5-Mavzu: Sanoat tarmoqlari korxonalarining aylanma fondlari Reja


Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish


Download 288.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana01.04.2023
Hajmi288.72 Kb.
#1318681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment

Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, korxonaning uzluksiz 
faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar ishlab chiqarish 
zahiralari normativlardan past bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi, 
ishchi kuchi va uskunalarning bekor turib qolishi, korxonaning ishlab chiqarish va 
iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan bir paytda, 
ishlab chiqarish zahiralarining belgilangan norma va normativlardan oshib 


ketishiga ham yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bumablag‘larning “muzlab” 
qolishiga va natijada korxona va davlatning zarar ko‘rishiga olib keladi.
  
4. Aylanma mablag‘lar va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari.  
 
Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtirish nafaqat korxona uchun, balki butun 
xalq xo‘jaligi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. U resurslarning nisbiy ozod 
qilinishi, ijtiomiy xarajatlarning kamaytirilishiga ko‘maklashadi va iqtisodiy 
rejalashtirish sur’atini oshiradi.
Korxona aylanma mablag‘laridan samarali foydalanish uchta asosiy ko‘rsatkichni 
tavsiflaydi:
1)aylanish koeffitsienti;
2)aylanma mablag‘larning yuklanish koeffitsienti; 3)vositalarning bir 
marta aylanishi davomiyligi.
Aylanish koeffitsienti korxona aylanma mablag‘larining ma’lum bir vaqt 
(yil, chorak) davomida amalga oshiruvchi aylanishini tavsiflaydi yoki aylanma 
mablag‘larning har 1 so‘miga to‘g‘ri keluvchi sotilgan mahsulotlarni ko‘rsatadi. 
U quyidagi formula asosida hisoblab topiladi: 
K
a
 q R
m
: S
a
 
Bu yerda:
Rm –sotilgan mahsulot hajmi, pul o‘lchovida;
Sa – aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldiq hajmi, pul o‘lchovida (aylanma 
mablag‘lar normativi).
Misol. Korxonaning bir yil mobaynida sotilgan mahsulotlari hajmi 800 mln so‘mni 
tashkil qiladi. Bu holda aylanma mablag‘lar normasi 200 mln so‘mni tashkil qiladi. 
Demak Ka q 4,4 (880:200).

Download 288.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling