5-mavzu. Namuna olish usullari. Keskin farq qiluvchi qiymatlarni tahlil qilish usuli. Ikki variantda olingan qiymatlarni tahlili. Tajribaning kerakli miqdordagi sinov miqdorini aniqlash


Download 25.49 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi25.49 Kb.
#1797710
1   2   3
Bog'liq
5-маъруза

a). Uzluksiz. b).Uzlukli;





Rasm-3.1, a). Uzluksiz va b). Uzlukli tandalash usuli


Uzluksiz tandalashning afzalligi: 1.Iplari qolgan bobinalar bo’lmaydi;
2. Uskuna unumdorligi yuqori bo’ladi.
Kamchiligi: 1.Bobinalar diametri, ipning tarangligi har xilligi cababli Iplarni o’rash sifati past bo’ladi. Bobinalar diamеtri har xil bo’ladi; 2.Uzilish ko’p bo’ladi bir bobinadan ikkinchisiga o’tiladi.
Uzlukli tandalashning afzalligi: 1.O’ramdagi iplarning sifati yuqori, tarangligi bir xilda, 2. Romning o’lchami kichik, 3. Uzilish bir muncha kam, bobinalar diamеtri bir xil bo’ladi.
Kamchiligi: 1. .Mashina unumdorligi past bo’ladi;
2. Bobinalarda qolgan iplarni qayta o’rash kеrak bo’ladi.

Tekstima piltalab tandalash mashinalari keng tarqalgan va bu mashinalar asosan paxta va jun iplarini krestsimon o'ramli konus bobinalaridan tandalash uchun mo'ljallangan.



1.18-rasm. ”'SIMPLETRONIC' piltalab tandalash mashinasi
CHet elda SHveytsariyaning «Beninger» firmasi ishlab chiqarayotgan piltalab tandalash mashinalari keng tarqalgan. Bu firmaning mashinalari almashuvchi baraban bilan jihozlangan bo'lib. asosan kimyoviy iplarni tandalash uchun mo'ljallangan. Bu mashinalarda konus burchagi o'zgartiriladi. Unda ko'p hollarda faqat tandalash jarayoni amalga oshiriladi, iplarni to'quv g'altagiga o'rash esa oxorlash jarayonida bajariladi. Buning uchun tandalash barabani mashinadan ajratiladi va oxorlash mashinasiga keltiriladi.
Unumdorlikni oshirish maqsadida tandalash barabaniga bir nechta to'quv g'altagiga etadigan uzunlikdagi ip o'raladi. Oxorlash mashinasidagi maxsus moslama piltalar bo'shab chiqish jarayonida barabanni siljitib boradi. Bu moslamani tandalash tezligi kam va barabandagi ipning uzunligi katta bo'lganda qo'llash maqsadga muvofiq. Almashtiriluvchi tanda barabanini qo'llash tandalash jarayonini takomillashtirishni talab etadi, chunki bu holda barabandagi uzilgan ipni uchini topishning iloji bo'lmaydi.
«Xakoba» (”Hacoba” piltalab tandalash mashinasi (Model UST E 1000) (Paxtali, polister, jun iplari uchun)), (”Hacoba” piltalab tandalash mashinasi (Model USK T 1000), (Viskoza, ingichka polister iplari (2,2-8,2 teks) uchun)) (Germaniya) firmasining elektron boshqarish tizimi bilan jihozlangan USK piltalab tandalash mashinasi ham ko'p chet el korxonalarida samarali ishlamoqda. Mashinaning konus burchagi bir xil bo'lganligi uchun faqat supportning siljishi o'zgartiriladi. Bu mashinaning romi nax va support tig'lari qo'zg'almas bo'lib, pilta o'ralayotgan paytda baraban siljiydi. Piltalar to'quv g'altagiga o'ralayotganda baraban teskari tomonga siljiydi.

Download 25.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling