5-mavzu. Qanday kilib biznesni shakllantirish lozim


Фойдаланиладиган адабиётлар рўйхати


Download 52.8 Kb.
bet4/7
Sana29.03.2023
Hajmi52.8 Kb.
#1307931
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qanday kilib biznesni shakllantirish lozim.

Фойдаланиладиган адабиётлар рўйхати
Асосий адабиётлар:
1.L.R.Dabay and others/Principles of business/2012.600p.
2.Jeef Madura/ Introduction to business/ Florida Atlantic University/Paradigma Publishing Inc. 2010.694p.
6. Қўшимча адабиётлар
25. Переверзев М. П., Шайденко Н. А., Басовский Л. Е. Менеджмент. - 2-е изд., переработанное. -М.: ИНФРА-М, «Высшее образование», 2011. - 330 с.
26. Мескон М.Х. и др. Основы менеджмента.-М.: Вильямс, 2008.-672 с.
27. Lawrence Mensah Akwetey. Business administration for students and managers//Sotsis. – 2011
28. Robert C.Appleby. Modern business administration. Manual.– M: Gardarika, 2009


Интернет сайтлари
www.cbu.uz
www.gov.uz
www.lex.uz
www.mf.uz

1. Tadbirkorlik turlari va shakllari
Barcha ko'rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo'yicha. Bulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Turi yoki qoʻllanilishi bo'yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo'linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat koʻrsatishi mumkin.
Mulkchilik shakli bo'yicha korxona mulki xususiy, davlat, munitsipal bo'lishi shuningdek, Jamoa birlashmalari (tashkilotlarl) Ixtiyorida bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik qilish huquqini belgilashda, mulkni xususiy, davlat, munitsipal yoki jamoa ixtiyorida ekanligidan qatiy nazar turli cheklamalarga yoki Imtiyozlarga davlat tomonidan ko'rsatma berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Mulkdorlar soni bo'yicha tadbirkorlik faoliyati yakka tartibli yoki jamoa shaklida bo'ladi. Yakka tartibli tadbirkorlikda mulk bir jismoniy shaxsga tegishli bo'ladi. Jamoa tadbirkorligida esa mulk bir necha subyektga tegishli bo'lib, ularning mulkka egalik hissalari aniqlangan yoki aniqlanmagan bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik, undan foydalanish va ishlatish barcha mulkka egalik qiluvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlikni shakllari bo'yicha: tashkiliy-huquqiy va tashkiliy iqtisodiy turlarga boʻlish mumkin. Tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi.
Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda qo'shimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir.
Bundan tashqari, mulk egasining bir nechta ekanligi, korxona ichida,
egadorlaming biliml, tajribasiga qarab, bir necha ixtisoslashgan sohani tashkil. etish imkonini beradi. Lekin tadbirkorlikning bunday tashkiliy-huquqiy shakli kamchiliklarga ega bo'lib, ular quyidagilarda namoyon bo'ladi: har bir shirkat ishtirokchisi o'zining qo'shgan hissasidan qatiy nazar. bir xil javobgarlikka ega. Bundan tashqari bir sherikning harakati qolgan sheriklar uchun, agar ular bunga qarshi bo'lsalarda, majburiy bo'lishi mumkin.
Shirkatlar mas'uliyati cheklanmagan va mas'uliyati cheklangan ikki guruhga boʻlinadi. Jamiyatlar, kamida ikki fuqaro yoki huquqiy shaxs tomonidan, ularning mablag'larini birlashtirish orqali (pul yoki natura ko'rinishida) xo'jalik yuritish faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuziladi. Mas'uliyati cheklangan Jamiyat a'zolari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar hisoblanmaydi. Ular faqat o'zlari qo'shgan hissalari qiymati doirasida javobgardirlar. Bulardan farqli o'laroq, qo'shimcha masuliyatli jamiyat a'zolari o'zlarining barcha mulklari bo'yicha Javobgar hisoblanadilar.
Tadbirkorlikning eng ko'p tarqalgan ko'rinishi aksiyadorlik ja-miyatidir. Ularning farqi shundaki, ularga qimmatli qog'oz - aksiya chiqarish yo'li bilan zarur mablag'ni ishlab chiqarishga jalb etish huquqi berilgan. Bu borada aksiyadorlik Jamiyati a'zolari jamiyat faoliyati yakunlari bo'yicha, o'zlari egalik qilayotgan aksiyalar qiymati chegarasida javobgar hisoblanadilar.
Ishlab chiqarish yokl boshqa xo'jalik yuritish faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida shaxslar guruhi tomonidan tuzilgan korxona kooperativ korxona deb ataladi.
Kooperativ a'zolari uchun, ulaming shaxsan mehnat qilishlari yoki kooperativ faoliyatida qatnashishpari, shuningdek ular tomonidan badallarni birlashtirishi majburiydir.
Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy-iqtisodiy shakllariga kon-sernlarni, assotsiatsiyalami, konsorsiumlarni, sindikatlami, kartellami, moliyaviy-sanoat
guruhlami kiritish mumkin. IV Konser - ko'p tarmoqli aksiyadorlik jamiyati boʻlib, korxona-lari qatnashishi tizimi orqali nazorat qiladi. Konsern tarmoqlanib chiqqan sho'ba kompaniyalarning aksiyalari nazorat paketlariga egalik qiladi. O'z navbatida sho'ba kompaniyalar ham boshqa aksiyadorlik kompaniyalar (jumladan chet ellardagi) aksiyalari nazorat paketlariga egalik qilishi mumkin. Assotsiatsiya — Iqtisodiy jihatdan mustaqil boʻlgan korxonalar, tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmasidir. Assotsiatsiyaga birlashgan korxona va tashkilotlar ayni paytda boshqa tuzilmalar tarkibiga ham kirishi mumkin. Odatda, assotsiatsiya tarkibiga bir hududda joylashgan, bir sohaga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar kiradi. Assotsiatsiyaga birlashishdan asosiy maqsad - ilmiy-texnika, ishlabchiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa muammolarni birgalikda hal etishdir. Konsorsium - yirik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan tadbirkorlarning uyushmasidir. Tadbirkorlarning bunday uyushmasi yirik loyihalarga mablag' sarflash imkoniga ega bo'lib, bunda tavakkalchilik bir muncha kamayadi, chunki javobgarlik ko'plab qatnashchilar o'rtasida taqsimlanadi. Sindikat - ortiqcha raqobatchilikni cheklash maqsadida, mahsulot sotish uchun tuzilgan bir tarmoqdagi korxonalar birlashmasidir. Kartel – bir sohadagi korxonalaming mahsulot, xizmat narxlari, bozorni taqsimlanishi, umumiy ishlab chiqarish hajmidagi qissasi va boshqalar bo'yicha kelishuvidir. Tadbirkorlikning yangi tashkiliy - iqtisodiy shakli moliya-sanoat guruhidir (MSG). Ular sanoat, bank, sug'urta va savdo kapitalining shuningdek, korxona va tashkilotlarning intellektual potensiallari birlashmasini tashkil etadi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tijorat korxonalarining asosiy shakllari
Bularga xususiy tadbirkorlik firmalari, hamkorlik korxonalari, kooperatsiyalar kiradi. «Firma deganda xo'jalik mustaqilligiga ega bo'lgan, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat yurituvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi. Xususiy tadbirkorlik firma - shunday korxonaki, uning egasi o'z manfaatlari yo'lida mustaqil ish olib boradi. U firmani boshqaradi, olingan barcha daromadga egalik qiladi, firmaning barcha majburiyatlari bo'yicha javobgar hisoblanadi.
Firma egasi ishchilarni ishga yollash va ishdan bo'shatish huquqiga ega, shartnomalar tuzadi. Fimmaning afzalligi shundaki, uning boshqaruvi sodda, xarakat faoliyati erkin iqtisodiy mazmuni yetarlicha kuchli hisoblanadi (bir kishi barcha foydaning egasidir). Kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: moliyaviy va moddiy resurslarning cheklanganligi, rivojlangan ichki ishlab chiqarish ixtisoslashuvining va takomillashgan boshqaruv tizimining yo'qligi, javobgarlikning cheklanmaganligi. Hamkorlik korxonalar - hamkorlikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi bir necha shaxslar tomonidan tashkil etilgan firma yoki korxonadir. Bunda barcha hamkorlarga muhim huquqlar beriladi, biroq hamkorlik mas'uliyati cheklangan bo'lib, bu borada firma faoliyati bo'yicha to'liq javob beruvchi asosiy hamkorlar bilan bir qatorda, faqat ishga qo'shgan hissalari bilan javobgar bo'luvchi hamkorlar (masuliyati cheklangan hamkorlar) ham bo'ladi. Hamkorlik sharoitida moliyaviy masalalarini hal etish nisbatan osondir. Bunday firmada, xususiy tadbirkorlik firmadan farqli ravishda mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va boshqaruvni ixtisoslashtirilishidan foydalanish mumkin. hamkorlikning kamchiligi funksiyalar taqsimoti bo'lib, buning natijasida faoliyat yuritilishida kelishmovchiliklar va xatto manfaatlarning mos kelmasligi hollari yuzaga kelishi mumkin. Natijada kelishmovchiliklar sababli bir yoki bir necha hamkorning ishdan chiqib ketishi, hamkorlikning barbod bo'lishi havfini tug'diradi.
Korporatsiya deganda huquqiy shaxs shaklidagi yoki korxona tushu-niladi. Bunda har bir mulkdorning javobgarligi mazkur korxonaga hissasi chegarasida cheklanadi. Korporatsiya - paychilik asosidagi jamiyatdir. Jamiyatning aksiya-larini sotib olar ekan, alohida shaxslar koorporatsiya mulkdorlari qatoridan joy oladi. Shu tariqa Jamiyatga ko'p miqdordagi aholining moliyaviy mablag'lari jalb qilinadi. Aksiya egalari foydaning bir qismini dividend sifatida oladilar. Ular faqat aksiya sotib olishda sarflangan mablagʻlari boʻyicha tavakkal qiladilar. Korporatsiya aksiyalaregalariga bog'liq holda mavjuddir. Shu boisdan korporatsiyalar nisbatan mustaqkam, ishonchli korxona hisoblanadi. Korporatsiyaning kamchiliklaridan biri turli suiiste'molchilik harakatlari uchun imkoniyat mavjudligi, shuningdek mayda va oʻrtahol aksiya egalari tomonidan korporatsiya faoliyatini nazorat qilish imkonining yo'qligidir. Amerika Qo'shma Shtatlarida kapital tadbirkorlik assotsiatsiya-larida to'plangan bo'lib, ularning eng ko'p tarqalgani tarmoq assotsia-siyalaridir. Assotsiatsiyalar kompaniyalarga alohida biznesmenlarga, korporatsiyalarga, firmalarga) moliyaviy hisobotlar qilishda, budjetni rejalashtirishda yordam ko'rsatadilar: narx tashkil bo'lishini o'rganadi, bozor konyukturasini tekshiradi, tijorat-reklama samaradorligini oshirishning yangi yoʻllarini izlaydi. AQShda franchayzing deb ataluvchi yirik korxonalarining kichik korxonalar bilan imtiyozli hamkorligi keng taraqqiy etgan. Franchayzingni asosiy maqsadi kichik biznesni rivojlanishi uchun moliyaviy, moddiy, axborot va ishchi kuchi resurslaridan keng ko'lamda foydalanishdir.. Barcha asosiy koʻrsatkichlar bo'yicha Yaponiyada jamoa koʻrinishida guruhlashgan tadbirkorlar oldinda turadilar. Yaponiyada boshqaruvchilar va boshqa ishchi-xizmatchilar o'zlai xizmat qilayotgan firmani juda e'zozlaydilar. Notanish kim saga o'zlarini tanishtirar ekanlar avval firma nomini, so'ngra oʻz ism
shariflarini aytadilar. Yaponlar jamiyatida qadimdan rusum boʻlib kelgan boshliqlar unga bo'ysunuvchilar o'rtasidagi norasmiy, yumshoq muomala, mehnat munosabatlari Yaponiya korporatsiyalarida tadbirkorlikning guruqlashgan shaklini yuqori darajada rivojlanishiga sabab boʻldi. Bu borada, odatda, muhim tadbirkorlikka oid qarorlar (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish) har doim oliy boshqaruvchilar tomonidan qabul qilinsada, bu quyi guruhlar albatta, ishtirok etadi.
3. Tijorat tadbirkorligi Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi bilan shug'ullanuvchilarning faoliyati tovar birjalari va savdo tashkilotlari bilan bog'liqdir.
Tovar birjasi - ulgurji tovar bozorining shunday ko'rinishiki, unda xaridor oldindan tovar namunasi bilan tanishmagan boʻladi. Tovar birjasida tijoratchi vositachilar va birja xizmatlari savdo-sotiq ishlarini birgalikda ishlab chiqilgan tartibga asosan amalga oshirish maqsadida ixtiyoriy birlashadilar. Tovar birjasining maqsadi erkin raqobatni boshqarish mexanizmini tashkil etib, uning yordamida, talab va taklifning o'zgarishini hisobga olgan holda, haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birja muntazam {faoliyat koʻrsatuvchi standartlar bo'yicha sotiluvchi ulgurji tovarlar g'alla, koʻmir, metal, neft, yoqoch va hk) bozorining rivojlangan shaklidir. Bunday birjalar koʻp yillardan buyon barcha iqtisodiy rivojlangan davlatlarda faoliyat ko'rsatmoqda. Misol tariqasida Pondon (rangli metallar), Liverpul (paxta) Singapur (kauchuk) va boshqa birjalarni ko'rsatish mumkin.
Haqiqatda tovar yetkazib beruvchilar bilan qilinadigan oddiy oldi-sotdi bilan bir qatorda, tovar birjalarida fyuchers muomalalari deb nomlanuvchi
operatsiyalar bo'yicha shartnomalar tuzilishi mumkin. Bunday muomalalarda ko'zda tutilishicha, shartnomada koʻrsatilgan narxlarda pul to'lash, shartnoma tuzishgandon so'ng ma'lum muddat o'tgach amalga oshiriladi.
Tovar birjalari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: - savdo kelishuvlarining tuzilishida vositachilik qiladi;
- tovar savdosini tartibga soladi, savdo operatsiyalarini boshqaruvi va kelishmovchiliklarni hal qiladi; XIV
- narxlar 10'g'risida va ularga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida ma'lumotlarni yig'adi va e'lon qiladi.
Tovar birjalari ishining ko'p qismini naqd tovarlar oldi-sotdisi (kassa muomalasi) emas, balki endi olinadigan tovar yoki shartnoma bo'yicha qo'yiladigan tovar (muddatli kelishuv) oldi-sotdisi tashkil qiladi. Tovar birjalari yopiq yoki ochiq bo'lishi mumkin. Yopiq tovar birjalarida faqat brokerlar. sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi birja vositachilarigina qatnashishi mumkin, ochiq tovar birjalarida esa, birjaga tashrif buyurganlar ham oldi-sotdida ishtirok etishlari mumkin. Birja operatsiyalari bo'yicha birjalar qaqiqiy (real) tovar va fyuchers birjalariga boʻlinadi..
Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini oldi-sotdi bo'yicha kelishuvlar va operatsiyalar boshqacha aytganda tovarlar va qayta sotish operatsiyalari tashkil qiladi. Tijorat tadbirkorlikning umumiy sxemasi, ma'lum darajada ishlab chiqarish tadbirkorlik sxemasiga o'xshab ketadi. Ammo bundan farqli raviida material resurslari o'rniga tayyor tovarlar sotib olinadi. Shu tariqa, mahsulot ishlab chiqarish o'rniga tayyor mahsulot olish keladi.
Tijorat bitimini tuzishdan avval bozorni marketing tahlilini qilish zarurdir.
Umumiy holda marketing deganda, tijorat korxonasi, firmaning xo'jalik faoliyatini har tomondan boshqarish va tashkil qilish tizimi tushuniladi. Marketing savdo korxonasining faoliyatiga komlleks yondoshuvga asoslanadi. Marketing
yordamida savdo korxonasining barcha muhim sikllari, ya'ni, bozorni oʻrganish, tovami iste'molchiga boʻlgan harakati, moliyaviy ta'minlash va foyda olish amalga oshiriladi.
Bu borada savdo korxonasiga ikkita o'zaro bogʻliq talab qo'yiladi: iste'molchi tabiatining o'zgarishiga iloji boricha ko'proq ko'rinish va raqobat sharoitida yashovchanlikni saqlab qolish.
Savdo faoliyatida marketingning amalga oshirilishini muhim sharti uni rejalashtirilishi hisoblanadi. Marketing rejasi natura va pul koʻrinishida sotish hajmini belgilashning asosini bildiradi. Bu borada tovarlar talab harakteri bo'yicha quyidagilarga bo'linadi: birinchi guruh - bozomi egallab ulgurmagan tovarlar; ikkinchi guruh - muhim talabga ega bo'lgan an'anaviy tovarlar.
Tezkor boshqaruv ishidan tashqari marketing tarkibi o'z ichiga bozorni o'rganish, holatni baholash, oldindan ko'rish, rejalashtirish bu haqda yuqorida soʻz yuritildi) kabi funksiyalar va bu funksiyalarni amalda bajarilishi ustidan nazorat o'rnatish kiradi.
Agar bozorni oldindan qilingan tahlili va istiqboli tijorat bitimi olib borishni maqbul ekanligini bildirsa, tadbirkorga biznes-reja ishlab chiqishga to'g'ri keladi. Biznes-reja harakat fooliyati va qilinadigan sarf-harajatlar, kutilayotgan natijalar hisobi aks ettiriladi.
Umumiy ko'rinishda har qanday tijorat bitimi dasturi oʻziga quyidagilarni mujassamlantiradi:
- savdo-vosita xizmatlarini bajarish uchun ishchilarni yollash (tovar sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini yuritish zarur qujatlarni rasmiylashtirish);
- tovarni saqlash va sotish uchun zarur binolar, omborlar, bazalar, savdo shaxobchalarini sotib olish yoki ijaraga olish
- keyinchalik sotishni ko'zlagan holda tovarlar sotib olish;
- bitimni amalga oshirish uchun kredit olish va keyinchalik kreditni va undan foydalanganlik evaziga foizlari bilan qaytarish;
- vositachilik ishlarini bajarib bergan chet korxonalar va shaxslar bilan hisob-kitob qilish;
bitimni rejalashtirish, rasmiylashtirish va boshqarish uchun zarur bo'lgan axborot olish: ARXIV.UZ
xaridorga tovarlarni sotish va pul tushirish;
- bitimni ro'yxatdan o'tkazish, soliq va moliya organlariga to'lovlarni to'lash.
Nihoyat biznes-reja va harakatni muvofiqlashtirish rejasi ishlab chiqariladi. Agar bitim yirik va uzoq muddatli boʻlsa muddatlari ko'rsatilgan holda reja-grafik Ishlab chiqilishi tavsiya etiladi. IV.
Yuqorida aytilgan masalalar yuzasidan respublikamizda tadbirkorlikning ichki xo'jalik mexanizmi quyidagicha olib borilyapti,
Agrar islohotlar maqsadi qishloq xo'jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud salohiyattardan tejamli foydalanish asosida sifatli va arzon mahsulotlar ishlab chiqarib xalk turmush farovonligini oshirishdir. Tadbirkorlik iqtisodiy o'sishning omil sifatida bozor munosabatlarining shakllanishiga, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar va ulaming o'zaro munosabatlari mexanizmini tarkib topishiga olib keladi. Yirik qishloq xo'jalik korxonalarid (ilgarigi jamoa va davlat xo'jaliklari) tadbirkorlikni yuzaga chiqarish uchun uning ichki mexanizmini bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zarurati tugʻiladi.
Xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishning nazariy va amaliy jihatlarini hamda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida mavjud
korxonalar faoliyatining ichki iqtisodiy munosabatlarini o'rgangan holda uning tarkibiy elementlarini biznes-reja orqali amalga oshirgan ma'qul. Taklif qilinayotgan biznes-reja bilan amalga oshiriladigan ichki xo'jalik mexanizmi quyidagilardan iborat:
1. Bozomi tahlil qilish. Agrosanoat majmui korxonalarining rivojlanish tendensiyalari, potensial raqobatbardoshlar, potensial isge'molchilar.
Tadbirkorlik loyihasining mohiyati. qishloq xo'jalik mahsulotlari va xizmat turlari, ma'muriy va ishlab chiqarish personali, tadbirkor va uning sheriklari haqida ma'lumotlar.
3. Ishlab chiqarish rejasi. qishloq xo'jalik ekinlari agro texnikasi, pudratchilar xizmati, yer va suv resurslari, ishlab chiqarish obyektlari va ishlab chiqarish salohiyati, qishloq xo'jalik texnikasi, ehtiyot qismlar, yoqilgi-moylash materiallari, o'g'it va boshqa materiallar yetkazib beruvchilar
4. Marketing rejasi. Narxlar, sotish kanallari, realizatsiya muddatlari, yangi mahsulot prognozi, maqsadli ko'rsatkichlar.
5. Tashkiliy reja. Mulk shakli, mulk va yer paylari, korxona muassislari va ishtirokchilari, boshqaruv organlari, ularning funksiyalari va soni, tashkiliy struktura, mehnatni tashkil etish va unga haq to'lash shakli, ichki xo'jalik bo'linmalari va ularning o'zaro munosabatlari.
6. Xavf-xatami baholash. Korxonaning ojiz tomonlari, muqobil strategiyalar.
7. Moliya rejasi. Daromadlar va harajatlar, pul tushumlari va chiqimlar, balans, o'z-o'zini qoplash nuqtasi, mablag'lar manbalari va ulardan foydalanish
SHeriklar mulkining shakllanishi tadbirkorlik munosabatlari rivojlanishining asosiy harakatga keltiruvchi usullardan biridir. Bu yuqori mas'uliyat, mustaqillik, xoʻjayinlik hissi, moddiy manfaatdorlikka imkon yaratadi.
Yangi xoʻjalik mexanizmida qishloq xoʻjalik korxonasini tadbirkorlik
asosida qayta tashkil etish natijasida olingan mulk va yer paylari amalda qo'llaniladi. Bu paylaming egalari korxonaning qayta tashkil etgan tadbirkor sheriklar bilan shartnoma tuzadilar. Bunda sheriklar pay egalariga ijara haqi va ulushlaridan daromad to'laydilar.
Taklif qilinayotgan tadbirkorlik tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asosiy Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo'linmalarining bozor munosabatlari shartlariga asoslangan oʻzaro hamkorlikni nazarda tutadi. Ichki xo'jalik jamoalari munosabatlari tashkiliy-huquqiy shakllarda ham tovar va xizmatlarga oldindan belgilangan narxlar bo'yicha shartnoma asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Shartnoma tizimi mulkiy munosabatlar tizimini oʻzgartirishga imkon beradi. Asosan ular uchta tipdagi shartnomalar bilan tartibga solinadi: yer ulushi, ijarasi, mulk payi badali, ishchi bilan mehnat shartnomasi bo'yicha.
Bu shartnomalarning har biri alohida tuziladi va inkor etiladi. Yer ulushini ijaraga berib, lekin korxonada ishlamaslik va uning a'zosi bo'lmasligi mumkin. Ishchi mehnat shartnomasini buzishi, lekin ijara shartnomasi yoki korxona a'zoligini saqlab qolishi mumkin. Shartnoma tizimi bir tomondan sheriklar tanlashga, boshqa tomondan sheriklarga tadbirkomi tanlashga imkon beradi. Kimdir tadbirkor bilan ishlashni hohlamasa ulushini o'zi olishi yoki boshqaga berishi mumkin.
Ushbu mexanizm orqali korxona hajmi optimallashtiriladi. Chunki hozirgi qishloq xo'jalik korxonalari davlat mulki sharoitida shakllangan. Agar xo'jalikda pul yo'q bo'lsa ham oylik o'z vaqtida berilgan va davlat bunga pul ajratgan. Rahbarlar korxonani davlat nomidan boshqargan. Endilikda esa korxona rahbari - tadbirkor o'z shaxsly imkoniyati va qobiliyatidan kelib chiqib, ishni tashkillashtirssh va barcha oqibatlar bo'yicha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishi talab qilinadi.
Yuqoridagi mexanizmining amalga oshishi birinchi navbatda tadbirkorning moliya, iqtisod, texnologiya va bozor sohalarida qanchalik bilimga ega ekanligiga koʻp jihatdan bogʻliq bo'ladi. U qanday va qaysi yo'nalishlar bo'yicha o'z bilim saviyasini oshirishi va maslaxatlar uchun kimga murojaat qilishni avvaldan rejalashtirishi lozim. Har bir tadbirkoming ixtiyorida uchta resurs - moliyaviy, moddiy-texnik va ishchi kuchi boʻlishi lozim.
Keyingi muammo (aga mablag' bo'lsa) xo'jalik yuritish uchun zarur resurslarni qayerdan va qanchaga sotib olishdir. Servis xizmati tizimining shakllanib ulgurmaganligi texnika, o'g'it, qurilish materiallari, yoqilg'i va boshqalarni sotish) tadbirkorlaming samarali faoliyat ko'rsatishiga salbiy ta'sir koʻrsatmoqda. Tashkiliy-iqtisodiy mexanizm orqali resurslar bilan ta'minlashning muqobil yoʻllari tanlab olinadi.
Tadbirkorlik ichki xoʻjalik mexanizmi faoliyatida sotish va marketingni yo'lga qo'yish ushbu mexanizmining yanada samarali ishlashini ta'minlaydi. Masalan, AQShda bitta fermerga beshta, mahsulotni qabul qilib oladigan, tozalaydigan, saqlaydigan, sotadigan hamkorlar to'g'ri keladi. Lekin bizda bu ishni korxonaning o'zida o'z ishchilari orqali yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarining harakat qilish tizimi iqtisodiy samarali kanallarni tanlashi hamda uning bevosita taqsimotini o'z ichiga oladi. Realizatsiya qilish tarmogʻi tovarning ishlab chiqaruvchidan, oxirgi iste'molchiga yetkazishda mahsulotni xaridorga yetkazuvchi yoki unga egalik qilish huquqini olishda qatnashuvchi korxonalar, tashkilotlar va firmalar yigimidir.
Korxona rahbariyati uchun chiqarilgan mahsulotni taqsimlash kanalini tanlash murakkab va muhim masaladir. Korxona tomonidan tanlangan kanallar marketing sohasidagi boshqa barcha qarorlarga: baho siyosatiga, vositachilar tanlashga, marketing faoliyati uchun xodimlar tayyorlashga, avtotransport va boshqa aralash tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish sharti va muddatiga bevosita
ta'sir qiladi. 
Optimal tashqi qilingan taqsimot kanali tufayli mulkka egalik qilish huquqini olishdagi, mulkning joylashishi vaqtidagi uzoq muddatli uzilishlar bartaraf qilinadi.
Tadbirkorlikning ichki xoʻjalik mexanizmi ancha murakkab boʻlib, u butun xo'jalik yuritish jarayonini qamrab oladi. Mulkdorlarga, ya'ni korxona egalariga o'z mulkiy huquqidan foydalanishga imkon yaratadi, korxonadagi ichki munosabatlarni o'zaro foydali holga keltirib ixchamtashtiradi, korxonani tashqi muhitga moslaydi. Sotish va marketing faoliyatini tadbirkorlikning muhim elementi sifatida amalga oshirilishiga olib keladi.
4. Moliyaviy tadbirkorlik
Tijorat banklari. Yuqorida biz tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchilar tljorat banklari va fond birjalari bilan bog'liq holda ish olib boradilar degan edik. Bozorning bu institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki — pul omonatlarini (depozit) qabul qilish va mijozlar topshirigiga ko'ra boshqa hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish ishlari bilan shug'ullanuvchi, asosan tijorat tashkilotlariga haq toʻlash asosida kredit beruvchi aksiyadorlik ko'rinishidagi moliya-kredit muassasadir. Tijorat bankining daromad manbal - depozit va qarz mablag'larning foiz stavkalari o'rtasidagi farqdir.
Tijorat banklar operatsiyasi uch guruhga boʻlinadi: passiv (mablag' jalb etish), aktiv (mablag' joylashtirish), tijorat - vosita (mijoz topshirig'iga ko'ra turli operatsiyalarni amalga oshirish) operatsiyalaridir.
Bu banklar tijorat harakteridagi tavakkalchilik bilan ish olib boradilar. Chunki ular o'e mijozlariga avval belgilangan muddatlarda foizlarini qoʻshib pul berishga majburdir. U yoki bu sabablarga koʻra mijozlar talab qilgan paytlarda pul bera olmaslik ehtimolini oldini olish uchun tijorat banklari ma'lum miqdorda pul zahirasiga ega bo'lishi lozim.
Respublikamizda bunday banklar koʻpaymoqda. Yana kelajakda, yaqin kunlarda xurmali Prezidentimiz I. A. Karimovning tashabbuslari va ko'rsatmalariga asosan endi xususiy bankla ham ko'payib boradi.
Fond birjalari. Moliyaviy tadbirkorlikning yana bir elementi, bozor instituti fond birjalaridir.
Fond birjasi, deyilganda - kapital harakatini tezlatuvchi va aktivlarni qaqiqiy qiymatini aniqlashga yordam beruvchi, tashkilotchilik bilan rasmiylashtirilgan, muntazam faoliyat ko'rsatuvchi qimmatli qoqozlar bozori tushuniladi. Fond birjasining faoliyati tamoyillari talab va taklifni tezkor boshhariluviga asoslanadi. Fond birjasida k,im/atpi k,oqozparni aylanishi, muomalada bo'lishi (kotirovkasi) ta'minlanadi. Buning uchun birjaning muomala bo'limi mutaxassislari tomonidan birjadan o guvchi barcha qimmatli qogozlarni sotib oluvchilar kurslari va sotuvchilar kurslariga muntazam ravishda baxo berib boriladi. Bu borada Joriy kurslar doimiy ravishda tabloda koʻrsatib turiladi va maxsus byulletenlarda e'lon qilib boriladi. Joriy kurslar ayni vaqtda qaysi birjada ma'lum aksiyalarni qanday baxolarda sotib olish mumkinligini ko'rsatadi. Bu narxlar, maxsus formulalar orhali qisoblanib, birja faoliyati indekslarini olishda asos-iqtisodiy aqvolni belgilovchi oʻziga xos barometr qisoblanadi.
Firma va korxonalar chet elda birjalarda ishtirok etmaydilar. Odatda ular birjalarda bank, birjaning yoki xolding brokerlik kompaniyalari orhali qatnashadilar. Bunday a'zolar soni boshhariladi va ularning obro'-e'tibori benuqson boʻlishi shart. Bundan tashhari bunday a'zolik pul talab qiladi. Masalan, Nyu-York fond birjasida xar bir o'rinning narxi 450 dan 6000 dollargacha o'zgarib, turadi, a'zolar soni esa 1469 nafar bo'lib,
oʻzgarmaydi.
Shu bilan bir qatorda kapitalizmning davlat-monopoliya sharoitida qimmatli qog‘ozlar savdosi birjalarining roli bir muncha kamaydi. Buning asosiy
sababi qimmatli qoqozlar savdosining katta qismini birjalar vositachiligisiz o'z qo'li ostiga olgan, quvvatli kredit-moliyaviy institutlarning vujudga kelganligidir. Shuningdek qimmatli qoqozlar savdosi birja rolining pasayishiga davlat tomonidan chiharilayotgan zayomlar xajmini ortib borayotganligi ham o'z tasirini ko'rsatmoqda.
5. Konsultativ tadbirkorlik
Konsultativ xizmat moqiyati va bosqichlari. «Konsultant lotincha so'z bo'lib, maslahat beruvchi ma'nosini anglatadi. Bu soʻz orqali ma'lum soha bo'yicha maslaxat beruvchi mutaxassis tushuniladi. Chet el amaliyotida boshqaruv masalalari bo'yicha pulli maslahat berish konsalting deb nomlanadi. Iqtisodiyot va boshharuv Yevropa Federatsiyasi konsultantlar Assotsiatsiyasining ta'biricha:
Menejment - konsalting mohiyati boshqaruv masalalari bo'yicha mustaqil maslahatlar berish va yordam ko'rsatish bo'lib, o'z ichiga muammolar va imkoniyatlarga baho berishda, zarur tadbirlar borasida tavsiyalar berishda va ularning bajarilishida yordam ko'rsatishda mujassamlangan.
Sanoati rivojlangan davlatlarda konsultativ xizmatlar shaklida intellektual kapitalga mablag sarflash samaradorligi, yalpi qurilmalar va ilgor texnologiyalarga mablag' sarflanishidan kam boʻlmaydi.
Germaniyadagi taniqli «Porshe» avtomobil ishlab chiqarish firmasl 1991 yilga kelib, inqiroz qolatiga tushib qoldi. Korxona rahbariyati Yaponiyadagi «Sin gidzyutsu» deb nomlanuvchi konsalting firmasiga murojaat qildi. «Sin gidzyutsu» («Yangi texnologigya» ma'nosini anglatadi) firmasi Yaponiyadagi mashhur
Toyota» firmasining sobiq xizmatchilarini yig'ib olib ish boshladi. Yaponiyalik konsultantlar ahvolni chuqur o'rganib chiqdilar va barcha ishlab chiqarish boʻlinmalaridagi sarf-harajatlami eng kam miqdorga tushirishni ko'zlagan holda "Porshe"da, ishlab chiqarishda uzluksiz Yaoniya tizimini joriy qila boshladilar. Mahalliy xususiyatlar, tajriba va an'analari hisobga olgan holda eski tizimga
tuzatishlar kiritishdan voz kechdilar: tizim to'la zanjir bo'yicha ishlaydi yoki umuman ishlamasligi kerak, degan tushuncha bilan ish boshladilar.
Uch yil vaqt o'tgandan keyin yaponchasiga qayta qurilgan «Porshe oʻzining natijalarini bera boshladi. Kompaniya kam harajatlar qilgan holda koʻp avtomobil ishlab chiqara boshladi. Ishlovchilar sonini 19 % ga qisqartirgan holda, Ish tezroq va sifatliroq bajarila boshlandi. Yaponiyalik mutaxassislar tavsiyasiga koʻra yiqish konveyyeri qisqardi, koʻplab yordamchi binolar yo'q qilindi, natijada zavod hududi 30 % ga kichraydi. Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish ikki barobar qisqardi. Avtomobillarni yig'ish sur'ati 40 % ga oshdi. Bularning hammasi ilgari mavjud bo'lgan qurilma, Jihozlar, oʻsha ishchi va muhandislar yordamida amalga oshirildi. Ratsionalizatorlik taklifi berishga qiziquvchanligi ortgan zavod ishchilari va mutaxassislari oyiga ikki yarim , mingdan ortiq taklif kiritmoqdalar. Shunday qilib bir guruh yapon pensionerlari nemislarga yaponchasiga ishlashni o'rgatib qo'ydilar.
Konsalting xizmati bir marotabalik ogʻzaki maslahatlar ko'rinishida berilishi mumkin. Lekin ko'p hollarda bu maslahatlar konsalting loyihalari koʻrinishida berilib, oʻzida quyidagi bosqichlari aks ettiradi:
- muammolarni aniqlash (diagnostika); - qaror va loyihalar ishlab chiqish; - qaror va loyihalarni amalga oshirish
Loyihaning hajmiga qarab, yakuniy bosqich bir necha kundan boshlab bir necha oyni o'z ichiga olishi mumkin. Ayrim hollarda mijozlar bilan ishlash ko'p yillarga cho'ziladi.
Konsultatsiya berish usullari. Bu usullar turlicha boʻlishi mumkin. Eng ko'p tarqalgani ekspert, Jarayon va o'qitish usulidir.
Ekspert konsultatsiyasi-konsaltingning nisbatan passiv shaklidir. Bu yerda konsultant diagnostikani qaror va tavsiyalarni ishlab chiqishni oʻzi mustaqil
allalga oshiradi. Mijoz esa konsultantni zarur axborotlar bilan ta'minlaydi xolos.
Jarayonli konsultatsiyada esa konsalting firmasining mutaxassislari loyihani ishlab chiqishning barcha bosqichlarida mijozlar bilan faol munosabatda ish olib borib, ularning gʻoya va takliflarini hisobga oladi, konsultantlar mijozlar bilan birgalikda muammolarni tahlil qiladi, takliflami ishlab chiqadi, o'qitish konsultatsiyasida esa mutaxassislarning asosiy vazifasi g'oyalar kelib chiqishiga zamin yaratishdir. Shu maqsadda ular mijozlar uchun ma'ruzalar qiladilar, seminarlar o'tkazadilar, mijozlar uchun o'quv qo'llanmalari ishlab chiqadilar va shu tariqa nazariy va amaliy axborot bilan ta'minlaydilar.
Amaliyotda yuqorida ko'rib chiqilgan usullaming birortasi ham alohida qo'llanilmaydi, balki ularning uchalasi aralash holda qo'llaniladi.
Sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarda konsultatsiya xizmatlari ko'p yillardan buyon bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi sifatida qabul qilingan. Statistika tomonidan konsalting aloqida tarmoq sifatida tan olingan. AQShda bu tarmoqqa 700 mingga yaqin aholi xizmat qiladi, yillik ish hajmi esa deyarli 50 mlrd. dollari tashkil qiladi. Konsalting xizmati turli-tumandir. Konsultantlarning Yevropa ma'lumotnoma-koʻrsatkichida hozirgi paytda, 84 turdagi konsalting xizmatlari ko'rsatilgan boʻlib, ular sakkiz guruhni tashkil qiladi: umumiy boshqaruy, ma'muriyatlashtirish. moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqarmasi, marketing, Ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, ixtisoslashgan xizmatlar.
Konsultatsion loyihalarni amalga oshirilishini tashkil qilish. Firma-mijoz bilan aloqa vujudga kelishi bilan taklifni ishlab chiqarishga qirishiladi. Bu mijoz bilan konsultant hallkorlik loyiqani muqokama qilishdan boshlanadi. Dastavval firma-mijoz to'g'risida yetarli axborot to'planishi kerak bo'ladi. Konsultant firma to'g'risida quyidagilarni bilishi shart: V.U Z
Firma nima ishlab chiharadi va nima bilan shug'ullanadi; ishlovchilar soni
va ularning mutaxassisligi; boshkaruv apparat xodimlari hissasi, ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar hajmi, harajatlar tarkibi, daromad miqdori va uning manbalari, firmaning moliyaviy ahvoli, shartnollalar soni sheriklarining ishonchliligi. Shundan keyingina ahvol oʻrganiladi, uning oʻzgarish dinamikasi va muammolar mohiyati tekshiriladi. Keyin bajariladigan ishlaming reja-grafigi tuziladi va zarur yuridik hujjatlar rasdiylashtiriladi. Reja-grafik tuzilishiga muhim e'tibor qaratilishi va uning bajarilish muddatlari aniq belgilanishi lozim. Belgilangan muddatlarga rioya qilish yoki ishlarni muddatidan oldin bajarish konsultant obro'yl saqlab qolinishining muhim jihati hisoblanadi.
Ishni qay shaklda yakunlash, ya'ni bu xizmat bo'ladimi yoki aniq natijaga erishiladimi, oldindan belgilar qo'yilishi shart. Bularning barchasi reja-grafikda aks ettiriladi. Buyurtmani bajarish jarayonida firma-mijozning psixologiyasi hisobga olinishi lozim. Ishning borishi davomida qiziqishi susayib boradi, shuning uchun uning qiziqishini kuchaytirib borish choralari koʻrilishi kerak bo'ladi. Buning uchun mijoz qiziqishi eng yuqori bo'lgan davrda qandaydir oraliq variantni amalga oshirish lozim. Bu firma-buyurtmachi rahbariyati uchun aniq taklif, xizmat yig'ilishida konsultant taklifini ko'rib chiqish, alohida takliflami amalga oshirish borasida buyruqlar tayyorlash koʻrinishda bo'lishi mumkin. Ish yakunida yozma hisobot yoki loyihani amalga oshirish borasida reja-tadbirlar, tavsiyalar ro'yxati rasmiylashtiriladi.
6.Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari Konsalting xizmati bozorining o'ziga xos xususiyati shundaki, tadbirkorlikning bu turi bilan shug'ullanuvchi firma «O'z tovarining namunasini, xizmat namunasini ko'rsatish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bunday firmalar oldida turgan, mijozlarni jalb etish masalasi, o'ta muhimdir. Mijozlarni jalb etish usullari turlichadir. Bularga oʻz imkoniyatlarini reklama qilish, mijozlari vositachilar orqali jalb etish, oldingi buyurtmachilar tavsiyasidan
foydalanish kabilar kirishi mumkin. IV.UZ
Eng oddiy va keng qo'llaniladi gali reklamadir. Firma turli reklama ma'lumotlarini tarqatadi, reklama e'lonlarini beradi, bu reklamalarda konsultatsiya berish soqasidagi narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalarga ishoralar aks ettiriladi. Mijozlarni jalb etishning yana bir keng tarqalgan usuli vositachilardan foydalanishdir. Vositachilar-firma mijozlari, rahbariyat ishonchini qozongan xodimlari bo'lishi mumkin. RXIV.UZ G'arb mamlakatlarida bunday vositachilami topishning maxsus uslubiyati ishlab chiqilgan. Bu maqsad uchun maxsus mablag'lar ajratiladi. Albatta, firma-konsultant shon-shuhratini belgilashda hal qiluvchi omil uning muvaffaqiyatli yakunlangan avvalgi faoliyati hisoblanadi. Yirik yoki xatto o'rta mijozlarning ijobiy bahosi eng yaxshi reklamadir. Vizit kartochkalari, prospektning mavjudligi, ofisdagi tartib-intizom, tashqi koʻrinish, xodimlarning o'zini tuta bilishi, kiyinishi, muomalasi buyurtmachilarni firma konsultant bilan hamkorlikda ish olib borishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Umuman olganda firma - konsultantlar kerakmi? Iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida, ya'ni ayrim korxonalarning iqtisodiy ahvoli va faoliyati oʻzgarib borayotgan, yangidan yangi muammolar chiqayotgan sharoitda yuqoridagi savolga faqat «ha», «zarur» deb javob bermoq tabiiydir. Lekin aksariyat firmalar moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligini hisobga olib, konsultantlar asosan korxonani muammolarini muhimligi darajasini belgilab berish uchun taklif qilinadi.

2 savol


Download 52.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling