5-Mavzu: Sanoat tarmoqlari korxonalarining aylanma fondlari Reja
Download 288.72 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqichda
Birinchi
bosqichdaaylanma mablag‘lar pul shaklidan moddiy boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni pul - tovar (DT). Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar va birinchi o‘rinda aylanma fodlar tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar shaklini oladi (T). Uchinchi bosqichda aylanma mablag‘lar tovar mahsuloti shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi (T-P). Shu tariqa aylanma mablag‘lar barcha bosqichlardan o‘tib, to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish mumkin: 1-bosqich - pul-tovar (P-T); 2-bosqich - ishlab chiqarish (I.Ch); 3- bosqich - tovar-pul (T-P). Shuni qayd qilib o‘tish muhimki, korxonaning aylanma mablag‘lari bir vaqtning o‘zida uchala bosqichda ham pul mablag‘lari, ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. Korxonaning aylanma mablag‘lari harakati ma’lum bir iqtisodiy qonunlar asosida ishlashi hamda ulardan ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oqilona foydalanishni ko‘zda tutishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qonunlardan va aylanma mablag‘lardan foydalanish qoidalaridan chetga chiqish aylanma mablag‘larning yetishmasligiga yoki samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. 3. Korxona aylanma fondlar elementlarini tejash. Shakllanish manbaiga ko‘ra, aylanma mablag‘lar xususiy va qarzga olingan turlarga bo‘linadi. Xususiy aylanma mablag‘lar doimo korxona ixtiyorida bo‘lib, xususiy resurslar, asosan foyda hisobiga shakllanadi. Korxonaning xususiy aylanma mablag‘lari qatoriga ish haqi bo‘yicha qarzlar, ta’minotchilar yoki hamkorlar qarzlari, buyurtmachilarning tayyorlangan mahsulot uchun to‘lagan pullari kabilarni kiritish mumkin. Bu mablag‘lar xususiy mablag‘larga tenglashtirilgan mablag‘lar yoki korxonaning barqaror passivlari deb ataladi. Download 288.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling