- Musiqiy talantga ega bolalar
- Musiqaga ehtiros bilan munosabatda bo‘ladi.
- Musiqiy kompozitsiyalar, ritm va ohanglarni osonlik bilan eslab qoladi.
- Yaxshigina qo‘shiq kuylaydi. Bajonidil va yaxshi raqs tushadi. Boshqalar bilan birga qo‘shiq aytishni yoqtiradi.
- Biron bir cholg‘u asbobini chala oladi.
- O‘z ohanglarini yarata oladi.
-
Ilmiy (kashfiyotchilik) talantga ega bolalar - Ilmiy (kashfiyotchilik) talantga ega bolalar
- Atrof olamdagi sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarning sabablarini anglab etishga harakat qiladi. Turli buyumlar, konstruktorlar va materiallar bilan tajribalar o‘tkazishni yoqtiradi.
- Mavhum (abstrakt) belgilar va tushunchalarni osonlik bilan tushunadi va ulardan foydalanadi.
- O‘z loyhalari, gipoteza, nazariyasini shakllantiradi, yaratgan loyihalarida turli sxemalar, grafikalar, eskizlar va boshqalardan foydalanadi.
- Agar g‘oyalari va loyihalari kattalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasa hafa bo‘lmaydi.
- Fikrlarini aniq va tiniq bayon etadi.
Adabiy talantga ega bolalar - Adabiy talantga ega bolalar
- Turli hikoyalarni o‘ylab topishni yoqtiradi.
- Badiiy asarlar o‘qishni sevadi. Sherlarni osonlik bilan yodlab oladi. Biron bir yaxshi narsani hikoya qilishda tanlangan syujetdan chiqmaydi,
- asosiy g`oyani yo‘qotmaydi.
- Tinglovchi yoki o‘quvchiga yaxshi tanish bo‘lgan voqeaga nimalarnidir qo‘shib-chatib hikoya qiladi.
- Sherlar, hikoya va yertaklar to‘qiydi.
- Aktyorlik talantiga ega bolalar
- Turli rollarni o‘ynashni yoqtiradi. Boshqa odam yoki personajning roliga oson kira oladi.
- Akterlik o‘yiniga qiziqadi.
- Boshqa odam qiyofasiga kira oladi. O‘sha odamning qiyofasini ifodalashda ovozini, yurish-turishini, qiliqlarini o‘zgartira oladi.
- Mimikasi, ifodali harakatlari, plastik hususiyatlari rivojlangan.
- O‘z tinglovchilari va tomoshabinlarining ehtirosli olqishlarini qo‘zg‘atishni yoqtiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |