5-mavzu Rivоjlаnаyotgаn mаmlаkаtlаr-хаlqаrо iqtisоdiy munоsаbаtlаr tizimidа va xаlqаrо iqtisоdiy intеgrаtsiya


§ 5.4.Xalqaro iqtisodiy integratsiya


Download 27.72 Kb.
bet4/8
Sana29.07.2023
Hajmi27.72 Kb.
#1663643
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-Mavzu JIXIM

§ 5.4.Xalqaro iqtisodiy integratsiya


1. Iqtisodiy integratsiya mohiyati va unga ta’sir etuvchi omillar
Iqtisodiy integratsiya-mamlakatlar о‘zaro iqtisodiy hamkorligining natijasi bо‘lib, u xо‘jalik mexanizmlarining yaqinlashuviga olib keladi va bu yaqinlashuv davlatlararo bitimlar shaklini oladi hamda tegishli davlatlararo organlar tomonidan tartibga solinadi.
Iqtisodiy integratsiya bir qator obyektiv omillarga asoslangan bо‘lib, ular orasida quyidagilar muhim о‘rin tutadi:

  1. Xо‘jalik hayoti baynalmilallashuvining о‘sib borishi.

  2. Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi.

3) О‘z xususiyatiga kо‘ra umumjahon ilmiy-texnika inqilobi.
4) Milliy iqtisodiyotlar ochiqligi darajasining oshishi.


Iqtisodiy integratsiya shakllanishi shart – sharoitlari
va uning bosqichlari
Iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlarini tahlil qilamiz. Ular quyidagilardir:

  • Integratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi va bozor munosabatlaridagi yetukligi darajasining yaqinligi.

    • Integratsiyalashayotgan mamlakatlarning jо‘g‘rofiy yaqinligi, kо‘p hollarda umumiy chegara va tarixan shakllangan iqtisodiy adoqalarning mavjudligi.

    • Rivojlanish, siyosiy hamkorlik va shakllar sohasida mamlakatlar oldida turgan iqtisodiy va boshqa muammolarning umumiyligi.

  • Ustunlikni namoyish qilish samarasi.

  • "Domino samarasi".

Integratsiya jarayonlari shakllari va bosqichlari







Integratsiya
tiplari

Belgilari




1.

Pereferensial savdo kelishuvlari

О‘zaro savdoda tariflar va boshqa tо‘siqlar olib tashlanadi. Uchinchi mamlakatlarga nisbatan milliy tariflar saqlanadi. Davlatlararo boshqaruv organlari
tuzilmaydi.

2.

Erkin savdo zonalari

Bitim shakli. Bunda qatnashchilar bir-birlariga nisbatan bojxona tariflari va kvotalarini olib tashlash tо‘g‘risida ahdlashadilar. Uchinchi mamlakatlarga nisbatan har kimning о‘z siyosati mavjud bо‘ladi. Misol uchun: NAFTA, ANZSERTA. ilgarigi Yevropa iqtisodiy hamjamiyati.

3

Bojxona ittifoqi

Uchinchi mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona siyosati. Biroq bunda ham jiddiyroq ichki qarama-qarshiliklar paydo bо‘ladi. Yevropa iqtisodiy hamjamiyati buning misoli bо‘lishi mumkin.

4

Umumiy bozor

Ishtirokchi mamlakatlar о‘rtasida ishlab chiqarishning barcha harakati uchun tо‘siqlarni tо‘liq bartaraf etish. Iqtisodiy siyosatni tо‘liq kelishish, iqtisodiy kо‘rsatkichlarni tenglashtirish kabi masalalar qal etish jarayonida turadi.

5

Tо‘liq
iqtisodiy
integratsiya

Yagona iqtisodiy siyesat ia buning oqibati sifatida qonunchilik bazasini birxillashtirish. Shartlari:
umumiy soliq tizimi; yagona standartlarning mavjudligi; mehnat tо‘g‘risidagi yagona qonunlar va boshqalar.

5.1.

Iqtisodiy ittifoq

Yuqori iqtisodiy rivojlanish bosqichida paydo bо‘ladi. Iqtisodiy siyosat (hatto yagona iqtisodiy siyosat) kelishiladi na shuning asosida barcha tо‘siqlar olib tashlanadi. Davlatlararo (davlatlardan yuqori turuvchi) organlar tashkil etiladi. Barcha qatnashchi mamlakatlarda yirik iqtisodiy islohotlar amalga oshiriladi.

5.2.

Valyuta ittifoqi

Iqtisodiy Ittifoq shakli va ayni bir uning yirik qismi. Quyidagilar valyuta ittifoqining xarakterli belgilari hisoblanadi: - Milliy valyutalarning kschishilgan (birgaliqdagi) muomalasi; qatnashchi mamlakatlarning Markaziy bankirlari tomonidan maqsadga qaratilgan holda qо‘llab-quvvatlanadigan qatiy begilangan valyuta kurslarining о‘rnatish; ushbu xalqaro valyuta birligining emissiya markazi hisobdangan yagona mintaqaviy bank shaklantirilishi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda valyuta ittifoqi deganda kliring bitimlari tushuniladi.

Manba: A.Kireyev Mejdunarodnaya ekonomika , M., 2004. s.





Download 27.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling