalash va yaratish uchun Microsoft Access dasturini ishga tushirish kerak. Buning uchun Windows oynasining masalalar panelidagi «Пуск» tugmachasi ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib chap tugmachasi bosiladi va «Все программы» bo’limiga o’tib, Microsoft Office→Microsoft Access bandi tanlanadi.
3-rasmda yuqorida aytib o’tilgan ketma-ketlik tasvirlangan.
3-rasm
Dastur ishga tushgandan keyin ekranda dasturning quyidagi umumiy ko’rinishi paydo bo’ladi.
Microsoft Access ning dastlabki oynasida 7 ta asosiy ob’ektlarning ilovalaridan tashqari, yana 3 ta buyruq tugmachalari mavjud.
Bular:
«Открыть» (Ochish);
«Конструктор» (Tuzuvchi);
«Создать» (Yaratish) tugmachalaridir ( 4-rasm).
4-rasm
«Открыть» (Ochish) tugmachasi joriy ob’ektni ochadi. Agar bu ob’ekt jadval bo’lsa, uni ko’rib yangi ma’lumotlar kiritish yoki avvalgisini o’zgartirish imkoniyati hosil bo’ladi.
«Конструктор» (Tuzuvchi) ham tanlangan ob’ektni ochadi, lekin u ob’ektning strukturasinigina ochib, uning mazmunini emas, balki to’zilishini to’g’rilash imkonini beradi. Agar ob’ekt jadval bo’lsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini o’zgartirish mumkin. Bordi-yu, ko’rinish bo’lsa, u holda boshqarish elementlarini tashkil etadi. Ammo bu hol foydalanuvchilar emas, balki MB ni tashkil etuvchilarga ko’proq foydali.
«Создать» (Yaratish) tugmachasi yangi ob’ektlarni: jadval, so’rov, shakl va hisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi. 5-rasm.
5-rasm
Xullas, ana shu sanab o’tilgan tartiblar asosida ob’ektlar ustida quyidagi turda ish bajariladi:
mexanik usul bilan;
avtomatlashtirilgan holatda;
jadval ustasi (Мастер таблиц) bilan.
Endi har bir ob’ekt ustida qisqacha tushuncha berishga harakat qilamiz.
Ma’lumotlar bazasining ob’ektlarini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |