- g) fan–texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xom ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish;
- d) talaba va mutaxassislarning chuqur bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlash.
- 2. “To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi nazariy asoslari” fan sifatida yaxshi o‘zlashtirilgan va amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassis tayyorlashni yaxshilashga harakat qiladi.
- 3. “To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi nazariy asoslari” fani to‘qimachilik va engil sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlashning asosidir. U mutaxassislik fani bo‘lib, insonlarning hayot faoliyatiga yo‘naltirish beradi, ularni nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi.
3. To‘qimachilik sanoati mahsulotlari, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining rivojlanishi va ahamiyati - Yigirish, to‘qimachilik tosh davridan ma’lum bo‘lib, qo‘lda eshib olingan, urchuqlarda yigirish va hozir uzluksiz ishlaydigan turli uslublarda ishlaydigan mashinalarda yigiriladi. Iplar ma’lum chiziqiy zichlikda, pishiq va ravon bo‘lishi kerak. U qancha yuqori sifatga ega bo‘lsa, undan olinadigan mahsulotlar, tovarlar shuncha sifatli bo‘ladi.
- O‘zbekistonda mashinalashgan ip yigiruv va to‘quv fabrikasi 1926 yilda Farg‘onada ishga tushgan bo‘lsa, bugunga kelib mamlakatimizda engil sanoat maxsulotlari 2015 yilda ishlab chiqariladigan barcha korxonalar soni 2271 shu jumladan “O‘zto‘qimachiliksanoat” aksionerlik jamiyati tasarrufida 271. To‘qimachilik maxsulotlari 680, ipakchilik 87, trikotaj- 411, tikuvchilik buyumlari 1032, boshqa mahsulotlar 70.
5.1-jadval. To‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish reja amaldagi ko‘rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |