5-Mavzu: Sanoat tarmoqlari korxonalarining aylanma fondlari Reja
Download 288.72 Kb. Pdf ko'rish
|
5-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nisbiy ozod qilish
- Nazorat va muhokama uchun savollar
Mutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini
kamaytirishni tavsiflaydi hamda mavjud resurslardan ratsional foydalanishga oid turli tashkiliy-texnik chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi. Misol. Korxona aylanma mablag‘larining o‘rtacha miqdori 2020 yilda 100 mln so‘mni tashkil qiladi. 2021 yilda ishlab chiqarish hajmini o‘zgartirmaganholda 90 mln so‘m miqdorida ehtiyoj rejalashtirilmoqda. Bu holda asosiy vositalarning mutlaq ozod qilinishi 10 mln so‘mni tashkil qiladi. Nisbiy ozod qilish aylanma mablag‘lari hajmining o‘zgarishi hamda sotilgan mahsulot hajmining o‘zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun hisobot yilida aylanma mablag‘larga ehtiyojni, mahsulotni mazkur davr mobaynida sotish bo‘yicha haqiqiy aylanish hamda o‘tgan davrdagi aylanishni (kunlarda) inobatga olgan holda hisoblash zarur. Ular o‘rtasidagi farq ozod qilingan vositalar miqdorini beradi. Misol. Korxonada 2020 yilda sotilgan mahsulot qiymati 360 mln so‘mni, 2021 yilda esa 400 mln so‘mni tashkil qilgan. Aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i 2020 yilda 100 mln so‘m, 2021 yilda esa 95 mln so‘mni tashkil qilgan. Aylanish muddati 2020 yilda 100 kun (100x360:360). 2021 yilda aylanma mablag‘larga ehtiyoj 111 mln so‘m (400x100:360). 2020 yilda aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i 95 mln so‘mni tashkil qilganini hisobga oladigan bo‘lsak, vositalarning nisbiy ozod qilinishi 16 mln so‘mni (111 - 95) tashkil etadi. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish aylanma fondlaridan qanday farq qiladi? 2. Aylanma mablag‘larni tashkil qiluvchi asosiy elementlar qaysilar? 3. Aylanma mablag‘lar tuzilmasi deganda nima tushuniladi? Qaysi omillar uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi? 4. Qaysi ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va aylanma mablag‘lardan foydalanish darajasini tavsiflaydi? 5. Qaysi omillar aylanma mablag‘larning aylanish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi? 6. Korxonaning normativ bazasi deganda nima tushuniladi? 7. Korxonaning normativ bazasini mukammallashtirish qanday ahamiyatga ega? 8. Korxonada mahsulotning material sig‘imini kamaytirish qanday ahamiyat kasb etadi? 9. Aylanma mablag‘larni normalashtirishning mohiyati va ahamiyati qanday? 10.Korxonada mahsulot material sig‘imini kamaytirishning asosiy yo‘llari va yo‘nalishlari qanday? Download 288.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling