5-Mavzu: Sanoat tarmoqlari korxonalarining aylanma fondlari Reja
Download 288.72 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari
Aylanma fondlarning
guruh va elementlari Butun sanoat Qora metallur giya Mashin a-sozlik Energ yetika Engil sanoat Oziqovqat sanoati 1. Ishlab chiqarish zahiralari - jami 70,2 65,0 55,3 98,3 90,0 78,8 Jumladan: xom ashyo va asosiy materiallar, yarim tayyor mahsulotlar 46,2 23,8 37,5 - 76,7 52,2 Yordamchi materiallar 6,6 11,0 2,3 24,1 5,7 6,1 Yoqilg‘i 1,7 2,0 0,7 37,4 0,5 1,6 Ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar 3,9 11,0 2,0 23,0 1,7 2,0 Qadoqlash va o‘rov materiallari 3,0 0,5 0,6 0,6 1,2 11,3 Instrumentlar, xo‘jalik asboblari va qimmat bo‘lmagan, tez eskiruvchi boshqa predmetlar 9,8 16,7 12,2 19,5 3,2 5,6 2. Tugallanmagan ishlab chiqarish va korxonada tayyorlangan yarim tayyor mahsulotlar 24,0 18,3 42,2 0,5 9,8 19,5 3. Kelgusi davr xarajatlari va boshqa mehnat predmetlari 5,8 16,7 2,5 1,2 0,2 1,7 Jami aylanma ishlab chiqarish fondlari 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 Aylanma fondlar tuzilmasi nafaqat sanoatning turli tarmoqlarida, hattoki bir tarmoq va bir korxonaning o‘zida ham farqlanadi. Bunday farqlanishga turli xildagi xom ashyo va materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasidagi farqlar, korxonalarning geografik joylashuvi, ishlab chiqarishning tashkil etilishi va mehnat taqsimoti, moddiy-texnika ta’minoti sabab bo‘lishi mumkin. Korxonalar aylanma mablag‘lari tarkibi va tuzilmasiga xo‘jalik yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sirko‘rsatadi. Ya’ni korxona ishlab chiqarish zahiralarini va aylanma mablag‘larning ta’minlanganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur. Amaliyotning guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok bo‘lishiga va sun’iy tanqislikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli xom ashyo va materiallarni sarflashning texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, chiqitlar va yo‘qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish doim ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi va tashqi muhit, birinchi o‘rinda ishlab chiqarishdagi hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik va boshqa omillar bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Korxona iqtisodiyotiga aylanma mablag‘larning tarkibi va tuzilmasidan tashqari, ularni ishlab chiqarish, takror ishlab chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida izlab topish katta ta’sir ko‘rsatadi. Aylanma mablag‘larning to‘liq aylanishi uch bosqichdan iborat bo‘lib, bu jarayonda mahsulot ishlab chiqariladi va sotiladi. Download 288.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling