5-Mavzu: Sanoat tarmoqlari korxonalarining aylanma fondlari Reja


Qarzga olingan aylanma mablag‘lar


Download 288.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana01.04.2023
Hajmi288.72 Kb.
#1318681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment

Qarzga olingan aylanma mablag‘lar doimo harakatda bo‘lmaydi hamda 
korxonaning mahsulotlarni sotishdagi qiyinchiliklar, moddiy-tovar boyliklar bilan 
ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarish dasturini oshirib bajarish va boshqa 
vaqtinchalik ehtiyojlarni qoplash uchun foydalaniladi. Ular qatoriga bank 
kreditlari, kreditorlik qarzlari (tijorat kreditlari) va boshqa passivlarni kiritish 
mumkin.
Aylanma mablag‘larni boshqarish mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining 
uzluksizligini ta’minlashda aylanma mablag‘lardan iloji boricha kamroq 
foydalanishda ifodalanadi. Bu esa korxona aylanma mablag‘lari aylanishining 
barcha bosqichlarida mos ravishda minimal, lekin yetarli tarzda ratsional 
taqsimlanishi zarurligini anglatadi. Bu vazifa o‘z navbatida moddiy resurslar 
zahiralari va xarajatlarini normalashtirish tufayli muvaffaqiyatli amalga 
oshirilmoqda.
Aylanma mablag‘larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi 
ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin yetarli 
zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larini aniqlashda 
ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish sikli davomiyligini 
qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi.
Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag‘lari ham 
normalashtirilmaydi. Shu sababli aylanma mablag‘lar normalashtiriluvchi va 
normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi va ular hozirgi bozor munosabatlari 
sharoitlarida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Normalashtiriluvchi aylanma mablag‘lar qatoriga korxona omborlaridagi 
ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, unchalik qimmat 
bo‘lmagan predmetlar va jihozlar), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr 
xarajatlari va ombordagi tayyor mahsulotlar kiritiladi.
Normalashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar, bu – xaridorlarga berib 
yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag‘laridir.
Korxonalar faoliyatida barcha aylanma mablag‘lar salmog‘ida 70-80%ni 
tashkil qiluvchi normalashtiriluvchi aylanma mablag‘lar asosiy o‘rin tutadi. 


Aylanma mablag‘larni normalashtirish tejamkorlik rejimiga rioya qilish va 
resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi.
Resurslarni normalashtirish jarayonida aylanma mablag‘larning norma va 
normativlari belgilanadi.
Aylanma mablag‘larning normasi, korxona moddiy-tovar boyliklarining 
minimal zahiralarini tavsiflaydi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotbirligiga 
to‘g‘ri keluvchi pul o‘lchovida, zahira kunlari va zahira normalarida hisoblanadi.
Aylanma mablag‘larni normalashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni 
sarflash normalarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:
* normalarning progressivligi va dinamikligi;
* normalarning iqtisodiy va ish
asoslanganligi; * xom ashyo, material, yoqilg‘i, elektr energiyasi va boshqa 
resurslar o‘lchamini to‘g‘ri tanlash;
* chiqit va yo‘qotishlarning oldini olish;
* eskirgan normalarni qayta ko‘rib chiqish hamda ularni fan-texnika taraqqiyoti 
yutuqlariga mos holga keltirish.
Moddiy va boshqa resurslarni normalashtirishda bir nechta usullar 
qo‘llaniladi. Amaliyotda quyidagi usullar ko‘proq uchraydi:
1. O‘tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to‘g‘risidagi hisobot 
ma’lumotlarini o‘rganish hamda bir necha yillar davomida ro‘y bergan 
pasayishlarni hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli.
2. Laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va
yordamchi materiallar sarflanishi normasini aniqlashda qo‘llaniluvchi - 
3. Yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa korxonalarning 
ilg‘or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini beruvchi, moddiy 
resurslardan 
foydalanishni 
normalashtirishning 
mukammalroq 
usuli 
hisoblanuvchi – hisob-tahliliy usuli.
Korxona aylanma mablag‘larini normalashtirish tadbirlari ishlab chiqarish 
zahiralarini normalashtirish, shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarishning 
optimal kattaligi, tayyor mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash 
bilan bog‘liq vazifalarni yechishga olib keladi.

Download 288.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling