5-Mavzu. Neft konlarini ishlatishni loyihalashtirishning gidrodinamik asoslari


 Neft konlarida qatlam bosimini saqlashda suv ta'minoti


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana02.11.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1739795
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-mavzu

6. Neft konlarida qatlam bosimini saqlashda suv ta'minoti
Qatlamga haydashga mo'ljallangan suvga muayyan talablar qo'yiladi. Ulardan asosiylari 
quyidagilar:
1. Suv imkoni boricha toza bo'lishi, tarkibida ko'p miqdorda mexanik zarrachalar va temir birikmalari 
bo'lmasligi kerak. Biroq suv tarkibidagi zarrachalar va temir miqdori bo'yicha barcha konlarga to'g'ri 
keladigan yagona standart yo'q. Lekin oxirgi vaqtlarda shu isbotlangan-ki; mexanik zarrachalarning 
miqdori 20 - 30 mg/dm
3
bo'lishi mumkin.
2
. Suv tarkibida jixozlarni yemiruvchi oltingugurt va karbonat kislotasi 
bo'lmasligi kerak.
3. Haydalayotgan suv qatlam suvlari bilan cho'kindi hosil qiluvchi va qatlam 
g'ovaklarni to'ldiruvchi reaksiyaga kirishmasligi kerak.
4. Suv tarkibida organik zarrachalar bo'lmasligi lozim (bakteriyalar va suv o'tlari).


❑ Ba'zi
holatlarda qatlamlarga haydashga mo'ljallangan suvlar suv tozalash qurilmasida
o'tkaziladigan boshlang'ich maxsus tayyorlashni talab qiladi.
❑ Suv tayyorlash qurilmasiga kirayotgan suv uning sifatiga bog'liq holda tozalashning u yoki bu
jarayonidan o'tkaziladi:
1) kaogulyasiya - muallaq holatdagi mayda zarrachalarni kattalashtirish, suvda cho'kuvchi
parchalarga aylantirish;
2) filtrlash - suvni kaogulyasiyadan keyin mayda zarrachalardan oddatda qumli filtrlarda tozalash;
3) temirsizlantirish - suvdan qatlamda cho'kindi hosil qiluvchi temir oksidi va zanglarni yo'qotish;
4) yumshatish - ohak bilan ishqorlash (bundan keyin kaogulyasiya jadallashadi);
5) xlorlash - suvdagi mikroorganizm va bakteriyalarni yo'qotish;
6) barqarorlashtirish - suvni temir bilan boyishini oldini oluvchi, kimyoviy tarkibi bo'yicha
barqarorlashtish. Chunki suv po'lat quvurlardan haydaladi. Bunga suv tarkibiga kichik miqdorda
natriy geksometofosfat qo'shish bilan ya'ni bu moddaning 2 - 3 mg ni 1dm
3
ga qo'shish bilan
metalni korroziyadan to'la himoyalovchi, quvur yuzasida temir fosfat qobig'ini hosil qilish bilan
erishiladi.


➢ Qatlamga suv haydash uchun suv ta'minoti tarxi har bir hududning mahalliy
sharoitidan kelib chiqib turlicha bo'lishi mumkin.
➢ Biroq suv ta'minotining manbai sifatidagi er usti havzalaridan foydalaniladigan
har qanday tarx quyidagi asosiy qismlardan iborat bo'ladi:
1. Suv olgich qurilma-uning vazifasi suv manbaidan suvni yig'ish va uni nasoslar
orqali suv uzatish tarmog'iga yoki suv tozalash qurilmasiga etkazish.
2. Suvni tozalash qurilmasi (agarda suvni tozalash talab etilsa).
3. Magistral yoki tarqatuvchi suv o'kazish tarmog'i.
4. Suv uzatish tarmog'iga va uni quduqlarga haydash uchun bo'lmali nasoslar
stansiyasi.
5. Haydovchi quduqlar.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling