5 Mavzu: Tadqiqot metodi va metodologiyasi. Empirik tadqiqot va eksperimental tadqiqotlar usullari sharti


Download 57.7 Kb.
bet4/13
Sana18.06.2023
Hajmi57.7 Kb.
#1595110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ИТМ 5

a) kuzatish; Kuzatish empirik tadqiqotda birlamchi fakt va bilim beradigan manba va usuldir. Manba sifatida kuzatish obyekt xususida har tomonlama, ya’ni uning idrok qilsa bo’ladigan unsurlar va xossalariga oid axborot va faktlarni olish imkoniyatini beradi.
Usul sifatida kuzatish qanday funksiyani bajaradi? Buni quyidagi ta’rifdan bilish mumkin. Kuzatish – bu reja asosida faol, tizimli va maqsadga muvofiq bevosita yoki asbob yordamida obyektning tashqi yoki ichki, o’zgaruvchan yoki barqaror xossalari, tuzilishi, miqdoriy qiymatlarini qayd
etish, olingan axborotni ilmiy faktga aylantirish usulidir.
Obyekt va uni o’rganish jarayoni qanchalik murakkab bo’lmasin, kuzatish usuliga birlamchi tadqiqot yondashuvi sifatida har doim o’rin qoladi.
Kuzatish usuli tarkibiga kirgan bir qator metodologik talablar mavjud:

  • faollik, ya’ni tadqiqotchini qiziqtiradigan xislatlarni izlash va qayd qilish;

  • bir maqsadga yo’naltirilganlik, diqqat e’tibor faqat qiziqish o’yg’otadigan hodisalarga qaratish;

  • kuzatishni rejali va oldindan mo’ljallangan bo’lishi;

  • tizimli bo’lishi, ya’ni obyektni belgilangan rejimda izchillik bilan qo’yilgan maqsad uchun yetarli miqdorda idrok qilish.

Kuzatish jarayoni va natijalarini nazorat qilish, uni ya’ni, idrok qilish va qo’lga olingan faktlarni boshqa joy va vaziyatda qaytarish mumkinligi muhim metodologik qoida hisoblanadi.
Kuzatish usuli bir qancha turlarga bo’linadi:

  • qayd qiluvchi (ayrim tomonlar va holatlarni) va obyektni bir butunligicha idrok qiluvchi kuzatish;

  • bevosita (obyekt xossasini to’ppa-to’g’ri, bevosita idrok qilish) va bilvosita

(obyektni o’zi emas, qoldirgan izi yoki oqibatini) kutazish;

  • bevosita sezish organlari va bilvosita asboblar yordamida kuzatishni olib borish.

Alohida e’tiborga molik metodologik masala – bu ijtimoiy fanlarda kuzatish usulidan foydalanish. Bu sohada kuzatuvchi va obyekt munosabatini kuzatuvchi va kuzatiluvchi munosabati shaklida namoyon bo’ladi. Bu yerda kuzatiluvchi shunchaki idrok qilish obyekti bo’lmasdan, balki jarayonning faol ishtirokchisi sifatida hatti-harakatni amalga oshiradi, kuzatishga nisbatan o’z munosabatini bildirishi, kuzatuvchi bilan muloqot qilishi mumkin.
Sosiologiyada kuzatishni o’ziga xos usuli ishlab chiqilgan. Bunda kuzatuvchi o’rganilayotgan guruhni hayoti va faoliyatiga qo’shilib, jarayonni ichkaridan idrok qiladi, material yig’adi, faol muloqot qiladi.

Download 57.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling