5-mavzu: O’zbek xalqining etnik shakllanishi. Reja


Download 17.27 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi17.27 Kb.
#1227615

5-mavzu: O’zbek xalqining etnik shakllanishi.
Reja:
1. Mavzuning tarixshunosligi.
2. XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat.
3. Temuriylar mamlakatining inqirozi. Dashti Qipshoq ko’chmanchi o`zbek qavmlarining yakka siyosiy birlashmaga birlashuvi.
5. Abulxayirxon boshchiligidagi o`zbeklar mamlakatining paydo bo`lishi.

Tarixfanimiz yangilanishi va rivojining mustahkam tayanchi sifatidauning yagonakonsepsiyasi yaratilishi kerak edi. Bu dolzarb muammoning yechilishi zarurligi Respublikamiz ,birinchi prezidenti I.A.Karimovning 1998-yilning iyunidabir guruh tarixchi olimlar, ijodiy xodimlar vajurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatidauqtirilgan edi. Suhbatdayurtboshimiz bu masalaga e’tiborni jalb etib bunday degan edi: «Nazarimda o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishini, o‘zligini, ma’naviyati haqida gapirayotganda, bizdachuqur ilmiy asosgatayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapti. Ilmiy tilda aytgandayaxlit konsepsiya yo‘q. O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasigako‘tarilishi zarur».1 Mazkur suhbatdayurtboshimiz boy, betakror tariximizning uzoq vayaqin davrlari, bosqichlari, dolzarb muammolari haqida muhim metodologik ahamiyatgamolik g‘oyalarni ilgari surdi vata’riflab berdiki, ularning barchasi Prezidentimizning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» degan risolasidao‘z ifodasini topdi. Bu asardatarixshunosligimizning ahvoli tahlil etilgan, uning


rivojlanish istiqbollari belgilab berilgan, yoshlarni Vatan tarixini chuqur bilish bilan qurollantirishning dolzarb vazifalari, yangicha yondashuv vametodologik tamoyillar munosib o‘rin olgan. Hozirgi kunda birinchi prezidentimizning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli asari tadqiqotchilar uchun ham, tarix fanidan ta’lim berayotganlar uchun metodologik asos sifatida samarali xizmat qilmoqda. Davlat vajamiyat qurilishi akademiyasi qoshida«O‘zbekistonning yangi tarixi markazi»ning tashkil topishi, Fanlar akademiyasi tarix institutigayangi maqom berilishi, 1996-yil 16-dekabrdaPrezidentimiz imzolagan «O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish to‘g‘risida»gi farmoni vaunga asosan 3 jildlik O‘zbekistonning yangi tarixining yaratilishi ham O‘zbekiston tarixini tadqiq etish va o‘qitish ishigaijobiy ta’sir ko‘rsatdi.Tarix ta’limi haqida, O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitishning sifatini oshirish to‘g‘risidaso‘z ketgandabu sohaga ijobiy
ta’sir ko‘rsatayotgan yanabir omilni ham qayd etib o‘tish joizdir. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti huzuridaYahyo G‘ulomov nomidagi «O‘zbek xalqi vadavlat chiligi tarixini o‘rganish» Respublikailmiy seminari faoliyat ko‘rsatib turibdi. Bugungi kundabu muhim hujjat o‘zbek xalqi va uning milliy davlatchiligining haqqoniy tarixini yaratish, xalqimizda, ayniqsa, yosh avlod ongida tarixiy xotirava tafakkurni tarbiyalashgaxizmat qilmoqda. Jamiyatimiz ma’naviyatini yuksaltirishgaustuvor yo‘nalish berilayotganligining asl boisi ham shundaki, har tomonlama tarbiya ko‘rgan, ma’rifatli, ma’naviyati yuksak milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini o‘z ongidaqaror toptirgan komil insonlarni voyagayetkazib borish ko‘p jihatdan ma’naviyat sohasidagi sa’y-harakatlar tizimidayoshlarga, talabalarga tarix ta’limini berish, O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitish, bu fandan ta’lim berish sifatini davr talablari darajasigako‘tarish alohida o‘rin tutadi. Shu munosabat bilan mustaqillik yillaridabu borada qator muhim tadbirlar amalgaoshirildiki, ular o‘zining ijobiy samarasini beraboshladi. Istiqlolning dastlabki yillarida e’lon qilingan ilmiy tadqiqotlardan akademik A.Asqarovning bosh muharrirligida rus tilida nashr etilgan «Istoriya Uzbekistana. Tom III (XVI – pervogo polovina XIX veka).» Izdatelstvo «Fan» Tashkent, 1993) kitobi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda so‘nggi o‘rta asrlardagi yozma manbalar va arxiv to‘plamlaridan olingan aniq materiallarni hamda eng yangi adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida O‘zbekistonning XVI–XIX asr birinchi yarmidagi tarixi xalqlarning hayoti, turmushi, siyosiy voqealar, iqtisodiyot va madaniyat masalalari ochib berilgan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita g‘amxo‘rligi va e’tibori samarasi o‘laroq O‘zbekiston tarixini fan sifatidarivojlantirish vauni o‘qitishni zamon talablari asosidatashkil etish sohasida e’tiborgaloyiq bir qator tadbirlar amalgaoshirildi vaoshirilmoqda. 1996-yilda«O‘zbekiston tarixini o‘qitish vao‘rganishning yagonakonsepsiyasi» yaratildi vatarix ta’limi jarayonidaqo‘llanilaboshlandi. Mazkur kon sepsiya O‘zbekiston tarixini fan sifatidao‘qitishni yanadayaxshilashda muhim bosqich bo‘ldi.
Buyuk Amir Temur tomonidan Oltin O‘rdagaberilgan kuchli zarbabir vaqtlar qudratli bo‘lgan davlatning zaiflashuvi va parshalanib ketishiga sabab bo‘lgan asosiy omillardan biridir. Uning o‘rniga Volganing o‘rta va quyi oqimida Qozon va Ashtarxon hamda Turkiya hukmronligi ostidagi Qrim yarim orolida Qrim xonliklari vujudga keldi. O‘z navbatida Amir Temur vafotidan so‘ng uning avlodlari o‘rtasida o‘zaro urushlar Amir Temur asos solgan buyuk saltanatning parchalanib ketishiga sabab bo‘ldi va shimoldan kelgan ko‘chmanchi qabilalarning bu yerlarni osonlikcha egallab olishlari ushun qulay imkoniyatlar yaratdi. Ma’lumki, Sirdaryoning yuqori oqimi va Tiyanshan tog‘ tizmalarining Shimoliy yon bag‘irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlar Dashti Qipchoq nomi bilan atalgan. Bu Dashti Qipchoq atamasini XI asrda Nosir Xisrav qo‘llagan. Dashti Qipchoq XI–XV asrlarga oid arab va fors manbalarida tilga olinadi. Dashti Qipchoq aholisi sharq manbalarida – qipchoqlar, rus solnomalarida polovetslar, Vizantiya xronikalarida kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan. Dashti Qipchoq XIII asr boshlarida Chingizxon qo‘shinlari tomonidan bosib olingach, tarixda Jo‘ji ulusi nomi bilan atalgan Oltin O‘rda davlati barpo etiladi. XIV asr boshlarida Jo‘ji ulusi, ya’ni Oltin O‘rda ikkiga bo‘linib ketadi. XIV asrning 60-yillaridan Dashti Qipchoqning sharqiy qismi «O‘zbeklar mamlakati», aholisi esa «o‘zbeklar» deb atala boshlangan 1.
XV asrning 20-yillaridaDashti Qipchoqda ko‘chmanchi qabilalar o‘rtasidaolib borilgan o‘zaro janglarda Abulxayrxon (1412–1468) boshchiligidagi Shayboniylar nomi ostida urug‘ tarix maydoniga chiqadi. Abulxayrxon 1428-yildaxon etib saylanadi va qirq yil (1428–1468) hukmronlik qildi. U Sirdaryoning quyi oqimida Sig‘noq, Oq qo‘rgon, Arko‘k, O‘zgan kabi shaharlarni egallab oldi va bu hududlardan doimo Movarounnahrga tahdid solib turdi. Abulxayrxon vafot etgach (1468-y.) o‘rniga taxtga o‘tirgan o‘g‘li Haydarxon davrida Iboqxon, Jonibek, Gerayxon, mang‘it amirlaridan Yomqurchi va Muso Mirzolar Oltin O‘rda xoni Ahmadxon bilan ittifoq tuzib Haydarxonga qarshi kurash olib borib, g‘alabaga erishganlar, Haydarxon esa qatl etilgan. Shunda shoh Budoqning o‘g‘illari Shayboniyxon va Mahmud Sultonni yaqin kishilari Ashtarxon xoni Qosimning saroyiga olib borib yashirganlar. Bundan xabar topgan sultonlar o‘z qurollarini Qosimga qarshi qaratganlar. Ammo shahzoda Muhammad Shayboniy o‘z ukasi bilan qamal qilingan Ashtarxondan omoneson chiqib Dashti Qipchoqqa yetib kelgan. U XV asrning 80-yillarida bobosi Abulxayrxon birlashtirgan Dashti Qipchoq yerlarini birlashtirish va hokimiyatni qaytadan tiklash uchun kurash olib boradi. Bu kurashning dastlabki bosqichida temuriylar Shayboniyxonga katta yordam va madad berganlar. Tarixiy manbalarda Shayboniyxon o‘z ukasi bilan bir necha marta Movarounnahr hukmdorlari va noiblari –Turkiston va O‘trorni idoraqilgan noib Muhammad Mazid Tarxon, Samarqand hokimi Ahmad Mirzolar huzurlariga kelganda yaxshi kutib olganliklari va homiylik qilganliklari ko‘rsatiladi. Shayboniyxon bir necha vaqt Buxoroda ham yashagan va Dashti Qipchoqqa borib kelib turgan. Buxoroda bo‘lganida Shayboniyxon ma’rifatdan saboq olgan, ilm va she’riyatni sevib o‘rgangan.Sig‘noq shahri (Qizil O‘rdagaboradigan yo‘ldagi Tuman-Ariq degan sobiq pochtabekatiga10 km yetmasdan, Sig‘noq shahrining xarobalari hozir ham mavjud) Shayboniyxonga jangsiz taslim bo‘lgan. Mang‘it hokimi Muso-Mirzoning yordami evaziga Shayboniy qozoqlar xoni Burunduq xonni (1481–1511) tor-mor qiladi. Ammo keyin o‘zi qattiq zarbaga uchrab, Mang‘ishloq yarim oroliga qochadi.Samarqand hokimi Ahmad Mirzo mo‘g‘ullarning tinimsiz qilib turgan hujumidan tinkasi qurib Shayboniyxonga yordam so‘rab murojaat qiladi. Shu bahonabi lan Shayboniyxon Movarounnahrga ikki bosqichda ya’ni 1488–1499-yillarda birinchi marta, 1499–1507-yillarda ikkinchi marta yurishlar qiladi va birin-ketin O‘tror, Yassi (Turkiston), Buxoro, Samarqand hamda Farg‘ona hududlarini egallab oladi.
Download 17.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling