5. Yapaloq (tekis) qo‘g‘irchoqlar yasash.
Kerakli jihozlar: yupqa va qalin karton qog‘ozlar, qalam, qaychi, elim, rangli
qog‘ozlar (rangli qalamiyoki rangli bo‘yoqlar bo‘lishi ham mumkin).
1-bosqich. Tasvir chizish.
Turli xil ko‘rinishdagi tasvirlar (hayvonlar, odamlar va h) yupqa karton qog‘oziga
chiziladi.
2-bosqich. Nusha ko‘chirish.
Chizilgan tasvir qaychida
qiyib olinib, qalin karton qog‘oz ustiga qo‘yib, atroflari
qalam bilan chizib olinadi. Xuddi shu harakat ikkinchi nuSHa uchun ham
takrorlanadi. So‘ngra har ikkala nusxa qaychi bilan qirqib olinadi.
3-bosqich. Yelimlash.
Tayyor qirqib olingan tasvirlar bir-biriga elim orqali yopishtiriladi.
Ushbu
jarayonda ikkala nushaning bir-biriga tekis va atroflari teng ustma-ust tushishiga
e’tibor qaratish zarur.
4-bosqich. Pardozlash.
Tayyorlangan qo‘g‘irchoqqa pardoz berish jarayonida
rangli qalamlardan yoki
rangli qog‘oz va turli bo‘yoqlardan foydalanish mumkin. Ushbujarayonda estetik
did muhim o‘rin tutadi. Bezakni tanlash qo‘g‘irchoqning xarakter xususiyatlaridan
kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: