ketishiga ham yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bumablag‘larning “muzlab”
qolishiga va natijada korxona va davlatning zarar ko‘rishiga olib keladi.
4.
Aylanma mablag‘lar va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari.
Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtirish nafaqat korxona uchun, balki butun
xalq xo‘jaligi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. U resurslarning nisbiy ozod
qilinishi, ijtiomiy xarajatlarning kamaytirilishiga ko‘maklashadi
va iqtisodiy
rejalashtirish sur’atini oshiradi.
Korxona aylanma mablag‘laridan samarali foydalanish uchta asosiy ko‘rsatkichni
tavsiflaydi:
1)aylanish koeffitsienti;
2)aylanma mablag‘larning
yuklanish koeffitsienti; 3)vositalarning bir
marta aylanishi davomiyligi.
Aylanish koeffitsienti korxona aylanma mablag‘larining ma’lum bir vaqt
(yil, chorak) davomida amalga oshiruvchi aylanishini tavsiflaydi yoki aylanma
mablag‘larning har 1 so‘miga to‘g‘ri keluvchi sotilgan mahsulotlarni ko‘rsatadi.
U quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
K
a
q R
m
: S
a
Bu yerda:
Rm –sotilgan mahsulot hajmi, pul o‘lchovida;
Sa – aylanma mablag‘larning o‘rtacha
qoldiq hajmi, pul o‘lchovida (aylanma
mablag‘lar normativi).
Misol. Korxonaning bir yil mobaynida sotilgan mahsulotlari hajmi 800 mln so‘mni
tashkil qiladi. Bu holda aylanma mablag‘lar normasi 200 mln so‘mni tashkil qiladi.
Demak Ka q 4,4 (880:200).
Do'stlaringiz bilan baham: