10. Kunlik taomlarning asosiy qismini foydali mahsulotlar tashkil etishi. Odatda issiq ovqatlar,
konservalar, pishloq, kolbasa, non va un mahsulotlari, shirinliklar va boshqalar yuqori haroratda
tayyorlanganligi bois tarkibida vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar, mikronutriyentlar nihoyatda kam
bo„ladi yoki butunlay bo„lmaydi, shuning uchun ular “o„lik” ovqat deyiladi. Lekin yuqorida ko„rib
o„tganimizdek, bunday oziq moddalarsiz nafaqat turli xastaliklar orttiriladi, balki xayot ham yo„q. Shuning
uchun har kuni qishin-yozin “tirik” mikronutriyentlarga boy, ya‟ni qaynatilmagan, quritilmagan, konservatsiya
qilinmagan, yangi uzilgan, so„limagan ko„katlar (ko„k piyoz, shivit, kashnich, kenza, salat va boshqalar), meva-
chevalar (olma, nok, shaftoli, zardoli, anor, girdoli, uzum va boshqalar), poliz va sabzavot mahsulotlaridan
topilganini yeb turish lozim. O„lkamizda yil 12 oy davomida aytib o„tilgan “tirik” taomlar yetkazib berish
imkoniyati bor, shundan unumli foydalanish vujud uchun koni foyda.
11. Yerli aholi uchun o’sha hududning o‘zida yetishtirilgan mahsulotlar foydali. Boshqa o„lka va
mintaqalardan keltirilganlaridan oziq-ovqat sifatida ancha foydali bo„lishidan tashqari, ularni iste‟mol qilish
organizmni aynan shu ekologik sharoitga (harorat, namlik, bosim, radiatsiya va boshqalar) moslashtiradi, undagi
fiziologik va biokimyoviy jarayonlarni doim mo„tadillashtirib turadi, oqibatda vujud sog„lom bo„ladi. Boz
ustiga, rang-ro„yi va ko„lami bilan o„zga yurtlardan keltirilgan meva-chevalardan biroz farq qilgan o„z
hududimizda yetishtiriladigan olmayu - anor, zardoliyu - girdoli, shaftoliyu -xurmolar, uzum, qovun-tarvuzlar
mazasi, shirinligining tengi yo„q.
Do'stlaringiz bilan baham: |