5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar reja


Download 1.38 Mb.
bet9/12
Sana10.03.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1257872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5mavzu sem

Partiyaning asosiy maqsadi O‘zbekistonRespublikasida

huquqiy-demokratik davlat qurish, Vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish, demokratiya talablarining hamda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo‘shishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010 - yildagi qarori bilan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining



19 kishidan iborat deputatlari fraksiyasi ro‘yxatga olingan.Partiya fraksiyasi “Adolat” SDP majlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga amal qilib, ular oldida o‘z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. O‘zbekiston “Adolat” SDP safida 30 mingdan ortiq a’zo bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek, 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining “Adolat” nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda.

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan partiyalardan yana biri - O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidir (O‘zMTDP). U 1995- yil 3 iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va





Nizomi qabul qilindi.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995- yil 9 iyunda O‘zMTDP ni ro‘yxatga olgan. Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida o‘z harakatining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha belgilaydi: millatning ma’naviy birligi; Vatan - yagona oila; kuchlidemokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqlol. O‘zbekiston MTDPning oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo‘lib, unda rahbar organlar saylanadi.

1999- yil 28 - dekabrda O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi tashkil topdi. Parti-yaning 1998-yil 28 - dekabrdagi ta’sis konferensiyasida uning Dasturi va Nizomi tasdiqlangan. “Fidokorlar” partiyasining maqsadi kindik qoni to‘kilgan tuproq, ajdodlar merosi va qadriyatlari bilan faxrlanadigan, xalq g‘amini o‘z g‘ami deb bilib, har qanday tahdid, xavf-xavotir, qiyinchiliklar oldida bosh egmaydigan, tiz cho‘kmaydigan, Vatan, taraqqiyot, ijtimoiy adolat yo‘lida jonini ham fido qilishga tayyor, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan fidokor shaxslarni birlash-tirishdir. Partiya mulkdorlar daxlsiz-ligini ta’minlashga intiladi, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar xilma-xilligiga asoslanadi.
Toshkentda 20-iyun (2008-y.) kuni O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Birlashgan partiyalarga “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi nomi berildi. Markaziy kengash, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi a’zolari saylandi, birlashgan partiyaning bosma organi tasdiqlandi. Partiya markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi Axtam Tursunov saylandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010 - yil qarori bilan Milliy tiklanish demokratik partiyasining 31 - nafardan iborat deputatlar fraksiyasi ro‘yxatga olingan.
2003 - yil oxirlarida O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilish, jamiyat hayotini yanada erkinlashtirishdan iborat. O‘zLiDePning “XXI asr” haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi-ning 2010 - yil qarori bilan O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining 53 kishidan iborat deputatlar fraksiyasi ro‘yxatga olingan.
1995- yil may oyida jamoatchilikning tashabbusi bilan O‘zbekiston “Xalq birligi” harakati tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Adliya vazirligi mazkur harakatni 1995- yil 9-iyunda ro‘yxatga oldi.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling