5-mavzu. Quvurlar va kanallarda oqim vaqtida konvektiv issiqlik almashinuvi. Erkin konveksiya. Erkin, aralash va majburiy konveksiya. Radiatsiyon issiqlik almashinuvi. Yuza sirtlari oʻrtasida issiqlik almashinuvi nurlanishi. Reja


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1564705
1   2   3
Bog'liq
5-Ma\'ruza

almashunuvi deyiladi.
Konveksiya 2 xil bo‘ladi: erkin va majburiy konveksiya. Erkin konveksiya 
zichliklar farqi hisobiga sodir bo'ladi, majburiy konveksiya esa tashqi kuch ta ’sirida 
(nasos, ventilyatorlar yordamida) sodir bo‘ladi.
Nurlanish usulida issiqlik elektromagnit to‘lqinlari yordamida uzatiladi. 


Elektromagnit toʻlqinlar — vaqt boʻyicha davriy oʻzgaradigan 
elektromagnit maydon (oʻzaro bogʻlangan E elektr va H magnit maydonlar)ning 
fazoda chekli tezlik bilan tarqalish jarayoni. Oʻzgaruvchi induksiya oqimi uyurma 
elektr maydonni, u esa, oʻz navbatida, uyurma magnit maydonni uygʻotadi. 
Tarqalayotgan 
elektromagnit maydon Elektromagnit toʻlqinlar deyiladi. 
Elektromagnit toʻlqinlar Koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, vakuumda c = 3*10
8
m/s 
tezlik bilan tarqaladi. 
Elektromagnit toʻlqinlar xossalariga u tarqalayotgan muhit sezilarli taʼsir 
koʻrsatadi. Elektromagnit toʻlqinlar boshqa ixtiyoriy toʻlqinlar kabi sinishi, toʻla 
ichki qaytishi, dispersiya, interferensiya, difraksiya hodisalariga uchrashi mumkin. 
Elektromagnit toʻlqinlarning barcha xususiyatlari, ularning uygʻonish va tarqalish 
qonunlari Maksvell tenglamalari yordamida toʻla tavsiflanadi. 
Stefan-bolsman nurlanish qonuni — muvozanatli nurlanayotgan mutlaq 
qora jismichit vaqt birligi davomida yuza birligidan nurlanayotgan elektromagnit 
toʻlqinlar; bu toʻlqinlarning yigʻindi energiyasi mutlaq temperatura Gning toʻrtinchi 
darajasiga proporsional ekanligini ifodalaydigan qonun: Bolsman doimiysi. Bu 
qonunni avstriyalik fizik I. Stefan (1835—93) tajribalar asosida 1879-yilda istalgan 
jism uchun taʼriflagan. 1884-yilda L.Bolsman nazariy jihatdan bu qonun faqat 
mutlaq qora jism uchungina toʻgʻri ekanligini koʻrsatgan. Keyingi aniq oʻlchashlar 
S. Stefan-bolsman nurlanish qonuniq.ning toʻla bajarilishini va ϭ = 5,67032 * 10
~8
Vt*G*(m
2
K
4
) ekanligini tasdiqlaydi. S.Stefan-bolsman nurlanish qonuniq. Plank 
nurlanish qonuninit natijasi sifatida keltirib chiqarilgan. S.Stefan-bolsman nurlanish 
qonuniq. yuqori temperaturani oʻlchashda qoʻllaniladi. 
O‘xshashlik nazariyasi asoslari Konvektiv issiqlik almashuvi ko‘p 
o‘zgaruvchanli va bir ma’noli differensial tenglamalar bilan izohlanadi.
Issiqlik berish koeffitsientini analitik hisoblash, tenglamalarni yechish juda 
ko‘p qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun o‘xshashlik nazariyasiga asoslanib, 
issiqlik berish koeffitsientini tajriba yo‘li bilan aniqlash katta ahamiyatga ega. 
O‘xshashlik nazariyasi tajriba qurilmalarida olingan natijalarni boshqa shunga 
o‘xshash hodisalarga tatbiq etish mumkinligini, ya’ni jarayonlar o'xshashligini 
aniqlashga imkon beradi.
Konvektiv issiqlik almashuvining asosiy o‘xshashlik mezonlari (sonlari)
— Reynolds, Grasgof, Prandtl va Nusselt mezonlaridir. 


O‘xshashlik mezoni jarayonini matematik analiz qilish yo‘li bilan topish 
mumkin. Issiqlik almashuvi jarayonlarining o ‘xshashlik mezonlari son jih a td a n 
bir-biriga ten g b o ‘lishi kerak. Issiqlik almashuvi jarayonlarining o ‘xshashligi bir 
xil mezon tenglamalari bilan izohlanadi.
Konvektiv issiqlik almashuvining o‘xshashlik tenglamasi va mezon 
tenglamasi issiqlik tashuvchining turbulent harakatida (ko‘proq majburiy) quyidagi 
ko‘rinishda bo‘ladi: 
(5.1) 
Issiqlik tashuvchining lam inar (ko‘proq erkin) harakatida o‘xshashlilik 
tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:
(5.2) 
Quvurlarda majburiy oqimda issiqlik berish Suyuqlik quvur bo'ylab 
harakatlanganda oqimga qarshilik kuchlari ta ’sirida suyuqlik harakati butun quvur 
ko‘ndalang kesimi va uzunligi bo'ylab o'zgarib boradi. Suyuqlik oqimi turbulent va 
laminar holatda bo‘lishi mumkin. Suyuqlikning fizik xususiyatlari o‘zgarishi tufayli 
laminar oqimda (Re≤2300) noizotermik harakatda ikkita holat bo‘lishi mumkin — 
qovushqoq va gravitatsion qovushqoq. 
Bunday harakatlar uchun issiqlik berish qonunlari har xil va ular har xil mezon 
tenglamalari orqali izohlanadi.


Laminar gravitatsion — qovushqoq holatda harakatlanayotgan issiqlik 
tashuvchining o‘rtacha issiqlik berish koeffitsientining taxminiy qiymatini quyidagi 
formula orqali hisoblash mumkin: 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling