5-mavzu: tarbiya jarayonining shakllari va metodlari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari


Download 130.96 Kb.
bet4/12
Sana18.03.2023
Hajmi130.96 Kb.
#1280367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
pedagogika 5-Ma\'ruza mashg\'uloti

Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari: mashq, pedagogik talab, ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat.

Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xili mavjud:



  • faoliyatda mashq qilish;

  • kun tartibi mashqlari;

  • maxsus mashqlar.

Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy hamda jamoa faoliyatini tashkil etish va o`zaro munosabatni yo`lga qo`yish odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi mashqlari belgilangan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog`liq istak va harakatlarni boshqarish, ish va bo`sh vaqtdan to`g`ri foydalanish odatiga o`rgatadi. Maxsus mashqlar madaniy xulq ko`nikma va malakalarini hosil qiladi, mustahkamlaydi.
Topshiriq o`quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida qo`llaniladigan usul. O`quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo`lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O`quvchilar o`z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun mas'uliyatni his etishga o`rganadilar. Mehnat qilish o`quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi.
Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o`quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo`lgan ijtimoiy xulq-atvor me'yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma'lum harakatlarni rag`batlantiruvchi yoki to`xtatuvchi hamda o`quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo`lishi mumkin.
Rag`batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko`nglini ko`tarish va uni qo`llab-quvvatlash usulidir. O`qituvchi har bir o`quvchi shaxsida ro`y berayotgan ijobiy o`zgarishlarni anglay olishi zarur. Shundagina o`quvchi o`zining kamolga yetayotganligini his qiladi, unda o`z kuchiga nisbatan ishonch paydo bo`ladi. Uni hurmat qilishadi, unga ishonishadi, uning fikrlari bilan qiziqishadi, unga quloq solishadi, demak, u jamoada o`z o`rniga ega. O`qituvchi ana shunday holatning yuzaga kelishi uchun rag`batlantiruvchi usullardan foydalanadi. O`quvchining yanada ijobiy sifatlarga ega bo`lishga intilishiga yordam beradi. Maktablar tajribasida rag`batlantirishning quyidagi turlari qo`llaniladi:



Rag’batlantirish



O’quvchining zimmasiga mas’uliyatli vazifa yuklash

Maqtash (ota-onalar hamda o’quvchilar jamoasi)





Maqtov yorlig’i bilantaqdirlash

Estalik sovg’asini berish (badiy kitob va o’quv qurollari)





Fotosuratini hurmat taxtasiga qo’yish

Maxsus stipendiyalar tayinlash



Jamoa nomidan minnatdorchilik bildirish

Qo’llab-quvvatlash



Musoboqalarda bayroqdor bo’lishi

Safda birinchi o’rinda turish





Maktab devoriy gazetasi yoki radiosi orqali nomini qayd etish



Download 130.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling