5-мавзу: овқатланиш ва саломатлик
Ratsional ovqatlanishning valeologik bahosi
Download 207.87 Kb. Pdf ko'rish
|
5-maruza-1
Ratsional ovqatlanishning valeologik bahosi
Odamning ovqat xazm qilish tizimi tuzilishi evolyutsiya jarayonida oziq maxsulotlarining tarkibi va tuzilishiga qarab moslashib borgan. Xar bir oziq maxsuloti uchun aloxida gurux ishlaydi. Xazm tizimining xar bir qismida o„ziga xos muxit va xazm jarayoni bajariladi. Og„izda kuchsiz ishqoriy muxit, oshqozonda kislotali, ingichka ichakda ishqoriy va yo„g„on ichakda kuchsiz kislotali muxitdir. Bundan kurinib turibdiki, xar bir qismda bosqichma-bosqich oziq maxsulotiga ishlov beriladi. Ovqat xazm bo„lishida ichakda (240 xil) simbiotik mikroorganizmlar ishtirok etadi. Bakterial muxit ovqat xazm qilish tizimidagi kerakli nisbiylikning regulyatori xisoblanadi. Ularning vazifasi ovqatdan ortiqcha va zararli komponentlarni parchalashdir.
Ovqatlanishning talab sifati. Ovqatlanish - bu avvalo talab, keyin esa roxatlanishdir. Ovqat tarkibi bilan organizmga 3 ta xayotiy zarur bo„lgan oqimlar yetkazib kelinadi: 1. Yangi xujayralarni xosil bo„lishi uchun zarur moddalarni organizmga kirishi.
3 2. Xayotiy muxim jarayonlarni amalga oshishi uchun ovqat garkibidagi kimyoviy moddalar - energiya manbaidir. 3. Qabul qilingan ovqat xaqidagi informatsiyani (axborotni) taxlil qilinishi. qabul qilingan ovqat xazm tizimining turli bo„limlarida mexanik, kimyoviy ishlovlar ta‟sirida parchalanadi, qonga suriladi va qon bilan butun tanaga tarqaladi. Demak, oziq moddadar nafaqat trofik funksiyasini bajarishda, balki energetik manba bo„lib, jismoniy mexnat uchun ishlatiladi. To„yinish xissi ovqatni qabul qilgandan 20 daqiqadan so„ng o„tgach paydo bo„ladi. Ovqatni to„g„ri chaynashiga axamiyat berish lozim. Tez chaynash natijasida to„yinish xaqida signal gumoral yo„li bilan emas, balki oshqozon cho„zilishi tufayli ro„y beradi. Ovqat orqali ochlik qondirilishi lozim.
Download 207.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling